Nizomiy nomidagi


Halqali chuvalchanglarning filogeniyasi va kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə34/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Nizomiy nomidagi

Halqali chuvalchanglarning filogeniyasi va kelib chiqishi. Halqali chuvalchanglarning har xil sinflarida ba’zi bir dastlabki morfologik organlar rivojlangan. Ana shunday ibtidoiy morfologik organlarga: tanani birlamchi bo‘shlig‘i, ayirish sistemani protonefridiy tipda bo‘lishi, lichinkalar tanasini halqalarga bo‘linmaganligi, kipriklar yordamida harakatlanishi, qon aylanish sistemasining bo‘lmasligi kabi ibtidoiy tuzilishdagi organlarni uchrashligi halqali chuvalchanglarni tuban tuzilishdagi chuvalchanglarga qardoshligini ko‘rsatadi.
Birlamchi halqalilarda hamda ko‘p tuklilarning ibtidoiy formalarida tananing ikkilamchi bo‘shlig‘i, qon aylanish sistemasi ko‘pincha bo‘lmaydi, lekin birlamchi tana bo‘shlig‘i, protonefridiylar rivojlangan. Ortogonalga yaqin nerv sistemasi annelidlarning lichinkasi troxoforada kuzatiladi. Troxofora rivojlanishining dastlabki davrida ichaklari xuddi yassi chuvalchanglarnikiga o‘xshash yopiq holatda bo‘ladi.
Taxmin qilinishicha halqali chuvalchanglarning dastlabki ajdodi kam tukli, halqasiz, selomi yaxlit, kipriklar yordamida harakatlanadigan mayda chuvalchang bo‘lgan. Hozirgi davrda yashayotgan halqali chuvalchanglardan taxmin qilinayotgan ajdod chuvalchangga eng qadimgi halqali chuvalchang Dinophilus va ko‘p tukli chuvalchanglar lichinkasi metatroxofora tuzilishi jihatidan juda yaqin turadi. Zoolog olimlar orasida keng tarqalgan mulohazaga binoan halqali chuvalchanglarning kelib chiqishi quyidagicha bo‘lgan. Dastlabki ajdod halqali chuvalchangning evolyusion rivojlanishi bir necha yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish tanani ko‘p segmentli, yirik muskulli harakatlanishini rivojlanishiga qaratilgan bo‘lib, bu jarayonning ilk bosqichida birlamchi tuklilar, so‘nggi bosqichida ko‘p tukli chuvalchanglar alohidalashgan. Ko‘p tukli chuvalchanglarning tanasidagi mukammal metameriya, ularning xilma-xil jarayonda yashashga imkon bergan.
Halqali chuvalchanglar evolyusion taraqqiyotini ikkinchi yo‘nalishi metamerasiz tuzilishni saqlashga, kam harakatlanishga va dengiz ostida harakatsiz hayot kechirishga moslashish tarzida bo‘lib, exiurid hamda sipunkuli sinflarini shakllanishiga olib kelgan. Lekin bu ikki sinf har xil metamorfozsiz ajdodlardan kelib chiqqan. Shu sababli ular orasidagi o‘xshashlik (xartumli xaltasimon tana) konvergent o‘zgaruvchanlilik xalos.
Halqali chuvalchanglarning ekologik radiatsiya markazi shubhasiz dengiz muhiti bo‘lgan. Chunki dengizda halqali chuvalchanglarning ko‘pchilik turli-tuman formalari yashaydi. Dengiz ostida o‘rmalab harakatlanuvchi bunday chuvalchanglar keyinchalik uch yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashganlar. Ko‘p tuklilarning bir xili tuproq ichida, boshqa xillari suvda suzish, uchinchi yo‘nalish esa o‘troq hayot kechirishga moslashishga qaratilgan. Halqali chuvalchanglarning tuproq ichida yashashga moslashganlar kam tukli halqali chuvalchanglar, suvda yashashga moslashganlaridan esa qumchuvalchang kelib chiqishiga olib kelgan. Chuchuk suvda yashovchi kam tuklilardan chamasi suzuvchi yirtqich chuvalchanglar va ektoparazit zuluklar tarqalgan bo‘lishi mumkin.
Halqali chuvalchanglar orasida ko‘p tukli chuvalchanglar markaziy o‘rinni egallaydi. Chuchuk suvda yashovchi ko‘p tuklilarni hali ixtisoslashga o‘tmagan vakillarini tuproqda yashashga moslanishi natijasida kam tuklilar, ulardan esa zuluklar kelib chiqqan.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin