Nizomiy nomidagi


-mavzu: Yopiq urug’li o‘simliklar filogeniyasi va kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə21/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
Nizomiy nomidagi

8-mavzu: Yopiq urug’li o‘simliklar filogeniyasi va kelib chiqishi.


Tayanch tushunchalar va bilimlar: Yopiq urug‘li o‘simliklarning tuzilishi, hayotiy formalari, gulning paydo bo‘lishi hamda evolyusion ahamiyati. Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi va filogeniyasi kelib chiqishi.

250 000 turdan tashkil topgan yopiq urug‘li o‘simliklar sayyoramizning xamma yeriga tarqalgan. Turlar soni bo‘yicha boshqa o‘simliklarnikiga qaraganda birinchi o‘rinda turadi. Tana tuzilishidagi eng progressiv tomoni, bu gulni hosil bo‘lishidir. Gul ham jinsiy ko‘payish funksiyasini o‘taydi. Gulning muhim qismi urug‘chi bo‘lib, u tarixiy jarayonda bir yoki bir necha megasporafillarning birikishidan hosil bo‘ladi. Urug‘chining pastki tomonida tuguncha joylashgan bo‘lib, u urug‘kurtakni himoyalashga yo‘nalgan. Urug‘chi ustunchasining yuqori qismida tumshuqcha o‘rin olgan. Uning funksiyasi chang donachalarini ushlab qolish va ularning o‘sishini rag‘barlantirishdan iborat. Tuxum hujayra urug‘langandan so‘ng tuguncha mevani hosil qiladi. Meva ichida esa urug‘kurtakdan rivojlangan urug‘ bo‘ladi. Shu sababli ham gulli o‘simliklar yopiq urug‘li o‘simliklar deb ataladi. Urug‘da xromosomalari diploid to‘plamli murtak, xromosomalari triploid bo‘lgan endosperm bo‘ladi. Yopiq urug‘li o‘simliklarning vegetativ organlarida xam muhim o‘zgarishlar kuzatiladi. Asosiy o‘zgarish o‘tkazuvchi sistemada ro‘y bergan. Ochiq urug‘lilarda o‘tkazuvchi to‘qimaning ksilemasi traxeid hujayralardan tashkil topgan bo‘lsa, yopiq urug‘lilarda u naylardan tuzilgan bo‘ladi. Bu esa suv va unda erigan mineral moddalarni barglarga yetkazib berishini tezlashtiradi.


Yopiq urug‘li o‘simliklarning filogeniyasi va kelib chiqishi. Darvin yashagan davrdan boshlab paleontolog olimlar yopiq urug‘li o‘simliklarning qazilma holdagi ajdodini topishga harakat qildilar. Lekin biror natijaga erisha olmadilar. Keyingi davrda urug‘li o‘simliklarning tabiiy guruhlari o‘rtasida filogenetik bog‘lanishlarni aniqlash orqali yopiq urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi haqida mulohaza yuritish o‘rinli bo‘ladi degan qarash botaniklar orasida tarqaldi.(26)
Shu sababli yopiq urug‘lilarni faraz qilingan ajdodini topishda olimlar yangi yo‘nalish ya’ni avvalo hozirgi va qadimgi davrlarda yashagan urug‘li o‘simliklar orasidagi filogenetik aloqalarni aniqlash va olingan dalillarga asoslanib yopiq urug‘lilarni ajdodi qachon qanday ko‘rinishda bo‘lganligi to‘g‘risida hukm chiqarish asosli degan xulosaga keldilar.(1-sxema)
Mazkur muammoni hal etishda keyingi vaqtda Amerikaning Filda va Chikago shaharlaridagi tabiiy tarix muzeyi olimi P.Kreyn xizmatlari diqqatga sazovor. Dastlab u urug‘li o‘simliklarning filogenetik aloqalarini aniqlash uchun qirqquloqlar, sagovnik va qarag‘ay ustida tadqiqot olib bordi va ularning uchchalasida ksilema traxeidlardan tashkil topganligini ma’lum qildi va unga asoslanib uzoq o‘tmishda bu uch guruh o‘simlik bir ajdod formadan kelib chiqqan degan xulosaga keldi. Keyingi tekshirishlar sagovniklar va qarag‘aylar urug‘i hamda tanasida yog‘ochlik (ikkilamchi ksilema) borligi, qirqquloqlarda ular uchramasligi e’tirof etildi. Modomiki shunday ekan u holda bu ikki o‘simlik guruhini umumiy ajdodi qirqquloqlar, sagovniklar, qarag‘aylarning umumiy ajdodidan ancha keyin yashagan degan xulosaga kelish mumkin.
To‘rt xil o‘simlik guruhlarida umumiy belgilar traxeid, urug‘ va qatronni uchrashligiga qarab tuzilgan sxema qaysi o‘simlik guruhi tarixiy jarayonda qachon paydo bo‘lganligini anglatadi.
Qarag‘aylar bilan duglasiyaga xos umumiy belgi bu barglarda qatron (smola)yo‘llari mavjudligidir. Agar bunday tahlilni boshqa yanigi o‘simliklarga ham tadbiq etsak, u holda ana shu o‘simliklarning quyi guruhlariga xos belgilar soni ortib boradi.(26)
Hozirgi davrdagi o‘simliklarning ajdod belgilariga qarab filogenetik tahlilga qadimgi davrlarda yashagan urug‘li o‘simliklarga doir ma’lumotlarni qo‘shsak yopiq urug‘li o‘simliklar evolyusiyasini aniqlash anchagina oson bo‘lardi.
Quyida berilgan 3-sxemada urug‘li o‘simliklar orasidagi taxmin qilinayotgan filogenetik aloqalarning ikki A va B sxemasi tasvirlangan. B sxemada hozirgi davrdagi va qazilma holda topilgan urug‘li o‘simliklar orasida qardoshlik aloqalar berilgan. Tabiiyki yangi topilgan qazilma holdagi o‘simliklar hisobiga mazkur sxema o‘zgarishi mumkin. Ammo bu sxemadagi hozirgi ko‘rinish ham yopiq urug‘lilarning urug‘li o‘simliklar orasidagi o‘rni to‘g‘risida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
O‘simliklar dunyosining turli guruhlari orasidagi filogenetik bog‘lanishlarga asoslangan xolda ularni tizimga solish respublika botanik olimlarning doimo diqqat markazida bo‘lgan.

bor. Ular orasidagi filogenetik bog‘lanishlarni o‘rganishga doir ilmiy tadqiqotlar XX-asrni 20-yillaridanoq G.S.Zaysev ishtirokida boshlangan, so‘ng F.M.Mauer tomonidan davom ettirilgan. O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab bu sohadagi tadqiqotlar respublika Fanlar Akademiyasining akademigi A.A.Abdullaev va uning shogirdlari tomonidan davom ettirilmoqda. Madaniy g‘o‘zalarni yovvoyi g‘o‘zalar hamda yovvoyi g‘o‘zalarni o‘zaro chatishtirishdan so‘ng ularning nasllarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha ko‘pchilik amerika g‘o‘za turlari avstraliya g‘o‘za turlari orasida filogenetik yaqinlik deyarli yo‘qligi Afrika-osiyo g‘o‘za turlari bo‘lmish xerbaseum bilan afrika g‘o‘zalari arboreum orasida qisman filogenetik yaqinlik borligi bir genom guruhga kiruvchi g‘o‘za turlari filogenetik jihatdan juda yaqinligi aniqlandi.(36)



Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin