Nizomiy nomidagi


-mavzu:Hujayrasiz va hujayraviy organizmlar



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə4/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Nizomiy nomidagi

3-mavzu:Hujayrasiz va hujayraviy organizmlar


Tayanch tushunchalar va bilimlar: Hujayrasiz organizmlar viruslar va bakteriofaglar, tuzilishi, hayotiy faoliyati, o‘simlik va hayvonlarga yuqishi. Viruslarning kelib chiqishi.
Hujayrasiz organizmlar. Organik olamning hujayrasiz shakllari bo‘lib viruslar hisoblanadi. Viruslar tana kattaligi 15-300 nm* ga teng. Ular birinchi marotaba 1892-yil rus olimi D.I.Ivanovskiy tomonidan ixtiro qilingan bo‘lsada, virus atamasini keyinchalik 1899 yili gollandiyali mikrobiolog Martiy Beyernik fanga kiritgan. Viruslarning tirik organizm ekanligi XX asrning 50-60 yillariga qadar ko‘pchilik biolog olimlar tomonidan tan olinmadi. Bunga asosli sabab viruslarda mustaqil metabolizm – oqsil sintez qilish sistemasini bo‘lmasligidir. Lekin keyinchalik viruslar tanasi oqsil va nuklein kislotadan tuzilganligi, o‘z-o‘zini ko‘paytirish, o‘zgaruvchanligi, muhit sharoitiga moslanishi, evolyusiyalanish kabi xossalarga ega ekanligi e’tiborga olinib, ular noyob hujayrasiz organizmlar toifasi deb– e’tirof etildi. Hozirgi vaqtga kelib viruslarning 500 dan ortiq turi aniqlangan. Viruslar o‘simlik, hayvon, zamburug‘ va bakteriyalar hujayralarida paraziti bo‘lib, ko‘rinishi ipsimon yumoloq tayoqchasimon shakldadir. Virus tashqi tomondan oqsilli qobiq – kapsid bilan o‘ralgan. Ba’zi viruslarda DNK, boshqalarida esa RNK bor. DNK bakteriofaglarda hamda hayvon va odam viruslarida uchraydi. O‘simlik viruslarini ko‘pchiligida RNK bor. Viruslar shartli ravishda sodda va murakkab xillarga bo‘linadilar. Sodda viruslarni kapsidi faqat oqsil molekulalaridan tashkil topgan bo‘lsa, murakkab viruslar qobig‘ida oqsillardan tashqari lipoproteidlar, ba’zan uglevodlar, strukturasiz oqsillar – fermentlar uchraydi.
Odatda, hayvon hujayralari tashqi tomondan nihoyatda yupqa parda – membrana bilan o‘ralgan. Shu sababli viruslar hayvon hujayrasiga kapsid bilan kiradi. Faqat membrana emas, hayvon hujayralardagi fagotsitoz va pinotsitoz ham viruslarni hujayra ichiga kirishiga qulaylik tug‘diradi. Viruslarni tarqatuvchilar bo‘lib, so‘ruvchi og‘iz apparatiga ega o‘simlik, bitlari, shiralar kanalar, chivinlar va boshqa hasharotlar hisoblanadi. O‘simlik hujayralari membranadan tashqari qobiqqa ega bo‘lganligi sababli viruslar ular tanasiga faqat mexanik shikastlangan joylardan kirishi mumkin.
Bakteriyalar tanasida parazitlik qiluvchi viruslar bakteriofaglar deb nomlangan.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin