Nizomiy nomidagi


O‘rgimchaksimon maymunlar



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə65/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105
Nizomiy nomidagi

O‘rgimchaksimon maymunlar – koatalar avlodi: Shimoliy Meksikadan Sharqiy Braziliyagacha bo‘lgan hududda yashaydi. Koatalarning gavda hajmi revunlar singari. Urg‘ochisi erkagiga qaraganda biroz yirikroq, dumining ostki tomonida yunglari bo‘lmaydi. Dumi 61- 92 sm uzunlikda, gavda uzunligi 34 – 66 sm yungi qattiqligi va rangi bo‘yicha tur ichida bir - biridan farqlanadi. Sochi peshanasidan orqa tomonga, ensadan esa oldinga qarab o‘sgan bo‘ladi, boshining eng tepasida sochlar o‘zaro birlashadi.
Qora qo‘lli o‘rgimchaksimon maymunlar yungi yaltiroq, qizg‘ish yoki qoramtir jigarrang bo‘ladi. Ular 100tadan bo‘lib yashasa ham urg‘ochilar erkagiga nisbatan son jihatdan ko‘p bo‘ladi.
O‘rgimchaksimon maymunlar tez harakatchan. Ular daraxtga dumi va oldingi oyog‘i bilan osilib turadi. Yerda 4 oyoqlab yuradi, ba’zan keying oyog‘iga tayanib tik turadi. Unda dumi yelkadan yuqoriga qaragan bo‘ladi. Dumi beshinchi oyoq vazifasini o‘taydi. Koatalar suvli mevalar, yong‘oq, kurtaklar, gullar, hasharotlar bilan oziqlanadi. Homiladorligi 140 kun bo‘lib, 1ta bola tug‘adi va qornida 4 yilgacha ushlab turadi.
Tuban torburunli maymunlar katta oilasi. Bular Amerika maymunlaridan burun kataklarining yaqinligi va yuzidan burni oldinga chiqqanligi bilan harakterlanadi. Dumining uzunligi har xil, lekin oyoqlari teng yoki oldingi oyog‘i biroz kaltaroq. Barmoqlari ichida eng yirigi uchinchi barmoq hisoblanadi. Yuqori jag‘idagi qoziq tishlari juda katta. Yung qatlami va tanasi, terisi rangli. Bosh miyasi yaxshi rivojlangan, uning hajmi 100-150gr. Tuban torburunli maymunlar kunduzi poda bo‘lib, daraxtlarda yoki yerda – Afrikada (pavian, makdril, martishka) va Osiyoda (makaka, burundor, qora pavian) yashaydi. O‘simliklar, hasharotlar, mayda hay-vonlar bilan oziqlanadilar. Yil davomida urchiydilar. Homiladorligi 150 - 200 kun. Odatda bitta, ahyona-ahyonda ikkita bola tug‘adi.
Martishkasimonlar oilasiga kiradigan martishkalar kichik oilasi yettita avloddan iborat.
1) Makaklar avlodi tanasi 3,5 - 18kg. Urg‘ochilari biroz kichik, oldingi va orqa oyoqlari teng. Barmoqlari ushlovchi, katta barmoq boshqa barmoqlarga qarama-qarshi bo‘ladi. Barmoqlar orasida oz miqdorda parda bo‘ladi yunglari qalin, yung rangi har xil turlarda bir - biridan farq qiladi. Tumshug‘i oldinga chiqqan, yuzi yungsiz. Burun tepasi va qosh suyagi barcha erkaklarida yaxshi namoyon bo‘ladi. Quloqlari ham yungsiz. Qalqon bezi ostida bir juft tomoq xaltasi bor, u rezanator rolini bajaradi. Dumining uzunligi har xil turlarida turlicha. Makaklar Afrikaning Shimoliy va Osiyoning Pokistondan Yaponiya, Taylandgacha, Tibetdan Seylongacha bo‘lgan hududlarida yashaydilar. Milan arxipelagidan Filippingacha bo‘lgan joylarda ham uchraydi. Ular yashaydigan tropik o‘rmonlarda ham Xitoy yaqinidan Hindiston, Seylon quruq butalar, hatto, kaktusli joylarda ham bor. Qisman yerda yashovchi hayvonlardir. Ular yirtqichlardan saqlanish uchun daraxtlarda, qoyalarda uxlaydilar. Ular mevalar, ildizlar, yosh barglar, hasharotlar va ularning qurtlari, mollyuskalar, qisqichbaqalar bilan oziqlanadilar. Ekinzor-lardagi shakarqamishlar va makkajo‘xorilar bilan ham oziqlanadilar.
Makaklarning xatti-harakatlari, xulq - atvorlari tabiiy sharoitda va laboratoriya sharoitlarida yaxshi o‘rganilgan. Ular guruh - guruh bo‘lib, yashaydilar. Guruhda bitta erkagi va bir nechta urg‘ochisi, har xil yoshdagi bolalari birga yashaydilar. Ular 30 xildan ortiq tovush chiqaradilar. Har bir tovush ma‘lum bir ma‘noni bildiradi. Aftini o‘zgartirishni, qoshini qimirlatib, labini chappillatishni biladilar. Makaklar orasida johil maymunlar - megatlarda dum bo‘lmaydi.
Makaklar orasida rezus makak donor hisoblanadi. U tibbiyot maqsadlari uchun har yili Hindiston va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Uning tanasi xira yashil - sariq yung bilan qoplangan, oyoqlari teng. Yuzi, qulog‘i, panjasi och jigarrang. Anchagina yirik va xavfli guruh bo‘lib yashaydi. Guruhda 20 tadan ortiq individ bo‘ladi. Rezus makak Himolayda Nepaldan to Shimoliy Birmaga qadar bo‘lgan joyda yashaydi. Rezuslar suvda yaxshi suzadi, sho‘ng‘iydi. Hindlar ularni muqaddas hayvon hisoblab, ovqatining bir qismini ularga qoldiradilar.
2) Pavianlar avlodiga mansub maymunlar 25kg va undan ortiq vaznli bo‘ladi. Urg‘ochilari erkaklariga qaraganda ikki marta yengil bo‘ladi. Ularning tumshug‘i uzun bo‘lgani sababli itboshli maymunlar deb ataladi. Qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. Qosh yoylari katta. Burun teshigi ochiq tumshuq uchida joylashgan. Pavianlarning besh turi bor. Bular: gamodrin, anubis, babuin, Gvineya paviani, ayna pavian.
3) Mandril avlodiga mansub maymunlar tashqi tuzilishi va ba’zi bir belgilari bilan pavianlarga o‘xshaydilar. Lekin ko‘p belgilari chunonchi, barmoqlari va tovonlarining uzunligi bilan ulardan farq qiladilar. Dumining uzunligi mandrillarda 12sm. Mandrillar sutemizuvchi hayvonlar orasida yorqin rangli hayvon hisoblanadi. Ularning burunlari qizil, yuzlari yo‘l – yo‘l, boshlaridagi mo‘ylov yunglari o‘rtasi to‘q. Qorin va bo‘yindagi yunglari kumushsimon. Qo‘li, oyog‘i, orqa tomonlari ko‘k - qoramtir rangdadir. Gavdasi yirik, ko‘zlari chuqurlikda joylashadi, jigarrang, quloqlari go‘sht rangida. Duminig atrofi yalang‘och, qizg‘ish binafsharang. Urg‘ochisi erkaklariga nisbatan 2-3marta kichik hajmli. Unchalik chiroyli emas. Mandrillar G‘arbiy Afrikaning Ispan Gvineyasigacha bo‘lgan hududda tarqalgan. Tog‘ qoyalari yonlarida yomg‘irli joylarda yashaydi, ko‘proq yerda yashaydi, lekin daraxtlarda ovqatlanadi va uxlaydi. Ular o‘simlik, hayvonlar bilan oziqlanadi. Homiladorligi 245 kungacha davom etadi.
4) Martishkalar avlodida turlar, ayniqsa, ko‘p. Martishkalar 23 ta tur, 71 kenja turdan iborat. Ular 3ta kenja avlodga bo‘linadilar.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin