§4. Turkiston muxtoriyati mahalliy xalqning milliy ozodlik harakatini ifodasi
sifatida.
Oldingi bo’limlarda ko’rib o’tganimizdek Turkiston muxtoriyatini tashkil etilishi
va ozodlik harakatining ifodachisi sifatida yuzaga keldi. Turkiston muxtoriyati a’zolari
nafaqat mahalliy tub aholi maanfatlarini balki o’lkada yashayotgan boshqa millatlar
taqdirini ham o’ylab ish yuritdilar. Shuning uchun ham muxtoriyat aholi tomonidan
yaxshi mos boshqaruv va qonunlarga tayangan davlat qurish 1917-yildayoq, nafaqat
ziyolilar balki, oddiy aholi orasida ham keng harakat tusini olgan edi. Jadidchilik 1917-
yilda ma’rifatchilik harakatlaridan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko’tarilgan edi.
O’sha 1917-yilning o’zida 4 marta Butun Turkiston musulmonlari qurultoyi o’tkazildi.
1917-yilning 16-23 aprelida Toshketda bo’lgan I qurultoyida demokratik Rossiya
tarkibida Turkiston muxtoriyatini tashkil etish g’oyasi olg’a surilgani va bu g’oya
Turkiston xalqlarining o’z milliy davlatchiligini tiklash yo’lidagi dastlabki qadami edi
26
.
Ellik yillik Chor istibdodi mahalliy xalqlar urf odati, madaniyatini poy-mol etishga xalqni
ozodlikka bo’lgan intilishini bo’g’ib kelgan edi. Turkiston o’lkasi xalqlari doimo ozodlik
hurlik uchun kurashib keldilar. Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatiga xalq o’zining
milliy qahramonlari Abdurahmon Oftobachi, Nomoz Pirimqul o’g’li, Qurbonjon
Dodhoh, Jo’rabek, Bobobek boshchiligida doimo ozodlik uchun kurashib keldi.
Keyinchalik bu ozodlik uchun bo’lgan kurashlar ma’rafatparvarlik tusini oldi. Jamiyatda
milliy mafkurani shakllantirish xalqni ma’rifatli qilish va shu yo’l bilan ozodlikka olib
chiqish ma’rifatparvar jadidlarning bosh maqsadi edi. milliy mafkura bu yurtboshimiz
tabiri bilan aytganda “O’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prikdir”
27
. Xalqqa shonli tarixini
eslatish orqali kelajakka dadil qadam bosihga undash nihoyat mevasini bergan edi. Bu
xalqning milliy ozodlikka bo’lgan harakatining natijasi Turkiston muxtoriyati edi.Shu
tarzda Turkiston muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin jamiyatning keng
qatlamlari vakillari, ilg’or ziyolilar bu harakatda faol qatnashib uning poydevorini
yaratishga zamin hozirladilar. Yangi vujudga kelayotgan muxtoriyat hukumati tashkil
etilishida va faoliyatida ham faqatgina xalqning ziyoli va oddiy vakillariga tayandi,
hukumron tabaqa maanfatlariga xizmat qilmadi. Buni Turkiston muxtoriyatining
muvaqqat hukumat nomidan uning a’zolari M. Tinishboyev, M. Cho’qayev, U. Xo’jayev,
Yu. O’gayev, S. Gersfeld imzosi ostida xalqqa qarata e’lon qilgan murajaatida ham
26
Alimova D. Karimov R. H. “O’zbekiston tarixi” T:-Sharq 2006-yil 18-sahifa
27
Karimov I. A. “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin” T:- O’zbekiston 1998-y 14-sahifa
15
yaqqol ko’rish mumkin. Murojaatnoma “Ulug’ Turkiston” gazetasida 1917-yil 8-
dekabrda e’lon etilgan
28
.
Murojaatda Turkiston o’lkasi hududida yashovchi barcha millatlar teng huquqli
ekanligi ta’kidlandi. Muxtoriyat hukumati Turkiston xalqini oziq ovqat bilan taminlash
choralari ko’rishni mahalliy millatlar huquqlarini himoya qiluvchi tadbirlar belgilashni
xalqning ozodlik birlik hurriyat tenglikka bo’lgan intilishini qo’llab quvvatlashni o’z
zimmasiga olgani murojaatda alohida ta’kidlandi
29
. Muxtoriyat hukumati a’zolari
mumkin qadar tinchlik yo’li bilan ozodlikka erishish yo’lidan bordilar. Muxtoriyat
millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash masalasini demokratik yo’l bilan hal etishga bel
bog’lagan. Xalq va uning ilg’or ziyolilari zakovati va irodasi zaminida vujudga kelgan
edi. Tabiiyki zo’ravonlik va shovinizm bilan qurollangan yangi mustabid bolsheviklar
rejimi milliy mustaqillikka intilishning har qanday ko’rinishiga qarshi chiqdi. Sinovdan
o’tgan usul xalqni aldash shavqatsiz qirish, talash bu gal ham ishga solindi va ezgu
niyatlar katta maqsadlar bilan yuzaga kelgan xayotbaxsh g’oyalar kurtakligidayoq ezib
tashlandi. Turkiston muxtoriyatiga qarshi bolsheviklar tomonidan qilingan harakat
Turkistonliklarni bolsheviklar rejimiga qarshi o’z ona vatanlarini himoya qilish uchun
qurol olishga majbur etdi. Bu qurolli harakatning mohiyati milliy ozodlik an’analarining
davomi bo’lib istiqlol uchun kurash edi. o’sha davrda ana shu umumxalq kurashining
mohiyati “Turkiston- Turkistonliklar uchun” “Turkistonning Rossiyadan ozodligi uchun”
va shu kabi siyosiy talablarda o’z ifodasini topdi
30
.
Muxtoriyat xalq hokimyati edi, u xalqdan tuzilgan hukumat edi. ularning ozodlikka
bo’lgan intilishi albatta mustabid tuzum maanfatlariga umumanto’g’ri kelmasdi.
Turkiston tub aholisining o’z ijtimoiy ozodlik yo’lining o’zi belgilashi va mustaqil milliy
davlatchiligini o’rnatishga urinishlari qurol kuchi bilan to’xtatildi.”Mliy hududiy
avtonomiya” ning Lenincha modeli zo’rlab tiqishtirildi
31
.
Oxir
oqibatda
sivilizatsiyalashgan demokratik rivojlanish imkoniyatlari yo’qqa chiqarildi. Muxtoriyat
hukumati bolshevistik tuzum tomonidan yo’q qilingan bo’lsada Turkiston xalqi tarixida
asosiy o’rinlardan birini egallab keldi.
Xulosa o’rnida ta’kidlar edimki Turkiston muxtoriyati tub yerli xalqlar
davlatchiligi tarixida yangi bosqich bo’lib afsuski, juda qisqa 72 kun umr ko’rdi. Ammo
shu qisqa vaqtda ham demokratik prinsiplarga mos keladigan davlatning poydevori
yoritildi. Xalqni qo’llab quvvatlash, islohotlar yo’li bilan Turkiston iqtisodiy salohiyatini
28
Jo’rayev N. Karimov Sh. “O’zbekiston tarixi” T:-Sharq 2011-y 47 -sahifa
29
Shu manba 48-sahifa
30
O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida 2-kitob T:-Sharq 2000 y 68-sahifa
31
A’zamxo’jayev S “Turkiston muxtoriyati” T:-Manaviyat 2000 162-sahifa
16
yuksaltirish milliy qo’shin tuzib aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida ijobiy ishlar
qilindi. Demokratiyani har qanday holati bilan hisoblshmaydigan bolsheviklar hukumati
muxtoriyatni yo’q qildilar, tub xalqni yana qaramlik botqog’iga botirdilar. Xalq yana
chor tuzumidan battarroq bo’lgan bolshevistik rejim girdobiga tushib qoldi. To
mustaqilligimizga erishganimizga qadar Turkiston tuprog’ida mustabid tuzumga
harakatlar bir zum bo’lsada to’xtamadi. Biz azaliy orzuimiz mustaqil va obod, ozod
vatanda teng huquqli inson bo’lib yashashga nihoyat erishdik. Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek ” Endigi vazifa orzu umidlari haqqi avlodlarimizga sizu bizning
farzandlarimizga butun dunyo bilan teppa-teng bo’ylashadigan buyuk O’zbekistonni
meros qilib qoldirmoqlikdir”
32
. Bu yo’lda biz yoshlar ham sobit qadam turmog’imiz
lozim.
32
Karimov I. A. “Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmay “”O’zbekiston milliy istiqlol iqtisod, siyosat, mafkura”. T:-Sharq 1996 y
214-218-sahifa
17
Xulosa
Turkiston muxtoriyatining vujudga kelish jarayoni uning faoliyati zavolga yuz
tutish sabablarini adabiyotlar doirasida o’rganib shu xulosaga keldim. Turkiston
muxtoriyati millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash vazifasini hal etishga bel bog’lagan
xalq irodasi va ilg’or ziyolilarning ko’tarinki hatti harakatlari zaminida vujudga keldi.
Tabiiyki zo’ravonlik shovinizm bilan qurollangan yangi mustabid bolsheviklar milliy
mustaqillikka intilishning har qanday ko’rinishiga qarshi bo’lgan xalqni ozodlik yo’liga
boshlagan unga o’zligini tarixini tanitishga uringan. Muxtoriyat hukumati mustabid
tuzum tomonidan yo’q qilindi. Bu harakatning boshida turgan ilg’or hur fikrli ziyolilar
“xalq dushmani” degan soxta nomlar bilan badnom etildi. Muxtoriyat hukumati vujudga
kelgandanoq dastlabki kunlarda tub xalqlar maanfatini himoya etishni o’ziga muhim
vazifa sifatida belgilab oldi va bu yo'lda o’g’ishmay Muxtoriyatni amalga oshirgan
islohotlar amaliy tadbirlari tahsinga loyiqdir. Xalqni to’kmasdan islohotlar yo’li bilan
ozodlikka olib chiqish g’oyasi muxtoriyatchilar maqsadini asosini tashkil etganligi
hukumatni tashkil etgan ziyoyilarni nafaqat odil siyosatchi balki insonparvarlik
g’oyalarini o’zida mujassam etgan insonlar ekanligidan dalolat beradi. Bu insonlar
taqdirini kengroq o’rganish va o’zimizning xolisona baho berish imkoniyatimizga faqat
mustaqiollik tufayli erishdek impiriyasining inqirozi zamonning uzilgan rishtalarini yana
tiklashga imkon berdi. Bugungi kunda suverin o’zbekiston mustaqillik va milliy tiklanish
yo’lidan shaxdam odimlamoqda. O’lkadagi muxtoriyatchilik harakati ishtirokchilarining
vatanparvarlik jasoratlari O’zbekistonliklarning hozirgi avlodlari uchun ilhombaxsh
misol bo’lib xizmat qilmoqda. Turkiston muxtoriyati amalga oshirilmagan maqsadlar
bizning kunlarda aniq tarixiy mazmun bilan boyimoqda. Tarixni yanada chuqurroq
o’rganish mustaqil O’zbekistonning har bir fuqarosining burchi bo’lishi kerak deb
o’ylayman.
|