Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə42/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Nizomiy nomidagi

Trilobitlar kenja tipi bo‘g‘imoyoqlilarning qazilma holdagi tuzilishi nihoyatda sodda bo‘lgan dengiz hayvonlari bo‘lib, kembriy davr yetkaziqlardan to paleozoy erasining oxirigacha yashagan. Trilobitlar halqali chuvalchanglarga ko‘p jihatdan o‘xshash. Gavdasi bosh va segmentlardan tuzilgan tanadan iborat. Tanasi gomonom bo‘g‘imli. Bosh qalqoning ustida bir juft murakkkab ko‘zlar bor. Trilobitlarning boshi halqali chuvalchanglar prostomiumi, boshdagi parragi bo‘g‘imoyoqlilarning boshdagi oldingi segmentga mos keladi. Bosh bo‘limining tuzilishi bilan trilobitlar bo‘g‘imoyoqlilarga nisbatan halqali chuvalchanglarga yaqin turadi. Trilobitlarning oyoqlari o‘rmalash, nafas olish, oziqni ushlash va uni maydalash funksiyasini bajargan. Trilobitlar ayrim jinsli, metamorfoz orqali rivojlangan.
Jabra bilan nafas oluvchilar kenja tipi. Jabralari halqali chuvalchanglarning parapodiy o‘simtalarini o‘zgarishidan kelib chiqqan. Bir qancha mayda vakillarida jabralar bo‘lmaydi. Ular tana yuzasi orqali nafas oladilar. Quruqlikdagilari esa o‘ziga xos tuzilgan traxeyalar orqali nafas oladi.
Evolyusion jarayonda qisqichbaqasimonlarning tashqi ko‘rinishi o‘zgargan, bo‘g‘imlar soni kamaygan, geteronomliligi ortgan. Tana devori kutikula va gipoderma epiteliydan tashkil topgan. Hazm qilish sistemasi uch juft jag‘dan iborat og‘iz, oshqozoni ikki bo‘lmali birinchi bo‘lagi chaynovchi, xitin tishli ikkinchi bo‘lim – elak vazifasini o‘taydi. O‘rta ichak kalta bo‘lib, jigar bilan bog‘langan.
Nafas olish sistemasi bir qancha mayda qisqichbaqalarda bo‘lmaydi. Ular terisi orqali nafas oladi. Ko‘pchiligi esa jabralar orqali nafas oladi. Tengoyoqli qisqichbaqasimonlardan zahkashlar qorinoyoqlari yordamida atmosfera havosi bilan nafas oladi.
Jabra halqali chuvalchanglarniki singari teri bilan bog‘liq o‘simtadan iborat. Daryo qisqichbaqasi jabralari uch qator jag‘oyoqlar, yurish oyoqlar asosida joylashgan. Quruqlikda yashovchi qisqichbaqasimonlar o‘pka, havo to‘ldirilgan naychalar orqali nafas oladi. Mayda qisqichbaqalarda nafas olish sistemasi bo‘lmaydi. Ular terisi orqali nafas oladi

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin