Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə2/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Nizomiy nomidagi

Tarixiy tamoyilga muvofiq turli era va davrlarda yashagan o‘simlik, hayvon vakillarining tuzilishini hozirgi davrdagi hayvon, o‘simliklar tuzilishi bilan taqqoslab, keyingilarni kelib chiqishini aniqlashtirishdir.
Dolzarblik tamoyiliga binoan, esa hozirgi davrda hayot kechirayotgan organizmlarning turli darajada tuzilishi va funksiyasini o‘rganish asosida ularning evolyusion jarayonda kelib chiqishi uchun taxmin qilinayotgan ajdod formalar qanday ko‘rinishda va tuzilishda bo‘lganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qiliilinadi.
Organik olamdagi filogenetik bog‘lanishlarni tadqiq qilish metodlari.Morfo-anatomik metod. Har-xil sistematik birliklarga mansub organizmlarning morfologiyasi, anatomiyasi, shaxsiy rivojlanishi o‘rganilib taqqoslanadi va olingan ma’lumotlarga asoslanib ularning bir-biriga qay darajada yaqinligi aniqlanadi.
Embriologik metod. Turli sistematik birliklarga kiruvchi organizmlarning ontogenezi ya’ni embrional, postembrional rivojlanishi tadqiq qilinib, taqqoslanadi xamda to‘plangan ma’lumotlar zaminida ular orasidagi filogenetik bog‘lanish darajasi belgilanadi.
Paleontologik metod. Yerning qadimgi qatlamlaridan topilgan o‘simlik, hayvon, zamburug‘ qoldiqlari, poyalari, barglari, suyaklari, tamg‘alari hozirgi davrda yashayotgan o‘simliklar, hayvonlar, zamburug‘lar, ularning tarkibiy qismlari bilan taqqoslanadi va olingan natijalarga qarab qadimgi zamonda yashagan formalar bilan hozirgilari orasida qay darajada yaqinlik borligi haqida mushohada yuritiladi.
Molekulyar biologik metod. O‘tmishda yashab so‘ng yo‘qolib ketgan organizm hujayralaridagi oqsil, nuklein kislotalarning molekulalar tuzilishi hozirgi davrda yashaydigan turlarning shundaylari bilan taqqoslanadi va qayd qilingan molekulalardagi o‘xshashlik va farqlarga qarab ular orasidagi filogenetik bog‘lanish haqida hukm chiqariladi.
Fiziologik-genetik metod. Har-xil sistematik taksonlar: turlar, avlodlar, oilalarga mansub, organizmlar orasida chatishtirib o‘tkazilib, olingan duragaylarning birinchi, ikkinchi, uchinchi bo‘g‘ini ota-ona organizmlar bilan taqqoslanadi va olingan natijalar asosida ular orasidagi filogenetik bog‘lanish darajasi haqida ma’lumot to‘planadi.



Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin