Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə31/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Nizomiy nomidagi

Savollar:

  1. Nima uchun g‘ovak tanlilar ko‘p hujayralilarning tuban vakili hisoblanadi?

  2. G‘ovak tanlilar tana tuzilishini tushuntiring.

  3. G‘ovak tanlilarning kelib chiqishini sharhlang.

  4. Bo‘shliqichlilarga qaysi hayvon misol bo‘ladi?

  5. Bo‘shliqichlilarning tanasi qanday qavatlardan tashkil topgan?

  6. Bo‘shliqichlilarning g‘ovak tanlilarga nisbatan progressiv tomonlari nimalardan iborat.

  7. Ovqat g‘ovak tanlilar va bo‘shliqichlilarning qaerida hazm bo‘ladi?

  8. Taroqlilarning bo‘shliqichlilarga o‘xshashlik tomonlarini bilasizmi?

  9. Taroqlilar bo‘shliqichlilardan nimasi bilan farqlanadi?

  10. Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi E.Gekkel nazariyasini yoriting.

  11. Ko‘p hujayralilar paydo bo‘lishi haqidagi I.I.Mechnikov nazariyasini tushuntiring.

  12. Fagotsitella nazariyasiga L.Zaxvatkin kiritgan yangiliklar nimalardan iborat?

  13. Trixoplaks qanday hayvon?



12-Mavzu: Yassi va xalqali chuvalchanglar.
Reja
1. Yassi chuvalchanglar, ularning filogeniyasi va kelib chiqishi
2. Xalqali chuvalchanglar, ularning filogeniyasi va kelib chiqishi


Tayanch tushunchalar va bilimlar: Yassi chuvalchanglarning tana tuzilishi. Kiprikli chuvalchanglar. So‘rg‘ichlilar, monogeneyalar, tasmasimon chuvalchanglar, sestodalar. Yassi chuvalchanglar filogeniyasi va kelib chiqishi. Halqali chuvalchanglar tuzilishining o‘ziga xosligi. Belbog‘sizlar va belbog‘lilar kenja bo‘limlari. Ko‘p tuklilar, kam tuklilar, zuluklar, yexiuridlar sipunkulidlar sinflari. Halqali chuvalchanglar filogeniyasi va kelib chiqishi.


Yassi chuvalchanglar, ularning filogeniyasi va kelib chiqishi
Yassi chuvalchanglar eng tuban tuzilgan bilaterial simmetriyali uch murtak varaqli hayvonlardir. Tana bo‘shlig‘i bo‘lmay, ichki organlar atrofi g‘ovak biriktiruvchi to‘qima parenximadan iborat. Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi ichak – halqum va o‘rta ichakdan tashkil topgan. O‘rta ichak va orqa chiqaruv teshigi bo‘lmaydi. Nerv sistemasi bir juft oldingi gangliylar va ularda orqaga ketuvchi nerv stvollardan tuzilgan.
Ayirish sistemasi protonefridiy tipida. Qon aylanish va nafas olish sistemalari rivojlanmagan.
Yassi chuvalchanglar tipiga kiprikli chuvalchanglar, so‘rg‘ichlilar, monogeneyalar, tasmasimon chuvalchanglar hamda sestodsimonlar kiradi.
Kiprikli chuvalchanglar tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan. Hazm qilish sistemasi halqumdan va uchi berk o‘rta ichakdan tuzilgan. Hazm bo‘lmagan ozuqa qoldiqlari og‘iz orqali chiqarib yuboriladi. Maxsus ayirish sistemasi birinsi marta kiprikli chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. U ikkita yoki bir necha naylar, ko‘p naychalardan iborat. Sodda tuzilgan ichaksiz kiprikli chuvalchanglarda maxsus ayirish organi rivojlanmagan. Shu sababli ayirish mahsulotlari harakatchan amyobatsit orqali tanadan chiqarib yuboriladi.
Nerv sistemasi ayrim ichaksiz kipriklarda bo‘shliqichlilarnikiga o‘xshash diffuz joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Nerv sistemasi barcha yassi chuvalchanglarda ortogen tipida.
Kiprikli chuvalchanglar nerv stvollarini soni 5-6 juftdan 1-3 juftgacha qisqargan – ya’ni oligomerizatsiya sodir bo‘lgan. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan.(31-rasm)
Germafrodit. Erkaklik jinsiy sistema urug‘ chiqaruvchi naychalar, bir juft urug‘ yo‘lidan, bir urug‘ nayidan, quyikish organidan tashkil topgan. U kloakaga ochiladi. Urg‘ochilik jinsiy sistemasi 1, 2 yoki ko‘p sonli tuxumdan, jinsiy qin va ko‘p sariqdonlardan iborat. Ichaksiz kiprikli chuvalchanglarning jinsiy bezlari rivojlanmagan. Ko‘pchilik kiprikli chuvalchanglar jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi.
Kiprikli chuvalchanglar ichaksizlar turkumi tuban tuzilgan dengizda yashovchi mayda bo‘lib, ichagi, protonefriyalari bo‘lmaydi, nerv, jinsiy organi sodda tuzilgan. To‘g‘ri ichaklilar turkum vakillari chuchuk suv, dengiz va quruqlikda uchraydi. Ayrim turlari mollyuskalar va boshqa umurtqasizlarda parazitlik qiladi. Uch shoxli yoki planariyalar turkumi yirik 30 sm ga boradi. Chuchuk suv, ba’zan quruqlik va dengizda hayot kechiradi. Ko‘p shoxlilar tanasi yirik (15 sm) bargsimon dengizlarda yashaydi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin