Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə77/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105
Nizomiy nomidagi

Avstralopiteklar. Avstralopiteklar dastlab Afrikaning Sharqiy qismida bundan 3mln yil ilgari paydo bo‘lgan. Keyin janub va markaziy qismiga tarqalgan. Avstralapopetiklar boshqa qit’alardan topilmagan. Avstralopitek nomini birinchi marotaba 1924-yilda antrapolog Raymond Dart bergan. U janubiy maymun degan ma’noni anglatadi.
Dartning fikrini keyin Robert Braun quvvatlagan. Bunday bosh skeleti suyaklari 1936- va 1947- yillarda ham topilgan. Avstrlopiteklarni odam bilan yaqinlashtiruvchi belgi bu ikki oyoqlab yurishidir. Tos suyagi qisqa va keng bo‘lishi tovoni gumbaz shaklida ekanligi uning bosh barmog’i boshqa barmoqlarga qarshi emasligidir. Uning umurtqa pog‘onosi “S” shaklida teshik ensa suyagining markazida ekanligi (maymunlar bunday teshik keyinda joylashgan) ularning tik yurganligidan dalolat beradi.
Avstralopopiteklar odamsimon maymunlardan farqli ravishda qoziq tishlar unchalik katta bo‘lmagan. Shunga ko‘ra jag‘ tishlari bilan qoziq tishlari orasi juda yaqin bo‘lgan. Miya qutusining hajmi (400-500 sm) avstralopopiteklar shimpanze va gorillalardan unchalik farq qilmagan. Ularning gavdasi unchalik katta emasligi 30-50 kg bo‘lishi bilan aloqador. Lekin bosh miyasining og‘irligini tana og‘irligiga nisbatini olsak, avstralopopetiklar odamsimon maymunlarga qaraganda ustun turadi. U qirilib ketgan va hozirgi davrda mavjud odamsimon maymunlarga nisbatan ham ustun turadi.
Avstralopiteklarning eng qadimgilari Keniya davlatining kanapoy va Alia Bey joylaridan 1997 - yillarda topilgan. U joylardan skiletning jag‘, tishning ayrim qismlari topilgan. Ular topilgan qatlamining yoshi 4,2 - 3,9 mln ga teng. Boshqa avstralopiteklar singari bu yerda topilgan avstralopiteklar animansis anam mahalliy aholi tilida ko‘l degan ma’noni bildiradi. Chunki qazilma ishlari Turkai ko‘li yaqinida bo‘lgan. Topilgan avstralopiteklar ikki oyoqlab qo‘llar yordamisiz yurgan, odamsimon maymunlardan farqli ravishda dag‘al qattiq o‘simliklar bilan oziqlangan, shunga ko‘ra hozirgi shimpanzelarga nisbatan tishida emal qalin bo‘lgan. Avstrlopiteklarning 8 turi bo‘lgan bular: afar, efiopiya, Afrika, boysov, rodustus, bahaybat gavdali, garxo avstralopiteklardir.
Avstralopiteklar bilan birga o‘sha davrda boshqa maymunlar – gominidlar, kenantroplar, pavantroplar ham yashagan. Avstrlopiteklarning yuqorida nomlangan xillari haqiqatan turmi degan savol jumboq hisoblanadi. Chunki tur mezonidagi reproduktiv alohidalashish ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sanab o‘tilgan avstralopiteklarning filogenetik bog‘lanishlari ham yetarli o‘rganilmagan. Ularning qaysi biri keyinchalik odamlarning kelib chiqishiga asos bo‘lgan degan masala munozarali sanaladi. Yaqin vaqtga qadar bundan 3 mln 2,4 mln muqaddam yashagan Afrika avstralopiteki odam ajdodi hisoblangan bo‘lsa ham uning qo‘l va oyoq suyaklarini sinchiklab o‘rganish natijasida bu tur ko‘proq odamsimon maymunlarga yaqin degan xulosaga kelindi. Chunki uning qo‘li oyog‘ga nisbatan uzun ekanligi ma’lum bo‘ldi, unga nisbatan Afrika avstralopiteki 1 mln yil ilgari yashagan. Afar avstralopitek yuqori darajada ekanligi aniqlandi. Demak, avstralopiteklarning qaysi birining keyingi evolutsiyasidan odam kelib chiqqanligi hali to‘liq aniqlanmagan.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin