Nizomiy nomidagi


§3. Turkiston muxtoriyati : Ozodlik va  milliy davlatchilikni ta’kidlanishi uchun



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix10.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#57205
1   2   3   4   5   6   7
§3. Turkiston muxtoriyati : Ozodlik va  milliy davlatchilikni ta’kidlanishi uchun 

kurash. 

 

Manbalarni  o’rganib  shu  xulosaga  keldimki,  “Turkiston  muxtoriyati”  milliy 



demokratik  davlatchilikning  dastlabki  tajribasi  bo’lgan.  Muxtoriyat  a’zolari  ham  xalq 

orasidan chiqqan ziyoli qatlam vakillari edilar. Muxtoriyat a’zolarini ham yagona maqsad 

birlashtirar  edi.  Bu  Turkiston  o’lkasini ozod va hur  ko’moqlik  edi.  Turkistonda  yashab 

kelgan  xalqlarga  millatidan  qat’iy  nazar  demokratik  erkinliklar  berilgani  muxtoriyatni 

demokratik  prinsiplarga  qat’iy  rioya  etganidan  dalolatdir.  Xususan,  xalq  majlisidagi 

o’rinlarni uchdan bir qismi 18 kishi Yevropa millatiga mansub xalq vakillariga ajratildi

21



Bu  hol  muxtoriyatchilarning  insof  diyonat  va  imon  asosida  haqiqat,  adolat  va 



demokratuyaning  yuksak  cho’qqisida  turib  faoliyat  ko’rsatganliklarini  yorqin 

namunasidir.  Ma’lumki,  jadidlar  islohotlarni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirshni 

taraqqiyot  va  rivojlanishga  faqat  tinchlik  yo’li  bilan  parlament  orqali  erishishni 

mo’ljallagan edilar. Ular o’zbek xalqining o’ziga xos milliy xususiyati (mentaliteti) uning 

milliy samimiyligi bag’rikengligi, sabr toqati, bardoshi va chidamini ham hisobga olgan 

holda tinch yo’l bilan hokimyatni qo’lga olishga intilgan edilar. Ular xalqni “uygotish” 

va  “hurlikka  erishmog’i”  uchun  qadim  qadimdan  dunyo  tan  olgan  manaviyatini  va 

madaniyatini tarixni o’rgatish va tarixiy xotirasini tiklash va ulug’lash yo’lidan bordilar. 

Bu juda ham to’g’ri tanlangan taktika edi. Ze’ro yurtboshimiz   

 

 I. 



A. 

Karimov      ta’kidlaganidek  “Manaviyatni  tiklashi  tug’ilib  o’sgan  yurtini  o’zini 

boshqalardan ham sezmay boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy 

xotira kerak”

22



Oldingi  bo’limda  Turkiston  muxtoriyatini  omma  tomonidan  qo’llab  quvvatlanib 



borilgani  oddiy  xalqni  muxtoriyatga  nisbatan  xayrixohligi  ta’kidlab  fikr  yuritgan  edi. 

Muxtoriyatni  otashin  kuchlari  o’zbek  adabiyoti  va  she’riyatining  zabardast  vakillari 

bo’lgan:  A.  Fitrat,  Abdulhamid  Cho’lpon,  Mahmudxo’ja  Behbudiy,  Munavvar  Qori 

Abdurashidxon o’g’li va boshqa namoyondalar muxtoriyatni ulug’lab maqola va she’rlar 

yozishganiga  tarix    guvoh.  A.  Fitrat  “  Muxtoriyat”  maqolasida  dunyoga  yangi  kelgan 

muxtoriyatga  nisbatan  otashin  mehr  his  va  hayajon  tuyg’usini  quyidagi  so’zlarda 

ifodalaydi:  Turkiston  muxtoriyati  Temur  xoqonning  chin  bolalari  yonida  Turkistonlik 

tupchak turklari orasida mundan ug’urli, mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so’zli 

borligiga  ishonmayman.  Ellik  yildan  beri  ezildik,  tahqir  etildik,  qo’limiz  bog’landi, 

                                                           

21

 

A’zamxo’jayev S. “Turkiston muxtoriyati” T:-Fan 1996-yil 33-sahifa



 

22

 Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” T:-Sharq 1998-yil 8-sahifa 



 


13 

 

tilimiz  kesildi,  molimiz  talandi.  Hoqon  shahrinda  to’plangan  Turkiston  qurultoyi  27-



noyabrning  milliy  Laylatulqadrimiz  bo’lgan  yarim  kechasida  Turkiston  muxtoriyatini 

e’lon  qildi.  Muxtoriyatni  endi  saqlamoq  kerakdur”

23

.  Alloma  Fitratning  “Muxtoriyatni 



endi  saqlamoq  kerakdur”  degan  so’zlari  bejizga  emas.  Chunki  demokratik  qoidalarga 

asosan  tuzilgan  Turkiston  muxtoriyati  bilan  zo’ravonlikka  asoslangan  bolsheviklar 

hukumati  o’rtasidagi  siyosiy  kurash  nihoyatda  keskin  tus  olgan  edi.  Turkiston 

muxtoriyati o’z oldida qo’ygan maqsadiga erishish uchun ozodlik va  milliy davlatchilik 

yo’lidagi barcha xavf-xatar va tahdidlarga qaramay olg’a bordi.  

 

Muxtoriyat  tashkil  etilganining  ilk  kunlaridanoq  ya’ni  1917-yil  bahorida 



Turkistonning  birligi  va  yaxlitligi  tomon  muhim  qadam  tashladi.  Tarixdan  ilk  marta 

Butun  Turkiston  miqyosida  musulmon  qurultoyi    chaqirilib,  unda  tub  xalqlarning 

muxtoriyat tomon qat’iy intilishi o’z an’analari urf odatlari va turmush tarzini izchil turib 

himoya  qilishi  aytildi.  Bu  maanfatlarning  ifodachisi  bo’lgan  Milliy  markaz  Turkiston 

musulmonlari  Markaziy  kengash  tashkil  etildi

24

.  Ko’rib  o’tkanimizdek  Muxtoriyat 



hukumati har bir qabul qilgan qarorini amaliy ijrosini ta’minlash uchun astoydil harakat 

qilgan.  Xavfsizlik  va  aholi  o’rtasida  tinchlikni  saqlash  borasida  ham  bir  qator    ijobiy 

ishlar  amalga  oshirildi.  Bu  borada  U.  Xo’jayev  bosh  bo’lgan  IIV  xalq  militsiyasining 

tashkil bo’lishi katta voqea bo’ldi. Muxtoriyat o’z bayrog’I va o’z madhiyasini yaratdi

25



Umuman  olganda  muxtoriyat  hukumati  davlatchilik  qurishda  barcha  qonun  qoidalariga 



rioya etgan holda tuzilgan edi.  

 

Xulosa  qilib  aytganda  Turkiston  ilk  milliy  davlatchiligimizda  demokratik 



prinsiplarga qat’iyan amal qilgan hukumat edi. Muxtoriyatni tarixiy ahamiyati shundaki, 

ommaviy  huquqiy  ongini  o’sishiga  xizmat  qildi.  Xalq  o’z  navbatida  muxtoriyatga 

ozodlik va milliy davlatchilikni tiklash yo’lidagi kurashida doimiy hamroh bo’ldi, qo’lab 

quvvatladi.  Muxtoriyat  mahalliy  tub  aholini  orzu  umidlari  ifodachisi  edi.  Muxtoriyatni 

esa o’ziga dushman deb bilgan bolshevistik rejim uni qonga botirdi, lekin xalq qalbidan 

va xotirasidan o’chira olmadi. 

 

 

                                                           



23

 Jo’rayev N. Karimov Sh. “O’zbekiston tarixi” T:-Sharq 2011-y 52-53-sahifa 

24

 Manba:”O’zbekiston tarixi” 10-sinf darslik T:-Sharq 2006y 19-sahifa 



 

25

 Jo’rayev N. Karimov Sh. “O’zbekiston tarixi” T:-Sharq 2011 y 49-sahifa 



 


14 

 

 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin