Nizomiy nomidagi


Lichinka xordalilarning kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə46/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
Nizomiy nomidagi

Lichinka xordalilarning kelib chiqishi. Lichinka xordalilarning kelib chiqishi ko‘p tomondan xali ayon emas. Lekin, A.O. Kovalevskiyning assidiyalarning ontogenetik rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy ishlariga, hamda A.N. Seversovning filogenetik tadqiqotlariga (33) asoslanib, lichinka xordalilar va xordalilarning boshqa vakillari umumiy ajdodga ega degan farazga kelish mumkin. Lichinka xordalilarning ajdodlari erkin suzuvchi hayvonlar bo‘lib, lansetnik lichinkasiga o‘xshagan hamda uzun dum suzgichlari orqali suvda harakatlangan deb taxmin qilinadi. Ular rivojlangan nerv qobig‘ini bosh qismini kengayishi natijasi bo‘lmish miya po‘pagi, eshitish po‘pagi, pigmentli ko‘zga hamda taraqqiy qilgan xordaga ega bo‘lgan. Keyinchalik lichinka xordalilarning ko‘pchiligi o‘troq hayot kechirishga o‘tib, nerv sistemasi, suzuv organi, xorda va muskullari ko‘p soddalashgan. Natijada o‘troq hayot kechirishga moslashgan. Xususan ichki organlarini himoya qiluvchi qalin tunika-qobiq, murakkab jabra, endostil rivoj topgan. Ko‘payish faqat jinsiy usuldagina emas, balki kurtaklanish orqali ham amalga oshgan. Bularning hammmasi lichinka xordalilarning yashash uchun kurashda va keng tarqalishga imkon bergan.
Bosh suyaksizlar kenja bo‘limiga kiruvchi hayvonlarda markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyaga bo‘lingan emas. Sezgi organlari deyarli rivojlanmagan. Bosh suyagi yo‘q. Qon aylanish sistemasi yopiq. Juft harakat organlari ham taraqqiy qilmagan.
Bosh suyaksizlar ya’ni xordaboshlilarning kelib chiqishi. Bosh suyaksizlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi paleontologik dalillar topilmagan. Bu guruhning kelib chiqishini A.N. Seversovning solishtirma anatomik va embriologik tadqiqotlariga asoslanib bosh suyaksizlarni ajdodlari erkin suzib yuruvchi, ikki tomonlama simmetrik hayvonlar bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin.(34) Ularda arterial bo‘shliq bo‘lmagan. Xorda tanasining bosh tomonigacha yetib bormagan. Jabra yoriqlari kam bo‘lib, ular ehtimol simmetrik joylashgan. Bu ajdod guruhdan ikki tarmoq ajralgan. Bir tarmoq erkin suzib yurib yashash tarzini saqlagan. Ulardan umurtqalilar kelib chiqqan. Ikkinchi tarmoq vakillari kam harakat qilgan va suv tubida yashashga yoki suv tubini qazishga moslashgan deb taxmin qilinadi. Keyinchalik ba’zi bir boshsuyaksizlar suv ostida yashashga o‘tganligi sababli ularning jabra yoriqlarini tuproq bilan ifloslanishdan himoya qiluvchi organ – jabra yoni (arterial) bo‘shliq paydo bo‘lgan. Boshqalari esa plankton hayot kechirgan.
Hozirgi vaqtda bosh suyaksizlarning kelib chiqishi to‘g‘risida boshqacha qarash bor. Bu qarashga muvofiq lansetnik bir vaqtlar suv tubida muqim yashovchi (ehtimol bu pardalilardir) hayvonning noaniq o‘zgarishidan hamda lichinka holda ko‘payish qobiliyatiga ega hayvondan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Miksinalar endoparazit holatda hayot kechiradi. Shu tufayli ularda regressiv evolyusiya yuz bergan. Tanasi yirik chuvalchanglarga o‘xshash. Ularda orqa suzgich qanoti va jabra skeleti yo‘qolib ketgan. Ko‘zi zaif terisi ostiga yashiringan. Og‘zi oldi voronkasimon. Parmalovchi tili bor. Jabra xaltalari va teshiklari 15 juftgacha boradi.
Qonni haydovchi yurak bilan boshi, jigari va dum qismida yana uchta yuragi bor. Qon aylanishi ochiq. Miksinalar germafrodit.
Savollar:

  1. Xordali hayvonlarga xos gavda tuzilishini aytib bering.

  2. Xordalilar bo‘limi qaysi kenja bo‘limlariga bo‘linadi?

  3. Lichinka xordalilarning shaxsiy taraqqiyotini o‘ziga xos jihatlarini ayting.

  4. Lichinka xordalilarning kelib chiqishini tushuntiring.

  5. Nima sababdan boshsuyaksizlar umurtqasiz va umurtqali hayvonlar o‘rtasidagi oraliq forma hisoblanadi?

  6. Bosh suyaksizlarning kelib chiqishini yoriting.

  7. Bosh suyaklilarning bosh suyaksizlarga qaraganda murakkab tuzilganligini isbotlang.




Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin