Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə17/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105
Nizomiy nomidagi

Qirqquloqsimonlar devon davrida paydo bo‘lib, toshko‘mir davrida avj olib rivojlangan. Yashash sharoitini o‘zgarishi bilan ularning ko‘pchiligi o‘lib ketgan, qolganlari esa mezozoy erasi o‘simliklarining paydo bo‘lishida va keng tarqalishida muhim rol o‘ynagan.
Qirqquloqlar Yer sharining deyarli hamma qismida, ayniqsa sernam joylarda saqlangan. Qirqquloqlar tropik Osiyo, Avstraliya, Janubiy Amerikada hozirgi davrda mavjud 12000 turning 2/3 qismi tarqalgan. Ular xilma-xil o‘tlar, liana, epifit, qisman daraxtsimon ko‘rinishda uchraydi. Daraxtsimon formalarini balandligi 25 metrgacha boradi.
Qirqquloqlarda sporafit gametofitdan ustunlik qiladi. Qirqquloqsimonlarning kelib chiqishi ham propteridofitlarga borib taqaladi. Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab quruqlikdagi barcha sporali yuksak o‘simliklarning qadimgi vakillari yashil suvo‘tlardan evolyusion jarayonda kelib chiqqan deb aytish mumkin. Ularning hayot siklida geteromorf jinssiz (diploid sporafit) va jinsiy (gaploid gametofit) nasllarning gallanishi ro‘y beradi.(29)
Jinsiy jarayon oogamniy bo‘lib, uni amalga oshishi uchun suv zarur. Bu esa gametofit hajmini cheklanishiga va ildizni rivojlanmasligiga olib kelgan. Nasllarning gallanishi hayot siklining murakkabligi na gametofitni, na sporafitni mukammallanishiga, mustaqil ravishda yangi naslni vujudga keltirishga imkon bermagan. Buning oqibatida keyingi evolyusion jarayon quruqlikda tarqalgan o‘simliklar urchishi ko‘payishni soddalashtirishga, gametofitni reduksiyalash yo‘nalishida borgan.
Yuksak sporali o‘simliklarning paleontologiyasi. 1859 yilda Kanadalik geolog Djeyms Doson devon davriga mansub yer qatlamidan noma’lum yuksak o‘simliklarning g‘aroyib qoldig‘ini topgan. Uning dixotomik shoxlangan tanasi bo‘lib, unda barglar rivojlanmagan. O‘tkazuvchi sistemasi sodda tuzilishga ega bo‘lgan. Topilgan o‘simlikning sporangiysi uning dixotomik shoxlarining uchlarida joylashgan. Mazkur qazilma holdagi o‘simlikka Doson psilofiton prinseps deb nom bergan. 1912 yili paleontologlar Shotlandiyada riniya turkumiga oid o‘simlikni qazilma holda topganlar. 1937 yilda paleobotanik U.Lang riniyalardan ham qadimgi vakilini yuqori silur davrida yashagan kuksoniya deb atalgan o‘simlikni topgan. Keyinchalik qayd etilgan o‘simlik qoldiqlari Chexoslavakiya, Markaziy Qozog‘iston, Nyu York shtatlaridan silur qatlamlaridan ham topilgan. Kuksoniyalar bundan 415 mln yillar muqaddam yashagan o‘simliklar ekanligini paleobotanik materiallar tasdiqlaydi.(2,9)
Savollar:

  1. Quruqlikda yashovchi sporali o‘simlik guruhlarini ayting.

  2. Sporali yuksak o‘simliklarning qaysi biri xona o‘simligi sifatida parvarish qilinadi?

  3. Sporali yuksak sporali o‘simliklarda nasllarning gallanishi qanday nomlanadi?

  4. Sporali yuksak o‘simliklarning qaysi xilida gametofit ustunlik qiladi?

  5. Sporali yuksak o‘simliklarning qaysi xillarida sporafit ustunlik qiladi?

  6. Sporali yuksak o‘simliklar hayot sikli bilan amfibiyalarning hayot siklini taqqoslang va xulosaga keling?

  7. Quruqlikda yashovchi sporali o‘simliklar qachon paydo bo‘lgan?

  8. Ular suvo‘tlarining qaysi vakillaridan kelib chiqqan?




Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin