§3. Turkiston muxtoriyati : Ozodlik va milliy davlatchilikni ta’kidlanishi uchun
kurash.
Manbalarni o’rganib shu xulosaga keldimki, “Turkiston muxtoriyati” milliy
demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi bo’lgan. Muxtoriyat a’zolari ham xalq
orasidan chiqqan ziyoli qatlam vakillari edilar. Muxtoriyat a’zolarini ham yagona maqsad
birlashtirar edi. Bu Turkiston o’lkasini ozod va hur ko’moqlik edi. Turkistonda yashab
kelgan xalqlarga millatidan qat’iy nazar demokratik erkinliklar berilgani muxtoriyatni
demokratik prinsiplarga qat’iy rioya etganidan dalolatdir. Xususan, xalq majlisidagi
o’rinlarni uchdan bir qismi 18 kishi Yevropa millatiga mansub xalq vakillariga ajratildi
21
.
Bu hol muxtoriyatchilarning insof diyonat va imon asosida haqiqat, adolat va
demokratuyaning yuksak cho’qqisida turib faoliyat ko’rsatganliklarini yorqin
namunasidir. Ma’lumki, jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirshni
taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo’li bilan parlament orqali erishishni
mo’ljallagan edilar. Ular o’zbek xalqining o’ziga xos milliy xususiyati (mentaliteti) uning
milliy samimiyligi bag’rikengligi, sabr toqati, bardoshi va chidamini ham hisobga olgan
holda tinch yo’l bilan hokimyatni qo’lga olishga intilgan edilar. Ular xalqni “uygotish”
va “hurlikka erishmog’i” uchun qadim qadimdan dunyo tan olgan manaviyatini va
madaniyatini tarixni o’rgatish va tarixiy xotirasini tiklash va ulug’lash yo’lidan bordilar.
Bu juda ham to’g’ri tanlangan taktika edi. Ze’ro yurtboshimiz
I.
A.
Karimov ta’kidlaganidek “Manaviyatni tiklashi tug’ilib o’sgan yurtini o’zini
boshqalardan ham sezmay boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy
xotira kerak”
22
.
Oldingi bo’limda Turkiston muxtoriyatini omma tomonidan qo’llab quvvatlanib
borilgani oddiy xalqni muxtoriyatga nisbatan xayrixohligi ta’kidlab fikr yuritgan edi.
Muxtoriyatni otashin kuchlari o’zbek adabiyoti va she’riyatining zabardast vakillari
bo’lgan: A. Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori
Abdurashidxon o’g’li va boshqa namoyondalar muxtoriyatni ulug’lab maqola va she’rlar
yozishganiga tarix guvoh. A. Fitrat “ Muxtoriyat” maqolasida dunyoga yangi kelgan
muxtoriyatga nisbatan otashin mehr his va hayajon tuyg’usini quyidagi so’zlarda
ifodalaydi: Turkiston muxtoriyati Temur xoqonning chin bolalari yonida Turkistonlik
tupchak turklari orasida mundan ug’urli, mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so’zli
borligiga ishonmayman. Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo’limiz bog’landi,
21
A’zamxo’jayev S. “Turkiston muxtoriyati” T:-Fan 1996-yil 33-sahifa
22
Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” T:-Sharq 1998-yil 8-sahifa
13
tilimiz kesildi, molimiz talandi. Hoqon shahrinda to’plangan Turkiston qurultoyi 27-
noyabrning milliy Laylatulqadrimiz bo’lgan yarim kechasida Turkiston muxtoriyatini
e’lon qildi. Muxtoriyatni endi saqlamoq kerakdur”
23
. Alloma Fitratning “Muxtoriyatni
endi saqlamoq kerakdur” degan so’zlari bejizga emas. Chunki demokratik qoidalarga
asosan tuzilgan Turkiston muxtoriyati bilan zo’ravonlikka asoslangan bolsheviklar
hukumati o’rtasidagi siyosiy kurash nihoyatda keskin tus olgan edi. Turkiston
muxtoriyati o’z oldida qo’ygan maqsadiga erishish uchun ozodlik va milliy davlatchilik
yo’lidagi barcha xavf-xatar va tahdidlarga qaramay olg’a bordi.
Muxtoriyat tashkil etilganining ilk kunlaridanoq ya’ni 1917-yil bahorida
Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam tashladi. Tarixdan ilk marta
Butun Turkiston miqyosida musulmon qurultoyi chaqirilib, unda tub xalqlarning
muxtoriyat tomon qat’iy intilishi o’z an’analari urf odatlari va turmush tarzini izchil turib
himoya qilishi aytildi. Bu maanfatlarning ifodachisi bo’lgan Milliy markaz Turkiston
musulmonlari Markaziy kengash tashkil etildi
24
. Ko’rib o’tkanimizdek Muxtoriyat
hukumati har bir qabul qilgan qarorini amaliy ijrosini ta’minlash uchun astoydil harakat
qilgan. Xavfsizlik va aholi o’rtasida tinchlikni saqlash borasida ham bir qator ijobiy
ishlar amalga oshirildi. Bu borada U. Xo’jayev bosh bo’lgan IIV xalq militsiyasining
tashkil bo’lishi katta voqea bo’ldi. Muxtoriyat o’z bayrog’I va o’z madhiyasini yaratdi
25
.
Umuman olganda muxtoriyat hukumati davlatchilik qurishda barcha qonun qoidalariga
rioya etgan holda tuzilgan edi.
Xulosa qilib aytganda Turkiston ilk milliy davlatchiligimizda demokratik
prinsiplarga qat’iyan amal qilgan hukumat edi. Muxtoriyatni tarixiy ahamiyati shundaki,
ommaviy huquqiy ongini o’sishiga xizmat qildi. Xalq o’z navbatida muxtoriyatga
ozodlik va milliy davlatchilikni tiklash yo’lidagi kurashida doimiy hamroh bo’ldi, qo’lab
quvvatladi. Muxtoriyat mahalliy tub aholini orzu umidlari ifodachisi edi. Muxtoriyatni
esa o’ziga dushman deb bilgan bolshevistik rejim uni qonga botirdi, lekin xalq qalbidan
va xotirasidan o’chira olmadi.
23
Jo’rayev N. Karimov Sh. “O’zbekiston tarixi” T:-Sharq 2011-y 52-53-sahifa
24
Manba:”O’zbekiston tarixi” 10-sinf darslik T:-Sharq 2006y 19-sahifa
25
Jo’rayev N. Karimov Sh. “O’zbekiston tarixi” T:-Sharq 2011 y 49-sahifa
|