Nizomiy nomidagi


Filogenetik bog‘lanishlarni isbotlovchi morfo-anatomik dalillar



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə8/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
Nizomiy nomidagi

Filogenetik bog‘lanishlarni isbotlovchi morfo-anatomik dalillar
Har xil sistematik birliklarga mansub o‘simliklar, hayvonlar tashqi va ichki tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan ko‘pchilik baliqlar tashqi tomondan tangachalar bilan qoplangan. Bunday tangachalar sudralib yuruvchi hayvonlarda xam bor. Lekin baliqlarning tangachasi suyak, sudralib yuruvchilarniki esa muguz moddasidan tuzilgan. Baliqlarda xam, sudralib yuruvchilarda xam yurak bor, biroq baliqlarning yuragi bitta bo‘lma, bitta qorinchadan, sudralib yuruvchilar yuragi esa uch kamerali bo‘lib o‘ng va chap yurak bo‘lmasi xamda bitta yurak qorinchasidan iborat. Lekin ularning xar ikkisida umurtqa pog‘ona, skelet bor. Shunga ko‘ra ular o‘rtasida filogenetik bog‘lanishlar kam.
Xuddi shunday fikrni o‘simliklarga nisbatan xam aytish lozim. Masalan, ochiq urug‘li o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimasi traxeidlar, gulli o‘simliklarda esa naylardan tashkil topgan. Keyingi holat poya bo‘ylab suv va unda erigan mineral moddalarni shu bilan birgalikda barglarda sintezlangan organik moddalarni poya bo‘ylab xarakatlanishini tezlashtiradi.
Shunday tuzilishga qaramay ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilar urug‘li o‘simliklarga kiradi. Demak ular orasida filogenetik bog‘lanishi bor, lekin u gulli o‘simliklarning bir urug‘pallali, ikki urug‘pallali sinflaridagi filogenetik bog‘lanishlarga qaraganda sust ifodalangan.
Binobarin organik olamdagi filogenetik bog‘lanishlarni aniqlash uchun albatta ko‘p hujayrali organizmlar tashqi, ichki tuzilishini o‘rganish, ularning o‘zaro o‘xshashliklari va tafovutlarni aniqlab shundan keyingina ular orasidagi filogenetik bog‘lanish qay darajada ekanligi to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin.
Filogenetik bog‘lanishlarni isbotlashda embriologik fan dalillar
Barcha ko‘p hujayrali hayvonlar, o‘z taraqqiyotini zigotadan boshlaydi. Zigotani bo‘linishi oqibatidan murtak varaqlari rivojlanadi. Agar biz bo‘shliqichlilar bilan yassi chuvalchanglarning embrional rivojlanishini kuzatsak, bo‘shliqichlilar ektoderma endoderma murtak varaqlari yassi chuvalchanglarda esa uchta murtak varaqlari ektoderma, mezoderma, entoderma rivojlanishi ma’lum. Har bir murtak varaqlaridan turli organlar hosil bo‘lishini e’tiborga olinsa, u holda bo‘shliqichlilar bilan yassi chuvalchanglar filogenetik jixatdan uzoq ekanligi ma’lum bo‘ladi. Yoki baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar, sut emizuvchilar, embrional taraqqiyotini dastlabki bosqichlarida bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib, keyinchalik ulardagi o‘xshashlik kamaya boradi. Chunonchi odam embrionida peshana, gorilla embrionida jag‘ oldinga bo‘rtib chiqqanligi ko‘zga tashlanadi. Har bir hayvon embrion rivojlanishida oldin yirik, pirovardida esa kichik sistematik birliklarga xos belgi-xossalar rivojlanadi. Binobarin umurtqali hayvonlarni embrional taraqqiyotida belgi xossalarning umumiylikdan xususiylikka tomon ajralishi ro‘y beradi.
Muxtasar qilib aytganda embrional dalillar ya’ni turli hayvon guruhlarini embrional taraqqiyotini kuzatish orqali ana shu hayvonlar ora-sida filogenetik bog‘lanishlar qay darajada ekanligini aytish mumkin.(35)

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin