Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Xordalilar (chordata) tipining umumiy tavsifi



Yüklə 134,6 Kb.
səhifə2/8
tarix15.06.2023
ölçüsü134,6 Kb.
#130629
1   2   3   4   5   6   7   8
lobar kursovoy

Xordalilar (chordata) tipining umumiy tavsifi

Umumiy tavsifi. Xordalilar tipiga tashqi ko‘rinishi, yashash sharoiti va hayot tarzi har xil bo'lgan hayvonlar kiradi. Xordalilar, asosan barcha muhitlarda, ya’ni suvda, tuproq qatlamlarida, yer ustida va hatto havoda ham uchraydi. Geografik nuqtayi nazardan ular yer sharining deyarli hamma qit’alarida tarqalgan. Xordalilarning o'lchamlari ham xilma-xil, ya’ni ularning uzunligi 0,5—3 mm dan 30—33 m gacha va og‘irligi 150 t gacha boradi.1
Xordalilar tipiga mansub bo‘lgan hayvonlar nihoyatda xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, ular uchun umumiy bo‘lgan quyidagi xususiyatlar mavjud:
1. Skeleti vazifasini umrbod yoki rivojlanishining ilk davrida xorda yoki orqa tori bajaradi. Xorda elastik egiluvchan o‘zaklardan hamda vakuola hujayralaridan tashkil topgan. Xorda orqa tomonidan gavdasining bir uchidan ikkinchi uchigacha cho‘ziladi. Xorda, asosan ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entoderma hisobidan taraqqiy etadi. Tuban xordalilarda (assidiyalar va salplardan tashqari) xorda umrbod saqlanadi, yuksak xordalilarda esa xorda faqat embrional rivojlamsh davrida bo‘ladi va keyinchalik xorda va nerv nayini o‘rab turadigan biriktiruvchi to'qimalardan tog‘ay yoki suyak umurtqalar hosil bo‘ladi.
2. Markaziy nerv sistemasi (bosh miya va orqa miya) xordaning ustida tana bo‘ylab joylashgan bo‘lib, shaklan nayga o'xshaydi, uning ichki bo‘shlig‘i nevrotsel deyiladi. Yuksak xordalilarda nerv nayining oldingi qismida murakkab o‘zgarishlar va yo‘g‘onlashuv tufayli bosh miya shakllanadi, nerv nayining qolgan qismlari esa orqa miyani hosil qiladi. Embrional rivojlanish davrida nerv nayi embrionning orqa tomonida uzunasiga ketgan botiq shaklida hosil bo'ladi, ya’ni ektodermadan yuzaga keladi.
3. Halqum devorining ikki yonida qator o ‘rnashgan va halqum bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari bo‘ladi. Tuban xordalilarda jabra yoriqlari bir umrga saqlanadi. Quruqlikda 6 yashaydigan va ikkilamchi marta suv muhitiga o‘tgan umurtqali hayvonlarda jabra yoriqlari faqat embrion davrida bo'lib, tezda bitib ketadi. Natijada halqumning keyingi qorin qismidan juft bo‘rtma, ya’ni atmosfera havosi bilan nafas oluvchi organ — o‘pka rivojlanadi. Hazm qilish organlari xorda yoki umurqalarning ostida joylashgan. Qon aylanish sistemasini boshqarib turuvchi organ — yurak xordalilar gavdasining qorin tomonida, xorda va hazm qilish nayining ostida joylashadi.i
Yuqorida aytilgan belgilar bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi belgilar ham xarakterlidir, lekin bu belgilar boshqa ba’zi bir umurtqasiz hayvonlar tiplarida ham uchraydi:
1. Xordalilar, ninaterililar, chala xordalilar, pogonoforalar va qiljag'li chuvalchanglar ikkilamchi og‘izlilar (Deuterostomia)ga kiritiladi va birlamchi og‘izlilar (Prostomia) guruhiga qarshi qo‘yiladi. Ikkilamchi og'iz gastrulaning gastropor teshigiga qarama-qarshi tomon devorining yorilishidan hosil bo'ladi. Bitayotgan gastropor o'rnida esa anal teshigi hosil bo'ladi. Birlamchi og'izlilarda esa gastropor o‘rnida og‘iz teshigi hosil bo‘ladi, orqa chiqaruv teshigi esa gastrula devorining o‘pirilishi natijasida hosil bo'ladi.
2. Embrion taraqqiyot jarayonida ikkilamchi tana bo‘shlig‘i — selom hosil bo'ladi, bu belgi xordalilardan tashqari ninaterililar, qiljag'lilar, yelkaoyoqlilar, bo‘g‘imoyoqlifar va halqali chuvalchanglar uchun ham xosdir.
3. Yuksak xordalilarning embrionlarida, tuban xordalilarda, bo'g'imoyoqlilarda va ko‘pchilik chuvalchanglarda asosiy organlar sistemasining periferik nerv sistemasi, muskullar, skelet, ayirish sistemasining metamer (segmentli) ravishdajoylashuvi xarakterlidif. Yuksak xordalilarda metameriya deyarli bilinmaydi.
4. Xordalilar va ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlarning (g'ovaktanlilar va bo‘shliqichlilardan tashqari) gavdasi ikki tomonlama — bilaterial simmetriyali tuzilgan, ya’ni gavdasini chap va o‘ng boiaklarga ajratadigan faqat bitta yuza o‘tkazish mumkin.




    1. Yüklə 134,6 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin