Nizomiy nomidagi


Urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə19/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105
Nizomiy nomidagi

Urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi. Urug‘li o‘simliklarning avlod boshi urug‘li qirqquloqlar bo‘lib, yuqori devonda paydo bo‘lgan, toshko‘mir davrida avj olib rivojlangan, permda esa qirilib bitgan. Urug‘li qirqquloqlar baland, past poyali daraxtlar bo‘lib, ularning yirik barglari chetlarida urug‘ rivojlangan. Tashqi ko‘rinishidan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga o‘xshagan, lekin har xil bo‘lib urug‘dan ko‘paygan. Poya va ildizining anatomik tuzilishida qirqquloqlarga xos belgilar bilan ochiq urug‘lilardan sikadalarga o‘xshash ikkilamchi yo‘g‘onlashish xususiyati bo‘lgan.
Qadimgi ochiq urug‘lilarga ninabargli o‘simliklar, sagovniklar, bennettitlar kardoitlar, ginkgolar vakil hisoblanadi.(9)
Sagovniklar karbonni oxirida paydo bo‘lib, mezozoy erasining yura davrida avj olib rivojlangan. Ularning 130 ga yaqin turi hozirga qadar yetib kelgan. Sagovniklar tropik va subtropik o‘lkalarda tarqalgan. Doimiy yashil rangli, ikki uyli daraxt bo‘lib, bo‘yi 17-20 metrga qadar yetadi.
Poyaning eng uchki qismida patsimon barglar to‘plami bor. Sagovnik evolyusion jarayonda asosiy ildizga ega bo‘lgan birinchi o‘simlikdir. Yon ildizlar dixotomik shoxlangan. Ildizda sianobakteriyalar yashab, tugunaklarda atmosfera azotini o‘zlashtiradi.(1,3) Sporafillari bir jinsli, strobil qisqargan novda joylashgan yirik bo‘ladi. Uzunligi 1 metrgacha, boradi.(
Urug‘lanishi oddiy, lupasiz ham ko‘rib bo‘ladigan 3-5 mm li, ko‘p xivchinli spermatozoidlar orqali amaga oshadi. Urug‘ ham katta, uzunligi 3-4 sm, usti etli, hayvonlar yordamida tarqaladi.
Kardoitlar asosan mezozoy erasini o‘rtalarida qirilib bitgan qazilma holdagi daraxtsimon o‘simliklar. Ularning barglari ensiz, uzunligi bir metrgacha borgan. Poyasining anatomik tuzilishi xilma-xil bo‘lib, ayrimlari sagovniklarga o‘xshash po‘stloq va o‘zakdan, boshqalari ninabarglarniki singari yaxshi rivojlangan yog‘ochlikdan tuzilgan. Strobili ayrim jinsli, barg qo‘ltig‘idan chiqqan boshoqqa o‘xshagan. Kardoitlar urug‘li qirqquloqlardan kelib chiqqan, lekin sagovniklardan farqli ravishda nami kam yerlarda tarqalgan. Kardoitlarning keyingi vakillari mezofit, ginkgolar, kserofit ninabarglilarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan.
Ginkgolar perm davrida paydo bo‘lgan, mezozoy erasining o‘rtalarida avj olib rivojlangan, dinozavrlar bilan bir vaqtda yashagan, hozirga qadar avlod qoldirgan daraxt shaklidagi o‘simliklar. Muzlik davridan so‘ng ginkgolarning bir turi Ginkgo biloba faqat Xitoyda saqlangan.
Uning poyasini balandligi 40 metrgacha boradi, barglari yelpig‘ichsimon. Barglari bandli, plastinkasi dixotomik tomirli, har yili to‘kiladi. Ginkgo ikki uyli o‘simlik. Urg‘ochi daraxtlar urug‘langandan so‘ng shirador, yumshoq qobiqli urug‘ hosil bo‘ladi. Ular daraxtlarda bo‘lganda faqat urug‘kurtak deb atash joiz. Chunki chang ularga bahorda tushsa ham urug‘lanish kuzda ro‘y beradi. Murtak ikki urug‘ pallali yerga tushgach unadi. Gikgo generativ sporaning ba’zibir jihatlari bilan sagovniklarga qardosh, barg tuzilishiga ko‘ra qirqquloqsimonlarga, yog‘ochlik anatomiyasi bilan esa ninabarglilarga o‘xshaydi. Binobarin ginkgo o‘zining anatomik, morfologik va karpologik xossalariga ko‘ra hozirgi zamon ninabargli o‘simliklar orasida alohida turadi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin