Nizomiy nomidagi


-mavzu:Xordali hayvonlar, ularning filogeniyasi va kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə45/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Nizomiy nomidagi

14-mavzu:Xordali hayvonlar, ularning filogeniyasi va kelib chiqishi
Reja
1.Xordalilarning xilma-xilligi
2. Lichinka xordalilar kenja bo‘limi
3. Bosh suyaksizlar ya’ni xordaboshlilarning kelib chiqishi


Tayanch tushunchalar va bilimlar: Xordali hayvonlar gavda tuzilishini o‘ziga xos tomonlari, kenja bo‘limlari. Xordalilarning filogeniyasi va kelib chiqishi

Xordali hayvonlar nihoyatda turli-tuman bo‘lishiga qaramay tubandagi belgi-xossalari bilan ajralib turadi:



  1. Barcha xordali hayvonlarda o‘q skelet – xorda rivojlangan. U embrional taraqqiyotida boshlang‘ich ichak sistemasining yuqori tomonidan ajralib chiqqan va entodermaning hosilasi sanaladi. Umurtqali hayvonlarda xorda embrional organ hisoblanadi, keyinchalik umurtqa pog‘ona bilan almashinadi;

  2. Xorda ustida nay shaklidagi markaziy nerv sistema joylashgan. Nerv nayining oldingi qismi bosh miyani hosil qiladi;

  3. Ovqat hazm qilish nayining oldingi – tomoq qismi jabra teshiklari yordamida tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Suvda yashaydigan tuban xordalilarda jabra umr bo‘yi saqlanadi, boshqalarida esa u o‘pka bilan almashinadi;

  4. Xordalilar ignaterililar singari ikkilamchi og‘izga ega. U gastrulaning gastroporga qarama-qarshi tomonini yorilishidan hosil bo‘ladi. Gastropor o‘rnida esa anal teshigi rivojlanadi;

  5. Xordalilarda tana bo‘shlig‘i ikkilamchi tipda (selom). Bu belgisiga ko‘ra xordalilar ignaterililar bilan halqali chuvalchanglarga yaqin turadi;

  6. Embrionda va tuban xordalilarda organlarning metamer joylanishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yuksak rivojlangan hayvonlarning tuzilishi murakkablanishi tufayli ularda metameriya yaxshi ko‘rinmaydi;

  7. Xordalilar tanasining ikki tomonlama (bilaterial) simmetriyasi bilan tavsiflanadi. Lekin bunday bilaterial simmetriya umurtqasiz hayvonlarda ham bor.

Xordali hayvonlar bo‘limi lichinka xordalilar yoki qobiqlilar (Tunicata), bosh suyaksizlar (Acrania), bosh suyaklilar ya’ni umurtqalilar (Vertebrate) kenja bo‘limlarga ajraladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin