INDONEZIYA (Indonesia), Indoneziya Respublikasi (Republik Indonesia) — Jan. sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (Gʻarbiy Irian) o. ning gʻarbiy qismida joylashgan. Mayd. 1904,6 ming km2. Aholisi 228,4 mln. kishi (2001). Poytaxti — Jakarta sh. Maʼmuriy jihatdan 26 viloyat (province) ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Indoneziya — unitar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1945-y. 18 avg. da qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — 5 y. muddatga saylanadigan prezident (2001-y. iyuldan Megavati Sukarnoputri xonim). Davlat hokimiyatining oliy organi — Xalq maslahat kongressi. U konstitutsiyani tasdiklaydi, unga oʻzgarishlar kiritadi, prezident va vitse-prezidentni saylaydi. Qonun chiqaruvchi hoki-miyat bir palatali parlament — xalq vakillari kengashidan iborat. U joriy qonun chiqaruvchilik faoliyati bilan shugullanadi. Uning 500 deputatidan 462 nafari umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va qolgan 38 nafari (harbiylar fraksi-yasi) prezident tomonidan tayinlanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident oʻzi tayinlagan hukumat bilan birga amal oshiradi.
Tabiati. Indoneziya ekvatorial kengliklarda joylashgan. Qirgʻoqlari kam parchalangan, botkrkliklar, mangra chakalak-zorlari bor. I. yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi oʻrtacha baland va pastqam togʻlardan, Yangi Gvineyada qisman baland togʻlardan (eng baland joyi 5029 m), qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orollarda 400 dan ortiq vulkan bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulkan. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Neft, koʻmir, temir, marganes, qalay rudalari, boksit, mis, qoʻrgʻo-shin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor.
Iqlimi Indoneziyaning katta qismida ekvatorial, Yava o. ning sharqi va Kichik Zond o. larida subekvatorial iqlim. Pasttekisliklarda oylik oʻrtacha t-ra 25—27°. Togʻlarda salqinroq, 1500 m dan balandda yer yuzasi baʼzan muzlaydi. Ekvatorial iqlimli joylarda yillik yogʻin 2000—4000 mm, subekvatorial iqlimli joylarda 2000 mm ga yaqin.
Davlat tili — indonez tili. Asosiy din — islom dini. Aholining 80% musulmonlar, 10% xristianlar, qolgan qismi hin-duilik, buddaviylik, konfutsiylik va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtikrd kiladi. Indoneziya aholisining 2/3 qismi mamlakat hududining 7% ini tashkil etgan Yava o. da. Aholining 70% qishloqlarda yashaydi. Yirik gsaharlari: Ja-karta, Surabayya, Bandung, Semarang, Medan.
Tarixi. Indoneziya — hoz. tipdagi inson (pitekantrop, yavantrop) shakllangan markazlardan biri. Mil. av. 2-a. ga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya o. larida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladi. Mil. 7-a. da bir necha mayda davlatlar birla-shib, Shrivijayya imperiyasiga aylandi. 8-a. 1-yarmidaYavada Mataram davlati paydo boʻldi. 1025-y. Shrivijayya inqirozga uchradi. 11-a. ning 40-y. larida Mataram Kediri (13-a. dan Singasari) va Jangala davlatlariga boʻlinib ketdi. 1120-y. Kediri ilgari Mataramga qarashli barcha yerlarni birlashtir-di, boshqa orollar ustidan nazorat oʻrnatdi. 13-a. oxirida Singasari yemirilib, uning oʻrnida Majapaxit im-periyasi tashkil topdi (1293 — taxm. 1520). Majapaxit imperiyasi oʻrta asrlarda eng yirik umumindonez davlati boʻlgan.
14-a. da Hindiston va Malakkadan Indoneziyaga islom dini kirib keldi. Arxipe-lagning koʻp qismini egallagan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga boʻlinib ketgach (16-a.), I. hudu-diga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602-y. gollandlar Indoneziyada Ost-Indiya kompan-piyasiga asos soldi. Bu kompaniya mamlakatning talay qismini oʻziga tobe qilib oldi. 1811-y. I. ni inglizlar bosib oldi. Birok, 1814-y. gi Angliya-Niderlandiya bitimiga kura, Indoneziya yana Niderlandiya qoʻliga oʻtdi.
Indoneziya xalqi ajnabiy istilochilarga qarshikurash olib bordi. Diponegoro boshchiligida Yavada (1825—30), Imom Bajon yetakchiligida Sumatrada (1830 — 39), Acheda (1873—1903) koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar tarixda mashhur.
20-a. boshida milliy ozodlik xarakati bir muncha kengaydi. 1908-y. Yavada «Budi utomo» («Oliy maqsad») nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldi. Golland mustamlakachilariga qarshi 1923-y. temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1926-y. indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildi. 1927-y. Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildi. Indoneziya mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931-y. dan Milliy partiya Indoneziya partiyasi deb nomlandi. 1937-y. milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar.
1942—45 i. larda Indoneziyani Yaponiya bosib oldi. Yaponiya 2-jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil Indoneziya respublikasi deb eʼlon qilindi (1945-y. 17 avg.). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandi. Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Biroq 1945-y. 6 sent. da Indoneziyaga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdi. Indoneziya xalqi bosqinchilarga qarshi 4 y. kurash olib bordi. Nihoyat, Gollandiya I. mustaqilligini tan olishga majbur buldi (1949-y. noyab.). Biroq u I. mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdi. Indoneziya 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat «Indoneziya Qoʻshma Shtatlari» nomi bilan yuritila boshladi, Gollandiya Indoneziyaning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldi. Indoneziya xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdi. 1950-y. 6 avg. da Indoneziya unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindi. Hukumat Indoneziya uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956-y. apr.). 1957-y. ning oxirida Indoneziya hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldi. 1957-y. Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdi. Prezident dekreti bilan 1945-y. gi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959-y. iyul). Biroq Indoneziya hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadi. 1956-y. Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladi. Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami bilan isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni Indoneziya tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl bilan hal etolmagach, Indoneziya vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963-y. 1-mayda Gʻarbiy Irian I. Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdi. Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi «1965-y. 30-sentyabr» voqealariga olib keldi. Armiya raxbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi bilan davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va «yangi tartib» oʻrnatishga kirishildi. 1966-y. da generalSuxarto muvaqqat (1968-y. dan rasmiy) prezident boʻlib qoldi. Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydi. Indoneziya faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordi. Yalpi mahsulot i. ch. ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholijon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydi.
Suxarto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998-y. boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdi. Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suxartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladi. Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladi. Prezidenta ing isteʼfo beri sh i haqidagi ta-lablar kuchaydi. Nihoyat, Suxarto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998-y.
21 may kuni vitse-prezidentBurhoniddinYusufHabibiy prezident lavozimini egalladi. Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadi. Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi bilan B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildi.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Birlik va taraqqiyot partiyasi, 1973-y. da musulmonlarning 4 partiyasi birlashishi natijasida tuzilgan; I. demokratik partiyasi, 1973-y. da 5 partiyaning qoʻshilishi natijasida tuzilgan; Golkar (funksional guruqlar), 1964-y. siyosiy partiyalarga kirmaydigan davlat xizmatchilari, kasaba uyushma, yoshlar, xotin-qizlar, diniy tashkilotlar vakillari ittifoqi sifatida tuzilgan, 1998-y. da partiyaga aylantirilgan; I. demokratik partiyasi (kurashchi), 1998-y. da tuzilgan; Milliy mandat partiyasi, 1998-y. da tashkil etilgan; Milliy uygʻonish partiyasi, 1998-y. da tuzilgan. Umumindone-ziya mehnatkashlar ittifoqi kasaba birlashmasiga 1973-y. da asos solingan; Umumindoneziya ishchilar itti-foqi («Ravnaq») kasaba birlashmasi 1992-y. da tuzilgan.
Xoʻjaligi. Indoneziya — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi oʻrtacha 17% ni tashkil etadi va bu ulush tobora kamayib bormoqda. Ayni vaktda q. x. mahsulotlari hajmi koʻpaymoqda. Bu holdehqonchilik va chorvachilik intensiv tuye olayotgani bilan ham, ekinzorlar kengayishi, jumladan, kam yerli dehqonlar yangi oʻzlashtirilgan yerlarga koʻchib borishi bilan ham bogʻliqdir.
Qishloq xoʻjaligi — I. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi. Mehnatga yarokli aholining yarmidan koʻprogʻi q. x. da mashgʻul. Indoneziya tabiiy kauchuk (yiliga 1 mln. tonnadan ortiq) va palma yogʻi (yiliga 2 mln. tonna moyli palma mahsulotlari) i. ch. boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda turadi, tropik daraxt yogʻochidan yasalgan buyumlar, tamaki, kofe (yiliga 400 ming t), choy (250 ming t), ziravordorivorlar, shuningdek, baliq (yiliga 3 mln. tonna ovlanadi) va dengiz mahsulotlari yetkazib beruvchi eng katta davlatdir. Asosiy donli ekin — sholi, makkajoʻxori. Ayrim ekinlardan 2-marta hosil olinadi. Chorvachiligida qoramol (jumladan, buyvol), choʻchqa, echki, qoʻy, yilqi, parranda boqiladi. Indoneziya hududining 65% oʻrmon bilan qoplangan boʻlib, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoati. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi oʻrtacha 20% ni tashkil etadi. Konchilik sanoati byudjet tushmalarining anchagina qismini taʼminlaydi. Yiliga oʻrtacha 576 mln. barrel neft qazib olinadi. Neft konlari, asosan, Sumatra o. da, shuningdek, Yava dengizi va Makasar boʻgʻozida. Indoneziya suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda l-oʻrinda (yiliga 90 mlrd. m3 dan koʻproq gaz qazib olinadi), qalay qazib olishda 2-oʻrinda (30 ming t dan ziyod), nikel qazib olishda 4 – oʻrinda (2 mln. tonnadan koʻp) turadi. Kumir, mis, uran rudasining katta zaxiralari mavjud. Oltin, ku-mush, olmos xam qazib olinadi. Mahsulot i. ch. sanoatining asosini isteʼ-mol mollari: gazlama, tayyor kiyim-kechak, poyabzal, charm buyumlar, roʻzgʻorbop kimyoviy mahsulotlar, oziqovqat tashkil etadi. Sholi okdash, tamaki, qand-shakar, choy, yogʻ, ip gazlama, trikotaj, jut, qurilish materi-allari, farmatsevtika va poligrafiya, konditer korxonalari, mineraloʻgʻit va shina z-dlari bor. Hunarmandchilik rivoj topgan. Ilmfan yutuklari va yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlar: kemasozlik, samolyotsozlik, kimyo, neft kimyosi, avtomobil yigʻish, radioelektronika uzluksiz rivojlanmoqda. Energetika sohasida issiklik va gidroelektrstyalar soni koʻpayib, quvvati oshmoqda. Mintaqada quvvati 200 mVt ga ega boʻlgan birinchi geoter-mal (Yer qaʼridagi issiklikni elektr energiyaga aylantiruvchi) elektr st-ya ishga tushirilgan. Yiliga oʻrtacha 44,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.