Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə56/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
Nizomiy nomidagi

Sutemizuvchilar VA ULARNING FILOGENYaSI VA KELIB ChIQIShI
Sutemizuvchilar hayvonot dunyosining eng yuqori taraqqiy qilgan vakillaridir. Ularning yuksak taraqqiy qilgan belgilari tubandagilardan iborat.

  1. Bosh miyada oliy nerv faoliyatining markazi kulrang moddadan tashkil topgan. Yarim sharlar po‘stlog‘i yaxshi rivojlangan. Shu sababli sutemizuvchi hayvonlarning xulq-atvori va tashqi muhit ta’sirotlariga javob reaksiyasi g‘oyat mukammal. Bunday mukammallik eshitish organi ichki, o‘rta va tashqi quloqdan tuzilganligi, hidlov organida bir qancha hidlov chig‘anoqlar borligida ham namoyon bo‘ladi.

  2. Aksariyat ko‘pchilik sutemizuvchilar tirik bola tug‘adi va bolasini sut bilan boqadi.

  3. Termoregulyatsiyaning o‘ta takomillashganligi. Qonning aralash bo‘lmasligi, gaz almashinuvining kuchliligi va termoregulyatsiya moslamalari borligi tufayli yuzaga kelgan. Yuragi to‘rtta kameradan iborat bo‘lib, bitta chap aorta saqlanib qolganligi. O‘pka alveolalar tuzilishga ega ekanligi, natijada nafas olish yuzasi oshib ketganligi.

  4. Termoregulyatsiya bir tomondan issiqlik hosil bo‘lishini yoki oksidlanish jarayonini ta’minlash – kimyoviy termoregulyatsiya, ikkinchi tomondan issiqlik chiqarishni nafas olish va terlash jarayonida parlatish yo‘li bilan amalga oshirish (fizik termoregulyatsiya)ni ta’minlashdan iborat.

Yuqoridagilardan tashqari sutemizuvchilarning har bir guruhi faqat o‘ziga xos bo‘lgan bir qancha morfologik va anatomik tuzilishga ega. Aksariyat ko‘pchiligida teri jun bilan qoplangan va unda har xil vazifani bajaruvchi (yog‘, sut, ter, hid) bezlar bor.
Tishlari kurak, qoziq va oziq xillarga bo‘lingan. Pastki jag‘i faqat bitta tish suyagidan tashkil topgan. Tana bo‘shlig‘i diafragma pardasi bilan ko‘krak va qorin bo‘shliqlariga ajralgan. Qizil qon hujayralari yadrosiz bo‘ladi. Tirsak bo‘g‘imi orqaga, tizza bo‘g‘imi oldinga qaragan. Oyoqlari tanaga pastki tomondan birikadi. Bo‘yin umurtqalari soni bir xil 7 ta. Sutemizuvchi hayvonlar tuzilishi va xulq-atvori yuqori va mukammal bo‘lgani uchun mezazoy erasining oxiriga kelib o‘sha davrgacha hukmron bo‘lib kelgan sudralib yuruvchilarni yashash uchun kurashda siqib chiqargan.
Issiq qonli bo‘lgani uchun qushlar bilan birgalikda kaynazoy erasining boshidan Yer yuzida hukmron bo‘lib kelmoqda. Adaptiv radiatsiya natijasida quruqlikda, daraxtlarda, havoda, yerda va ikkilamchi tartibda suv muhitida yashaydigan vakillari bor.
Sutemizuvchilar tuzilishi va sistematik o‘rni bo‘yicha uch tabaqaga ajraladilar:

  1. Tuxum qo‘yuvchilar yoki kloakalilar;

  2. Xaltalilar yoki qopchiqlilar;

  3. Yo‘ldoshlilar.

Tuxum qo‘yib ko‘payuvchilar Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineyada tarqalgan bo‘lib, quyidagilar bilan tavsiflanadi:

  1. Sariqlik moddasiga boy katta (diametri 4 sm) tuxum qo‘yish yo‘li bilan ko‘payadi;

  2. Qushlar va sudralib yuruvchilar singari kloakasi bor;

  3. Tumshug‘i shoxsimon moddadan iborat, g‘ilof bilan qoplangan, voyaga yetganlarida tishlari yo‘q;

  4. Ko‘krak so‘rg‘ichlari rivojlanmagan, shu sababli sut naysimon teshikchalar orqali maxsus ariqchaga oqadi, bolalari shu joyga chiqqan sutni yalaydi;

  5. Gavda harorati doimiy emas 220 – 370 atrofida o‘zgarib turadi ;

  6. Go‘sht usti suyagi sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshagan.

  7. Urg‘ochilarida faqat chap tuxumdon (qushlardagidek) bor. Suvda va quruqlikda hayot kechiradigan o‘rdakburunning barmoqlari orasida pardalar rivojlangan.


Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin