Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə54/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
Nizomiy nomidagi

Savollar:

  1. Sudralib yuruvchilarning o‘ziga xos gavda tuzilishini gapiring.

  2. Sudralib yuruvchilar amfibiyalardan nimalari bilan farqlanadi?

  3. Sudralib yuruvchilar qachon paydo bo‘lgan?

  4. Sudralib yuruvchilar qaysi erada avj olib rivojlangan?

  5. Sudralib yuruvchilarning bosh miyasi qaysi qismlardan tashkil topgan?

  6. Sudralib yuruvchilardagi adaptiv radiatsiya qanday natijalarga olib kelgan?

  7. Sudralib yuruvchilar orasidagi filogenetik bog‘lanishlarni izohlang.

  8. Kotilozavrlar o‘zgarishidan reptiliyalarning qanday vakillari kelib chiqqan?

  9. Sudralib yuruvchilarning quruq sharoitda yashashga bo‘lgan moslanishlarini sharhlab bering.

  10. Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishini tushuntiring.



16-Mavzu:Qushlar va sut emizuvchi hayvonlar klassifikaiyasi va ularning filogeniyasi, kelib chiqishi
Reja
1.Qushlarning filogeniyasi, kelib chiqishi.
2. Sut emizuvchilarning filogeniyasi, kelib chiqishi.
Tayanch tushunchalar va bilimlar: Qushlar gavdasining o‘ziga xos tuzilishi, sudralib yuruvchilarga o‘xshashlik tomonlari. Qushlarning sudralib yuruvchilarga nisbatan yuksalgan belgi, xossalari, filogeniyasi va kelib chiqishi. Kloakalilar, xaltalilar va yo‘ldoshli sutemizuvchilarning o‘ziga xos tuzilishi, xarakterli belgilari hamda ularning filogeniyasi va kelib chiqishi.

Qushlarning reptiliyalarga nisbatan progressiv jihatlari:



  1. Nerv sistemasi va sezuv organlaridan ko‘zining kuchli taraqqiy etganligi va harakatlarining koordinatsiyalanganligi;

  2. Intensiv oziqlanish va murakkab termoregulyatsiyaga bog‘liq bo‘lganligi tana haroratini doimiyligi hamda yuqori ekanligi;

  3. Yerda yurish va daraxtlarga o‘rmalash, suvda suzish hamda sakrash holatlarini yo‘qotmagan holda uchishga moslanishi;

  4. Ancha takomillashgan ko‘payish (tuxum bosish va naslini boqish

,
Qushlarning asosiy harakatlanish usuli uchish bo‘lganligi sababli unga quyidagicha moslashgan:

  1. Gavdasining suyri shaklda bo‘lishi;

  2. Oldingi oyoqlarining uchish organi- qanotga aylanganligi va shu munosabat bilan toj suyagining yuzaga kelishi;

  3. Murakkab pat qatlamining hosil bo‘lishi;(84-rasm)

  4. Suyaklarning naysimon holatdaligi, ichi bo‘sh, havo bilan to‘lganligi;

  5. Havo xaltachalarining bo‘lishi va ularning nafas olishda faol qatnashishi;

  6. Tishlarning yo‘qligi. Ular funksiyasini shox moddadan iborat tumshug‘i bajarishi;

  7. To‘g‘ri ichakning yo‘qolib ketishi;

  8. Yuragi to‘rt kamerali va bitta o‘ng aorta yoyi borligi;

Qushlarning anatomik tuzilishi ajdodlari bo‘lmish sudralib yuruvchilarnikiga juda yaqin. Terisi sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshash quruq, ter bezlari deyarli bo‘lmaydi. Ko‘pchilik qushlarda dum bezlari bor. Dum bezi sekret ajratadi. U bilan qushlar patlarini yog‘laydi. Pati va pari sudralib yuruvchilarning tangachali terisi singari shoxsimon moddadan tuzilgan.
Qushlarning bosh miya yarimsharlari tubi, oldingi miya, o‘rta miya va miyacha hisobiga progressiv taraqqiy qilgan. Ovqat hazm qilish sistemasi sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshaydi. Ko‘pchilik qushlarda ayniqsa yirtqichlarda, donxo‘rlardan kaptar, tovuqlarning qizilo‘ngachini kengaygan joyi - jig‘ildon bo‘ladi. Oshqozon bezli va muskulli ikki bo‘limdan tarkib topgan. Kloakaga siydik yo‘li va ko‘payish organlarining yo‘li ochiladi. Jigari katta va ikki pallali, o‘t pufagi ko‘pchilik qushlarda bo‘ladi, kaptarda esa u yo‘q. Oshqozon va jigarga yaqin joyda to‘q qizil rangli taloq joylashgan.
Qushlarning nafas olish organlari sudralib yuruvchilarnikiga qaraganda ancha murakkab tuzilgan. Bronxlari va tomirlari, kapillyarlari juda juda ingichka tarmoqlanib ketgan. Bronx tarmoqlarining bir qismi o‘pka orqali o‘tadi va uning tashqarisida havo xaltachalarni hosil qiladi.
Havo xaltachalari qush tanasining ichki organlar va muskullar o‘rtasida, teri ostida, skeletning naysimon suyaklari ichida joylashadi. Ularning umumiy xajmi o‘pka bo‘shlig‘i xajmidan qariyib 10 marta katta.
Qushlarda arteriya qoni xech qachon vena qoni bilan aralashmaydi, chunki yurak ikkita yurak bo‘lmasiga va ikkita yurak qorinchasiga bo‘linadi. O‘pkada oksidlangan qon o‘pka venalari orqali avvalo chap yurak bo‘lmasiga, so‘ng chap yurak qorinchasiga o‘tadi.(86-rasm)
Qushlarning miyachasi muvozanatni taminlaydi va harakatlar kordinatsiyasini boshqaradi. Agar sudralib yuruvchilar bosh miyasining vazni orqa miya vazniga teng bo‘lsa, qushlarda bosh miyaning vazni orqa miyanikiga qaraganda og‘ir bo‘ladi. Qushlarda bosh miya vaznining og‘irligi ularning oldingi miya yarimsharlarining kattaligiga bog‘liq.
Qushlarning ko‘zi ham yaxshi rivojlangan. Ularda ko‘z olmasi ayniqsa katta bo‘ladi.
Qushlarning ayirish organlari sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshash. Qushlarda siydik pufagi bo‘lmaydi. Qushlar siydigida mochevina emas, balki siydik kislota hosil bo‘ladi.
Qushlar ayrim jinsli. Erkaklarida loviyasimon bir juft urug‘don, urug‘ yo‘li, urg‘ochilarining ko‘p turlarida faqat chap tuhumdon rivojlangan. O‘ng tuhumdon ayrim paytlarda kunduzgi yirtqichlarda, to‘tiqushlarda, tovuqsimonlarda bo‘ladi. Qushlarning ayrim turlarida kopulyativ organi bo‘ladi. Ko‘pchilik qushlarda qo‘shilish organi bo‘lmaydi, erkagi kloakasi orqali urg‘ochisi kloakasiga spermasini yuboradi.(6)
Quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar orasida qushlar sinfi turlarining ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Qushlar qadimgi qushlar yoki kaltakesak dumlilar va yelpig‘ich dumlilar yoki haqiqiy qushlar kenja sinflariga bo‘linadi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin