Nizomiy nomidagi


Sutemizuvchilarning kelib chiqishi va filogeniyasi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə57/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Nizomiy nomidagi

Sutemizuvchilarning kelib chiqishi va filogeniyasi. Sutemizuvchilarning dastlabki ajdodlari paleozoy erasida yashagan, xali reptiliyalarga xos belgilarga ega bo‘lgan hayvonlar hisoblanadi. Ularning tishlari alveolalarga joylashgan, aksariyat turlarida ikkilamchi suyak tanglay bo‘lgan. Kvadrat suyak va pastki jag‘ining qo‘shuvchi suyaklari reduksiyalashgan. Tish suyagi aksincha yaxshi rivojlangan, kurak, qoziq va oziq tishlarga ajralgan. Ensa bo‘rtmasi ikki-uch bo‘limli bo‘lib, ularda pastki jag‘ miya qutisi bilan ikki tomonlama qo‘shilish hosil etgan. Bu hayvonlar – darrandasimonlar o‘z ajdodlari bo‘lmish kotilozavrlardan kam farq qilgan va amfibiyalarga xos ko‘pgina belgilarni saqlab qolgan. Perm va trias davrlarida darrandasimonlar – sudralib yuruvchilar bir qancha o‘simlikxo‘r, yirtqich va hammoxo‘r guruhlarga bo‘lingan. Ularning yirik formalari bo‘r davriga kelib qirilib ketgan, nisbatan mayda guruhlari saqlanib qolgan. Bularning sezuv organlari kuchli rivojlangan va xulq-atvori murakkablashgan. Shimoliy Dvinaning perm qatlamlaridan topilgan inostransevayani va Afrikaning trias qatlamlaridan topilgan sinognata va ko‘pchilik yirtqich tishlilar sutemizuvchilarga xos belgilari bo‘lishiga qaramasdan, maxsus yuqori moslanish belgilariga ega bo‘lganligi uchun ular sutemizuvchi hayvonlarning kelib chiqishi uchun asos bo‘la olmagan.
Yuqori trias qatlamlaridan o‘ziga xos ko‘p tepachalilarning suyaklari topilgan. Bu nom ularning haqiqiy oziq tishlarida ko‘p tepachalar bo‘lishiga qarab qo‘yilgan. Bular nihoyatda o‘simliklar bilan oziqlanishga ixtisoslashgan guruh bo‘lib, ularning qoziq tishlari bo‘lmagan, ammo kurak tishlari yaxshi rivojlangan. Ular kalamush kattaligida bo‘lgan. Bularning boshlang‘ich formalari kloakalilarni hosil qilgan deb taxmin qilinadi. Ularning tishi o‘rdakburun embrionining tishlariga o‘xshash bo‘lgan.
Xaltali va yo‘ldoshli sutemizuvchilar ajdodlariga yaqin formalar yura davrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan deb faraz qilinadi. Bular uch tepachalilar deb atalgan. Ularning tishi ko‘p tepachalilarnikiga nisbatan kamroq ixtisoslashgan. Tishlar qatori yaxlit. Uch tepachalilar hasharotlar, ehtimol ayrim vaqtlarda kichik hayvonlar, reptiliyalilar tuxumi bilan oziqlanuvchi hasharotxo‘rlarga yaqin kichik hayvonlar bo‘lgan. Bosh miyasi kichik bo‘lishiga qaramasdan har holda yirtqich tishli reptiliyalarnikidan katta bo‘lgan. Uch tepachalilarning asosiy guruhi pantoteriyalar bo‘lib xaltalilar va yo‘ldoshlilarning boshlang‘ich formalari hisoblanadi. Xaltalilar bo‘r davrda paydo bo‘lgan. Ularning eng qadimgi qoldiqlari Shimoliy Amerikaning bo‘r davr qatlamlarining ostki qismlaridan va Shimoliy Amerika, Yevropaning uchlamchi davridan ma’lum. Bu yerda xaltalilar keng tarqalgan. Biroq ular nisbatan ancha yuqori tuzilgan hayvonlar tomonidan yashash uchun kurashda siqib chiqarilgan. Xaltalilarning eng qadimgi vakillaridan opossumlar oilasining qoldig‘i Shimoliy Amerikaning qadimgi bo‘r qatlamlaridan topilgan. Hozirgi vaqtda opossumlar Janubiy Amerikada va Shimoliy Amerikaning janubiy rayonlarida uchraydi. Janubiy Amerikada xaltalilar yo‘ldoshli tuyoqlilar va yirtqichlar paydo bo‘lguncha keng tarqalgan. Miotsen epoxasidan keyin xaltalilar keng maydonda yo‘ldoshlilar tomonidan yashash uchun kurashda butunlay siqib chiqarilgan va faqat ixtisoslashgan ayrim turlari qolgan. Har holda yo‘ldoshlilar bo‘r davrida ehtimol, xaltalilardan oldinroq uch tepalilardan pantoteriyalardan kelib chiqqan bo‘lishi kerak.(12)
Yo‘ldoshlilarning eng qadimgi turkumlaridan biri hasharotxo‘rlardir. Ularni suyaklari Mo‘g‘ilistonda bo‘r davrning yuqori qismlaridan topilgan. Ular qisman daraxtda, qisman yerda yashovchi hayvonlar bo‘lib, aksariyat yo‘ldoshli hayvonlarni hosil qilgan. Daraxtda yashovchi hasharotxo‘rlar uchishga moslashib, qo‘l qanotlilarning kelib chiqishiga asos solgan.(20)
Yirtqichlikka moslashgan tarmog‘i uchlamchi davrda sodda yirtqichlar – kreodantlarni hosil etgan. Bular faqat qisqa muddat tarqalgan. Oligotsenning oxirida sekin harakat qiluvchi tuyoqlilar, ulardan tezroq harakat qiluvchi formalar tomonidan siqib chiqarilgan. Eotsenning oxiri, oligotsenning boshida yirtqichlarning suvda yashashga moslashgan shahobchasidan kurakoyoqlilar kelib chiqqan. Oligotsenda hozirgi zamon yirtqichlar – itlar, mushuklar ajdodi paydo bo‘lgan.(95-96-97-rasmlar) Qazilma holdagi maymunlar paleotsen epoxasidan ma’lum. Oligotsen daraxtlarda yashovchi maymunlar propliopiteklar, gibbonlar va antropoidlarga yaqin yirik maymunlarni kelib chiqishiga asos solganlar. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik olimlar sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqishi bo‘yicha polifiletik ya’ni ayrim shahobchalar reptiliyalarning har xil guruhidan paydo bo‘lgan degan fikrni quvvatlaydilar.
Shu bilan birga xaltali hayvonlar yo‘ldoshlilar umumiy ajdoddan kelib chiqqan degan fikr shubha tug‘dirmaydi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin