Nizomiy nomidagi


Suvda va quruqlikda yashovchilar



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə51/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Nizomiy nomidagi

Suvda va quruqlikda yashovchilar
Tayanch tushunchalar va bilimlar: Suvda va quruqlikda yashovchilarning gavda tuzilishi. Turkumlari. Suvda va quruqlikda yashovchilarning filogeniyasi hamda kelib chiqishi.
Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlikda yashashga o‘tgan dastlabki vakillari amfibiyalardir. Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlikda yashashga o‘tishi birinchidan havodagi kislorod bilan nafas olish, ikkinchidan qattiq substratda harakatlanishni taqazo qilgan. Natijada ularning gavda tuzilishida bir qancha keskin o‘zgarishlar evolyusiya jarayonida sodir bo‘lgan. Misolga baqani olsak u bosh, tana, bir juft oldingi va bir juft keyingi oyoqlardan iborat gavdaga ega. Terisi yumshoq shilimshiq, bezlarga boy. Boshi tanaga qo‘shilib ketgan, bo‘yni bilinmaydi. Boshining ikki yon tomonida ko‘zi bor
oyoq suyaklaridan iborat. Oldingi oyoq ulka kamari yelka suyagi, bilak, tirsak, bilakuzuk, kaft barmoq falangalari, leyingi oyoq chanoq, son, katta va kichik boldir, tovon, kaft, barmoq falangalardan tuzilgan. Umurtqa pog‘onasi bo‘yin, tana, dumg‘aza va dum suyakdan tashkil topgan.
Hidlov organlari miya yarimsharlardan chegaralangan. O‘rta miya suyakli baliqlarning o‘rta miyasiga qaraganda biroz kichik. Miyachasi yaxshi taraqqiy etmagani gavdaning birmuncha oddiy xarakat qilishi bilan aloqador. Bosh miyadan baliqlarnikiga o‘xshash 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. XI juft (qo‘shimcha) nerv taraqqiy etmagan, XII juft (til osti) nervi miya qutisidan tashqarida turadi.
Amfibiyalarning ko‘rish organlari quruqlikda yashovchi umurtqalilar uchun xarakterli bo‘lgan tarzda tuzilgan bo‘lib, xavoda ancha uzoq masofadagi narsalarni ko‘rishga moslashgan. Bu moslanish ko‘z shox pardasining bo‘rtib chiqqanligi, ko‘z gavxarining ikki tomonlama qavariq linza shaklida ekanligi va ko‘zni qurib qolishdan saqlaydigan xarakatchan qovoqlarning borligi bilan ifodalanadi.
Eshitish organi ham murakkablashgan. Ichki quloq, o‘rta quloq nog‘ora parda hosil bo‘lgan. Eshitish suyakchasi-uzangini bir uchi nog‘ora pardaga, ikkinchi uchi oval nayga tegib turadi. Yevstaxiyev nayi o‘rta quloq bo‘shlig‘i bilan bog‘lab, bosimni tenglashtirib turadi.
Xidlash organi. Hidlash organi hidlash xaltachalar, burun teshigi-xoanalardan tashkil topib, og‘iz bo‘shdig‘i bilan tutashib turadi. Voyaga yetgan suvda yashovchi amfibiyalarda va ularning lichinkalarida yon chiziq sezish organi vazifasini bajaradi.
Ayirish organi. Itbaliqlarda birlamchi bosh buyrak (pronefron) rivojlanadi. Buyragi yalpoqsimon umurtqa pog‘onasi ikki yonida joylashgan buyrakdan chiqqan siydik yo‘llari kloakaga ochiladi.
Jinsiy organlari. Jinsiy buzlari juft. Tuxumdonlardan chiqqan tuxum yo‘llarini oldingi qismi tana bo‘shlig‘iga ochiladi. Keyingi qismi kengayib bachadonni hosil qiladi va u kloakaga ochiladi. Urg‘ochilarda volf naylari faqat siydik yo‘li vazifasini bajaradi. Tuxum tuxumdondan tana bo‘shlig‘iga tushadi bu yerdan tuxum yo‘liga o‘tib oqsil parda bilan o‘raladi, so‘ng bachadonga tushib, keyin kloaka orqali tashqariga chiqariladi. Urug‘donlar buyraklarning oldingi chetida bo‘lib, har birida bir nechta ingichka urug‘ chiqaruvchi naycha buyraklardan o‘tib volf nayiga ochiladi. Volf nayi ham urug‘ ham siydik yo‘li vazifasini o‘taydi.Siydik –jinsiy teshigi orqali urug‘ kloakaga tushadi va tashqariga chiqadi.
Suvda va quruqlikda yashovchilarning hozirgi vaqtda dumlilar, oyoqsizlar, dumsizlar turkumi bor. O‘zbekistonda dumsizlarning uchta turi yashaydi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin