Nizomiy nomidagi


Ikki pallali mollyuskalarning filogeniyasi kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə38/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
Nizomiy nomidagi

Ikki pallali mollyuskalarning filogeniyasi kelib chiqishi. Plastinka jabrali mollyuskalar butun chig‘anoqli mollyuskalardan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Bunday formalarning toshloq joylardan yumshoq substratga yashashga o‘tishi tanani yonbosh tomondan himoya qilish zarurligini keltirib chiqargan, hamda chig‘anoqni bukilishiga va nihoyat ikkiga bo‘linishiga olib kelgan. Qadimgi ikki pallalilarning hozirgi davr mollyuskalarga o‘tishi boshni reduksiyasi, keyingi yopuvchi muskul hamda og‘iz parragini hosil etgan. Keyinchalik “qulf” paydo bo‘lgan.
Boshoyoqli mollyuskalar dengizlarda erkin suzib yuradigan yoki o‘rmalaydigan yirik yirtqich hayvonlardir. Ularning chig‘anog‘i reduksiyaga uchragan bo‘lib, faqat mantiya ostida saqlanib qolgan. Tanasi bosh va gavdadan iborat. Paypaslagichlar, “qo‘llarga” aylangan oyog‘i boshda joylashib, og‘izni o‘rab turadi. Qadimgi boshoyoqlilar – nautilisning paypaslagichlari chuvalchangsimon shaklda. Boshoyoqlilar tanasini mantiya qoplab turadi. Tog‘aydan tuzilgan ichki “skeleti” ham bor. U halqa shaklida markaziy nerv sistemasini o‘rab turadi
Hazm qilish organi og‘iz, muskulli halqum, undagi qirg‘ich ikki shoxsimon jag‘, so‘lak bezlari, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka, orqa ichak, jigardan tuzilgan.
Nafas olish sistemasi 2 yoki 4 ta patsimon jabralardan iborat.
Qon aylanish sistemasi bitta qorincha, ikki yoki to‘rt bo‘lmachadan: yurak, aorta, qon tomirlar kapillyarlardan tuzilgan. Qon aylanish yopiq, qon misga boy.
Ayirish sistemasi ikki yoki to‘rtta buyrakdan tashkil topgan. Nerv gangliylarning juda yirik, serebral, visseral nerv tugunlari, pedal va voronkasimon gangliyalarini qayd etish kerak.
Boshoyoqli mollyuskalarning markaziy nerv sistemasi halqum atrofi nerv sistemasi halqum atrofi nerv massasidan tuzilgan. undan ikki yirik mantiya nerv stvoli chiqadi. Mazkur nervlar mantiyaning ichki yuzasida ikkita yirik yulduzsimon gangliyni hosil qiladi.
Sezgi organlari juda yaxshi rivojlangan. Hid bilish organlari jabralarning asosida joylashgan osfradiylar yoki ko‘zlarning ostida joylashgan mayda hid bilish chuqurchalaridan iborat.
Ko‘zlari ikkita yirik yopiq pufak shaklida ko‘z chuqurchasi ichida joylashgan. Ko‘z chuqurchasining ichki devori to‘r qavat hosil qiladi.
Hid bilish organi bor. Ko‘zlari murakkab, unda to‘r parda, kamalak parda, qorachiq ko‘z gavhari rivojlangan.
Boshoyoqlilar ayrim jinsli. Erkaklarida kopulyativ organ rivojlangan. Jinsiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Jinsiy bezlar toq yoki juft (nautilis, sakkizoyoqlilar).
Embrional rivojlanishi tuxum ichida ro‘y beradi. Metamorfozsiz rivojlanish kuzatiladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin