Nizomiy nomidagi


G‘ovak tanlilarni tarixiy jarayonda kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə29/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
Nizomiy nomidagi

G‘ovak tanlilarni tarixiy jarayonda kelib chiqishi to‘g‘risida bir necha farazlar ilgari surilgan. Ba’zi olimlar g‘ovak tanlilar bevosita yoqali koloniya ko‘rinishdagi xivchinlilardan kelib chiqqan desa, boshqalari g‘ovak tanlilar bo‘shliqichlilarga yaqin, ayniqsa ularning lichinkalari o‘xshash, binobarin ularning har ikkisi umumiy ajdoddan kelib chiqqan deydilar.
Hozirgi vaqtda g‘ovak tanlilarning kelib chiqishi haqidagi eng asosli faraz bu fagotsitelladir, chunki g‘ovak tanlilarni lichinkasi bo‘lmish parenximula fagotsitella va tuzilishi bo‘yicha unga nihoyatda yaqin trixoplaks qadimgi ibtidoiy ko‘p hujayrali hayvonlarning tirik modeli sanaladi.
Olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha dastlabki kinoblast g‘ovak tanlilarda differensiyalashib xoanotsit va pinokotsitlarga, fagotsitoblast esa mezogleyadagi fagotsitlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Binobarin ushbu konsepsiyaga muvofiq mezogleyadagi fagotsitoblast kinoblast (xoanotsitlar va pinakotsitlar) bilan qoplangan. Mazkur holat g‘ovak tanlilarni fagotsitellasimonlarga yaqinligini tasdiqlaydi, chunki ularning tanasi kinoblast va fagotsitoblastdan tuzilgan.
Bo‘shliqichlilar va ularning filogeniyasi, kelib chiqishi
Bo‘shliqichlilar asosan dengiz, qisman chuchuk suv hayvonlardir. Ularning vakillari kolonial gidroidpoliplar va meduzalar. Bular bo‘shliqichlilarni tipining tuban formalari. Gidraning tana uzunligi 5–7 mm, pastki tomoni bilan substratga yopishadi. Uning qarama-qarshi tomonida og‘iz, uning atrofida 5-12 paypaslagichlari joylashgan. Gidraning tanasi ektoderma va endodermadan iborat. Ular orasida bazal membrana joylashgan. Ektoderma epitelial – muskul hujayralardan tashkil topgan. Bazal membranasining asosiy funksiyasi gidra tanasini qisqarishi va cho‘zilishini hosil etishdan iborat. Ektoderma qavatda otiluvchi hujayralar bor. Ular ayniqsa paypaslagichlarida ko‘p. Otiluvchi hujayralar noksimon ko‘rinishda bo‘lib, ichida kuydiruvchi yirik kapsula joylashgan. Kuydiruvchi hujayraning tashqi sathida suzuvchi tuklar bor. Paypaslagichlari yonidan suzib o‘tayotgan hayvon otiluvchi tukchalarga tegib ketsa kapsuladagi tola otilib chiqib uning terisiga yopishadi, modda uni zaharlaydi yoki o‘ldiradi.
Ektodermada uzun o‘simtali yulduzsimon kam sonli nerv hujayralari bo‘lib, bir-biriga yaqin joylashgan nerv hujayralarining o‘simtalari tutashib nerv to‘rini hosil qiladi.
Bunday nerv sistema ko‘p hujayrali hayvonlarning eng ibtidoiy nerv sistema formasi sanaladi
Gidraning entoderma qavatida muskul, hazm va bez hujayrali uchraydi. Muskul hujayralari xivchin va soxta oyoqli – pseydopiyli bo‘lib, ozuqa bo‘laklarini tutishga moslashgan. Paypaslagichlar orqali og‘izga kirgan ozuqa avval ichki bo‘shliqda hazm bo‘ladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin