O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM BIOLOGIYA YO’NALISHI Umurtqali hayvonlar zoologiyasi fanidan KURS ISHI Mavzu: Xordalilar tipi vakillarining kelib chiqishi va filogeniyasi Bajardi: Biologiya yo’nalishi
II bosqich 902 guruh talabasi
Erkaboyeva Lobar Ilmiy rahbar: Sh.Mixliyeva
Jizzax-2023
Mundarija: Kirish………………………………………………………….3 I bob. Xordalilar tipining umumiy tavsifi Xordalilar tipining umumiy tavsifi …................................4
Xordalilar tipi vakillarining kelib chiqishi…………..…....6
Xordalilar tipi sistematikasi………………………….....10
II bob. Xordalilar tipi vakillarining kelib chiqishi va filogeniyasi: Lichinka xordalilar (urochordata) yoki Qobiqlilar (tunicata) kenja tipi misolida 2.1 Xordalilar tipining ahamiyati……………………….…....13
2.2 Lichinka xordalilar (urochordata) yoki Qobiqlilar (tunicata) kenja tipi....................................................................................18
2.3 Lichinka xordalilar yoki qobiqlilar (pardalilar) kenja tipi klassifikatsiyasi……………………………………………….19
Xulosa…………………………………………………………26
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….27
Kirish Sistematik jihatdan umurtqali hayvonlar xordalilar tipining kenja tiplaridan biri hisoblansada, umurtqalilar zoologiyasi kursida bu tipga mansub barcha hayvonlar o'rganiladi. Xordalilar tayanch o‘q skeleti — xordasi tanasining orqa tomoni bo‘ylab joylashgan hayvonlardir. Xordalilar tipi turlari umurtqasiz hayvonlarga nisbatan ancha karn bo‘lsa-da, gavdasining yirik bo‘lishi, individlarning murakkab va xilmaxil tuzilganligi, fiziologik va ekologik xususiyatlarining turli-tumanligi bilan ulardan keskin farq qiladi. Xordalilar inson hayoti va faoliyatida beqiyos katta ahamiyatga ega. Yovvoyi umurtqali hayvonlar go‘shti, terisi, mo'ynasi, yog‘i uchun va boshqa maqsadlarda ovlanadi. Yovvoyi umurtqali hayvonlardan uy hayvonlari zotlarini yaxshilash, mahsuldor hayvonlar zotlarini chiqarish maqsadida ham foydalaniladi. Shuning uchun noyob va yo‘qolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlarini muhofaza qilish orqali ularni saqlab qolish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, uy hayvonlarining deyarli barchasi xordalilar tipiga kiradi. Uy hayvonlari inson uchun sifatli oziq-ovqat manbayi; ularning mo‘ynasi, terisi va juni esa yengil sanoat uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Odamlar qadim zamonlardan boshlab itlardan qo'riqchi; ot, eshak, tuya, fil va boshqa sutemizuvchilardan transport vositasi, ishchi hayvon sifatida va sport musobaqalarida foydalanib kelishgan. Bir qator umurtqali hayvonlar ustida inson hayoti va sog‘ligi uchun nihoyatda muhim bo'lgan tadqiqotlar o‘tkaziladi. Nihoyat, umurtqali hayvonlarning tuzilishi va hayotini o'rganish ekologiya, genetika, sistematika, qiyosiy anatomiya, fiziologiya, biogeografiya, evolutsion ta’limot va boshqa fanlarning kо‘p lab muammolarini tushunib olishga va yechimini topishga yordam beradi.