Nizomiy nomidagi


Kiprikli chuvalchanglarning filogeniyasi va kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə32/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105
Nizomiy nomidagi

Kiprikli chuvalchanglarning filogeniyasi va kelib chiqishi to‘g‘risida olimlardan Lang, V.N.Beklemishev, A.V.Ivanov, Xadji farazlari bor. Lang farazi bo‘yicha kiprikli chuvalchanglar orasida eng soddasi ko‘pshoxlilar bo‘lib, go‘yo Radiataning radial simmetriyasini saqlab qolgan.
Radiatalardan sudraluvchi taroqlilar radial simmetriya bilan bilateral hayvonlarni belgisini o‘zida mujassamlashtirgan. Taroqlilar bilan ko‘pshoxli kiprikli chuvalchanglarning o‘xshashligi kiprikli epiteliy, o‘rta ichagi radial shoxlangan hazm sistemasini hamda miya ganliyasi tepasida statitsistoni borligidir. Kiprikli chuvalchanglar va taroqlilarning embrional rivojlanishini o‘rganish Lang farazini noto‘g‘riligini ko‘rsatadi. Ma’lum bo‘lishicha ko‘p shoxlilar kiprikli chuvalchanglarning rivojlangani. Soddasi esa ichaksizlar hisoblanadi. Kiprikli chuvalchanglarning kelib chiqishi to‘g‘risida ikkinsi faraz Graffga tegishli keyinchalik V.N. Beklemishev tomonidan quvvatlagan. Mazkur farazga binoan dastlabki kiprikli chuvalchanglar ichaksizlar bo‘lib, ular Radiataning planulasimon ajdodidan kelib chiqqan. Biroq ichaksiz kiprikli chuvalchanglarning ichak bo‘shlig‘i murakkab bo‘shliqichlilardan va taroqlilardan kelib chiqqan deyish amri mahol. Shu sababli ushbu faraz mualliflari Radiataning ajdodlarini lichinkasi neoteniyani o‘z boshidan kechirgan, natijada ulardan kelib chiqqan kiprikli chuvalchanglarda ichak bo‘lmagan, lekin hozirgi davrdagi bo‘shliqichlilarning lichinkasi oziqlanmaydi hamda soddalashmagan. Mabodo yassi chuvalchanglar planulasimonlardan kelib chiqqan deyilsa, u holda Radiata Bilateria tomon regress bo‘lgan deyish mumkin, deb qayd qiladilar.(32)
Kiprikli chuvalchanglar – turbellyariylarning fagotsitellasimon ajdoddan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi asosli faraz A.V. Ivanovga tegishli. Ushbu farazga ko‘ra Radiata – nurlilar va Bilaterialarning har qaysisi mustaqil ravishda fagotsitellasimon ajdoddan kelib chiqqan. Fagotsitellaning hozirgi vaqtdagi vakili trixoplaksning ko‘rinishi kiprikli chuvalchanglarning ichaksizlariga kiprik qoplami hamda parenxamotoznosligi bilan o‘xshash. Kiprikli chuvalchanglarning kelib chiqishidagi aromorfoz shundan iboratki, fagotsitellasimon ajdodning parenximasi funksiyalanish bo‘yicha ikki qatlam: ichki fagotsitoblast va mezodermal parenximaga ajralgan. Fagotsitoblast hujayra ichida hazm qilish, mezodermal parenxima esa tayanch funksiyasini o‘tagan. Yuksak planariylar mezodermasida muskul shakllangan bo‘lsa, fagotsitoblastni tanaga botishi, og‘izni tanani ostki tomonida hosil bo‘lishiga olib kelgan. Bu o‘z navbatida bilateral simmetriyali tanani hosil etgan. Binobarin ushbu faraz qiyinchiliksiz ichaksiz kiprikli yassi chuvalchanglar tuzilishining soddaligini, shu bilan birgalikda fagotsitellalarga qaraganda yuksakligini tushuntiradi. Demak Radiata bilan Bilaterialarni evolyusion jarayonda ixtisoslanishi har xil yo‘nalishda borgan. Modomiki shunday ekan taroqlilar va kiprikli chuvalchanglardan ko‘p shoxlilar Radiata bilan Bilaterialarning har xil yo‘nalishli evolyusiyada paydo bo‘lgan eng ixtisoslashgan guruh sanaladi. Shu tufayli ular bevosita o‘zaro qarindosh bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Ichaksiz kiprikli yassi chuvalchanglar evolyusiyasi tana tuzilishini hazm qilish, nerv, ajratuvchi va jinsiy organlarni murakkablantirish yo‘nalishida borgan.
Tasmasimon chuvalchanglarning teri-muskul xaltasi, yassi chuvalchanglarning parazit hayot kechiruvchi vakillarini tana tuzilishi ko‘proq to‘g‘ri ichaklilarnikiga o‘xshash. Bu esa parazit hayot kechiruvchi yassi chuvalchanglarning kelib chiqishini tushuntirishda to‘g‘ri ichaklilarni evolyusion ahamiyati borligidan dalolat beradi.
Professor O. Mavlonov ta’kidlashicha (15) qadimgi to‘g‘ri ichaklilar-ning evolyusiyasi uch xil yo‘nalishda borgan. Evolyusiyaning birinchi yo‘nalishi natijasida hozirgi to‘g‘ri ichaklilar kelib chiqqan. Evolyusion yo‘nalishning qolgan ikkitasida parazit yassi chuvalchanglar paydo bo‘lgan. Erkin hayot kechiruvchi hayvonlarning parazitlikka o‘tishi har xil yo‘nalishda borgan. Bu jihatdan “kvartirantlik” deb ataladigan simbioz diqqatga sazovor. Simbiozning bu xilida kichikroq hayvon yirikroq hayvon tanasidan pana joy sifatida foydalanadi. Hozirgi vaqtda yashayotgan monogeneyalarning kiprikli chuvalchanglarga o‘xshash ajdodi qadimda baliqlar jabrasi, teri yoki suzgichlariga yopishib, dastlab yuqoridan bu joyga tushadigan yoki baliq tanasidan ajraladigan shilimshiq modda bilan oziqlangan “kvartirant” bo‘lgan. Keyinchalik yillar o‘tishi bilan mazkur “kvartirant” xo‘jayin – baliq tanasini jarohatlab, o‘ziga bitmas-tuganmas ozuqa topib asta-sekin qon, xo‘jayin tana to‘qimasi bilan oziqlanib parazitga aylangan. Binobarin qadimgi monogeneyalarni parazitlikka o‘tishi tog‘ayli baliqlarning paydo bo‘lishi bilan aloqador. Monogeneyalar evolyusiyasining dastlabki yo‘nalishi parazitni xo‘jayin bilan bog‘lanishini mustahkamlashga yordam beradigan yopishuv diskini mukammallanishuviga qaratilgan.
Halqali chuvalchanglar tuzilishi yuksak bo‘lib, gavdasi bosh, bo‘g‘imlarga bo‘lingan tana keyingi anal bo‘limlardan iborat. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘iga ega, hazm sistemasi yaxshi rivojlangan. Qon aylanish sistemasi tutash, yaxshi taraqqiy qilgan. Har bir bo‘g‘imda bir juftdan metanefridiylardan tashkil topgan ayirish sistemasi bor. Markaziy nerv sistemasi bir juftdan bosh va halqum osti nerv gangliylari, halqum atrofi nerv halqasi hamda qorin nerv zanjiridan tashkil topgan. Ko‘pchilik tubanlari ayrim jinsli, lichinkasi troxofora.
Halqali chuvalchanglar bo‘limi ko‘p tuklilar-belbog‘sizlar va kam tuklilar-belbog‘lilar va zuluklar sinflariga ajraladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin