Nizomiy nomidagi


Boshoyoqli mollyuskalarning paleontologiyasi va filogeniyasi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə39/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Nizomiy nomidagi

Boshoyoqli mollyuskalarning paleontologiyasi va filogeniyasi. Boshoyoqli mollyuskalarning eng qadimgi nusxasi nautilid bo‘lib, uning qazilma holdagi chig‘anog‘i kembriy davrining qatlamlaridan topilgan. Tarixiy jarayonda nautilidlar bir necha davr avj olib rivojlangan. Keyinchalik sonini kamayishi ro‘y bergan va bizgacha faqat bir avlodi yetib kelgan.
Devon davrida nautilidlar bilan bir vaqtda boshoyoqli mollyuskalarning alohida guruhi baktritlar paydo bo‘lgan. Ular nautilidlarga nisbatan kichik va kam ixtisoslashgan. Taxmin qilinishicha boshoyoqli mollyuskalarning bu guruhi nautilidlar bilan birga noma’lum umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Baktritlar juda istiqbolli bo‘lib, ammonit va belemnit boshoyoqli mollyuskalarni avlod boshi sanaladi. Ammonitlar devon davrida paydo bo‘lib, bo‘r davrining oxirida qirilib ketgan. Ular gurkirab rivojlangan davrda kam sonli nautilidlar bilan qizg‘in raqobatda bo‘lganlar. Ammo ammonitlarning chig‘anoqlari anchagina mukammal, nautilidlarnikiga nisbatan yengil va mustahkam bo‘lgan. Paleontologiya ma’lumotlariga ko‘ra ammonitlar ekologik jihatdan nautilidlarga qaraganda nihoyatda xilma-xil bo‘lganlar. Ular orasida suv oqimiga qarshi suzadigan, bentos va plankton formalr uchragan. Ko‘pchilik ammonitlarning tanasi unchalik yirik bo‘lmasada, chig‘anoq diametri 2 metrga boradiganlari ham bo‘lgan.
Mezazoy erasidagi dengizlarda yashaydigan hayvonlarning eng ko‘pini ammonitlar tashkil etgan. Evolyusion jarayonda baktritlardan hosil bo‘lgan boshoyoqli mollyuskalarning ikkinchi shahobchasi belemnitlar hisoblanadi. Ular triasda paydo bo‘lib, bo‘r davrida avj olib rivojlangan va kaynozoy erasining boshlarida qirilib ketgan. Tana shakliga ko‘ra belemnitlar hozirgi kalmarlarni eslatganlar. Lekin belemnitlar ammonitlardan chig‘anoqlarini og‘irligi bilan farqlanganlar. Ba’zi belemnitlar juda yirik bo‘lib, uzunligi bir necha metrga cho‘zilgan. Ammonitlar va belemnitlarning yoppasiga qirilishiga asosiy sabab, ular bilan suyakli baliqlar o‘rtasida keskin raqobat ro‘y bergan. Kaynozoy erasida chig‘anoqsiz reaktiv harakatlanuvchi murakkab tuzilgan nerv sistema va suzish organlariga ega, xatto yirtqich baliqlar bilan ham raqobatlasha oladigan koleoidiy boshoyoqli mollyuskalar paydo bo‘lgan. Koleoidiylar bilan belemnitlar bir tarmoqdan kelib chiqqanligiga asos bor.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin