Nizomiy nomidagi


Filogenetik bog‘lanishlarni isbotlashda paleontologik dalillar



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə9/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Nizomiy nomidagi

Filogenetik bog‘lanishlarni isbotlashda paleontologik dalillar
Hayotning paydo bo‘lishida ta’kidlanganidek tirik organizmlar bundan taxminan 3,5-3,8 mln yillar oldin paydo bo‘lgan. Yer tarixining kriptozoy bosqichida hayot nixoyatda oddiy ko‘rinishda bakteriyalar, zamburug‘lar, suv o‘tlari ko‘rinishida bo‘lgan hamda o‘zlaridan keyin juda oz ko‘rinishdagi nusxalar, tamg‘alarini qoldirgan. Yer tarixining fanerozoy bosqichida organik olam asta-sekin murakkablashib ko‘zga tashlanadigan o‘simlik, hayvon zamburug‘larning ayrim namunalarini qoldirganlar. Yumshoq tanaga ega ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlar suvo‘tlar, sporali yuksak o‘simliklar, zamburug‘lar o‘lgandan keyin mikroorganizmlar tomonidan parchalanib yuborilgan va o‘zlaridan ko‘p hollarda nom-nishon qoldirmagan. Ularning ayrimlari nusxalari yoki tana qismlar turli qatlamlarida qolib chirimay qolgan yoki ular tanasiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan almashgan. Bunday holatda mavjudotlarning toshga aylanish jarayoni ro‘y bergan. Yirik hayvonlarning bahaybat daraxtlarning ayrim qismlari saqla-nib qolgan. Paleontolog olimlar qazilma holdagi topilmalarga qarab butun organizm tiklash metodini ixtiro qilganlar. Ana shu nusxalar xozirgi zamonda yashayotgan o‘simlik, hayvon, zamburug‘lar bilan taqqoslanib o‘rganiladi va turli era davrlardagi mavjudotlar qanday ko‘rinishda ekanliklari to‘g‘risida tasavvur hosil qilinadi. Qazilma xoldagi paleontologik materiallarning guvohlik berishicha turli era, davrlarda organik olam vakillari xilma-xil bo‘lganligi, eradan-eraga, davrdan-davrga o‘tgan sari ular murakkablasha borganligi, xilma-xilligi ortganligi kuzatiladi.
Ilgari yashab so‘ng qirilib ketgan o‘simlik, hayvon, zamburug‘larni hozirgi davrda yashayotganlari bilan taqqoslanib, ular orasidagi filogenetik bog‘lanishlar to‘g‘risida paleontologik dalillarga asoslanib xukm chiqari-ladi. Bu haqda o‘simlik, hayvon zamburug‘lar orasidagi filogenetik bog‘lanishga doir boblar bilan tanishganizda yetarlicha bilimga ega bo‘lasiz.
Filogenetik bog‘lanishlarni isbotlashda sitologik va kariologik dalillar. Barcha tirik mavjudotlar tanasi hujayralardan tashkil topgan. Hujayra tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi. Bular prokariot va eukariot hujayralardir. Olimlarning tasdiqlashicha, organik olam rivojlanishining dastlabki bosqichida prokariot hujayra paydo bo‘lgan, keyingi rivojlanish bosqichida prokariot hujayralarning o‘zaro simbiozi tufayli eukariot hujayra kelib chiqqan. O‘simlik hayvon, zamburug‘lardagi hujayralarda yadro bo‘lgani sababli, ular eukariot hujayralilar deb ataladi. O‘simlik va hayvon hujayralarini tuzilishi ko‘p jihatdan o‘zaro o‘xshash. Ularning xar ikkalasida hujayra qobig‘i, sitoplazma, yadro va sitoplazmada xar xil organellalar- plazmatik membrana, endoplazmatik to‘r, Golji apparati, lizasoma, sitosklet mavjud. O‘simlik, hayvon, zamburug‘ hujayra-larning ko‘p jixatdan o‘xshashlik, ularning filogenetik jixatdan bir-biriga yaqinligini ko‘rsatadi.
Keyingi yillarda o‘simlik, hayvonlardagi filogenetik bog‘lanishlarni aniqlashda hujayradagi xromosomalarning soni, xajmi, shakli,tuzilishiga e’tibor qilinmoqda. Chunonchi qora kalamushning ikkita qiyofadosh turi yaqin vaqtga qadar bitta tur deb hisoblanib kelingan bo‘lsa, xromasomalari tekshirilganda birida 38, ikkinchisida 42 xromasoma borligi ma’lum bo‘ldi. Natijada ular ikkita turga ajratildi. Demak, ular o‘rtasida filogenetik bog‘lanish tur ichidagi filogenetik bog‘lanishga nisbatan oz.
Yuqoridagi qayd etilgan to‘qimalardan o‘simlik va hayvon organlari rivojlangan. Har bir organ bir necha xil to‘qima ishtirokida shakllanadi.
Yuksak o‘simliklarning organlari-ildiz, poya, barg, gul, meva, urug‘ qushlar va sut emizuvchi hayvonlarda esa me’da, yurak, buyrak, o‘pka, miya va boshqa organlar tarixiy jarayonda taraqqiy qilgan. Har bir organ organizmda ma’lum funksiyani bajaradi. O‘zaro uzviy bog‘langan bir yo‘nalishdagi vazifani bajaruvchi organlar birlashib organlar sistemasini hosil qiladi. Yuksak hayvonlarda tayanch harakatlanish, oziqlanish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy organlar, ayrish organlar va nerv sistemasi taraqqiy etgan.
Tuban ko‘p hujayrali hayvonlar bo‘lmish g‘ovak tanlilar va bo‘shliqichlilarda to‘qimalar shakllanmaganligi sababli organlar sistemasi taraqqiy qilmagan. Shu sababli g‘ovak tanlilarda oziq moddalar fagotsitoz usulda hujayra ichida, bo‘shliqichlilarda esa xazm vakuolalarda xazm bo‘ladi. Nerv hujayralari dastlab bo‘shliqichlilarda paydo bo‘lgan va u gavda bo‘ylab nerv to‘rini hosil etadi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin