Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə50/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Nizomiy nomidagi

Panjaqanotlilar ikki xil nafas oluvchi baliqlarga yaqin bo‘lib, ular bir ajdoddan kelib chiqqan. Dastlab ular vaqti-vaqti bilan kislorod yetishmay-digan chuchuk suv havzalarida yashagan. Shu munosabat bilan ikki xil nafas olish rivojlangan. Suv havzalarida o‘simliklarning ko‘p o‘sishi va chirishi natijasida panja qanotli baliqlar suzgichlarning o‘z muskuli juft harakat organlariga rivojlanishiga va skeletning qismlarga ajralma-ganligi tufayli ular faqat suzish uchungina emas, balki qattiq substratda yurishga ham xizmat qilgan. Bu o‘z navbatida suzgichlarning bosh barmoqli harakat organlariga aylanishiga imkon bergan.(12)
Qadimgi panjaqanotlilar ikki xil nafas oluvchilarga yaqin turgan. Bularning ikkalasi ham devon davrida paydo bo‘lgan. Ko‘p tarqalgan vaqti yuqori devon, toshko‘mir davrlarida bo‘lgan.
Qadimgi panjaqanotlilarning gavdasi duksimon bo‘lib, uzunligi 1 metrga yetgan. Ular chaqqon suzadigan va chuchuk suvlarda yashaydigan yirtqich baliqlar bo‘lgan. Juft suzgich qanotlari yaxshi taraqqiy qilgan.
Panjaqanotlilar ko‘p belgilari bilan amfibiyalarga ayniqsa ularning qalqonli vakillariga yaqin turgan. Panja qanotli baliqlar kaynozoy erasida yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin 1938, 1960 yillarda Komor orollarining baliqchilari panjaqanotli baliqni hozirgi vaqtgacha yetib kelgan vakili latimeriyani tutganlar.
Uning uzunligi 109sm, og‘irligi 19,5-35 kg atrofida bo‘lgan. Bu baliqlar juft suzgichlari go‘shtdor pallali oyoq panjalariga o‘xshashligi bilan tavsiflanadi.
Muxtasar qilib aytganda panja qanotli va ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar o‘zaro yaqin bo‘lib, devon davrida paydo bo‘lganlar va karbon davrda avj olib rivojlanganlar. Ularning ikki tarmoqqa ajralib ketishida oziqlanish xarakteri asosiy o‘rin tutgan. Ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar o‘tmishda suv tubidagi umurtqasizlar bilan oziqlanishga moslash-ganlar, shu sabab yaxshi rivojlangan suzgichlarini yo‘qotganlar va kam harakatli bo‘lganlar. Ular evolyusiyasida kam harakatlanishga ixtisoslanishi kuchayib borgan. Panjaqanotlilar esa aksincha faol harakatlanuvchi yirtqich, o‘ljasini tez tutuvchi bo‘laboshlaganlar. Ularning bir tarmog‘i dengizda yashashga moslashganlardan keyinchalik latimeriyalar paydo bo‘lgan.
Savollar:

  1. Baliqlarning tashqi tuzilishini tushuntiring.

  2. Baliqlarning ichki tuzilishini jadval yordamida gapiring.

  3. Baliqlarning yuragi nechta kamerali?

  4. Baliqlar to‘garak og‘izlilardan nimalari bilan farqlanadi?

  5. Baliqlar qaysi davrda paydo bo‘lgan?

  6. Suyakli baliqlar tog‘ayli baliqlardan nimalari bilan farqlanadi?

  7. Ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar bilan panja qanotli baliqlarning o‘zaro o‘xshashligi va farqini izohlang.

  8. Ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar va panja qanotli baliqlar qanday sharoitda yashaganlar?

  9. Baliqlarning filogeniyasi hamda kelib chiqishini tushuntiring?




Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin