Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə63/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Nizomiy nomidagi

Sakrovchi maymunlar yoki titilar Braziliya, Peru, Boliviya, Paragvay, Ekvador va Kolumbiyadagi daryolar yaqin joylarda baland va past daraxtlarda yashaydilar. Yerga kamdan - kam tushadilar.
Sakrovchi maymunlarning gavda tuzilishi hamma durukullarga o‘xshash, lekin burun katagi kengligi va uzunligi bilan hamda ularga nisbatan ko‘zining kichikligi bilan farqlanadi.
Titi maymunlarning yungi uzun, mayin va yorqin. Dumi mayin yungli, ushlash qobiliyatiga ega emas. Titilar kunduzi yoki shom bo‘lganda faol hayot kechiradilar. Juft - juft yoki 35 ta individdan iborat oila bo‘lib yashaydilar. Oila ishg‘ol qilgan areal unchalik katta bo‘lmaydi. Ikki oila to‘qnashib qolsa, dumlarini yerga urib qichqiradilar, erkaklari oilada ustunlik qilmaydilar. Olmaxonga o‘xshab sakrab mevalar, hasharotlar, mayda qushlarni ov qilib yashaydilar. Maymunlar tug‘ilgach, hamma g‘amxo‘rlikni ota o‘z bo‘yniga oladi va onaga faqat emizish davrida bolani beradi.
Shayton maymunlar yoki sakilar Amazonka qirg‘oqlarida yashaydilar. Ular ham mevalar, o‘simlik barglari, gullari, kichik qushlar, sichqonlar bilan oziqlanadilar. Daraxtlarda to‘rt oyoqlab tez harakatlanadilar. Ular o‘ynoqi maymunlar va durkullarga nisbatan yirik , 1400 -1600 gr atrofida bo‘lib, dumining uzunligi 25 - 55sm, gavdasining uzunligi 30 - 48sm. Gavdasi qalin, uzun yung bilan qoplangan. Burun katagi keng. Soqoli yo‘q. Keyingi oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun.Sakilar bittadan tug‘adi. Bolasi oldin qorin, keyin yelka tomonda yopishib yashaydi.
Paxmoq yungli sakilar shayton - saki maymunlar yashaydigan joyda yashaydilar. Ular shayton sakilarga qaraganda yirik 2700 - 3100gr vaznga ega, dumining uzunligi 35 - 38sm, gavda uzunligi 40 - 46 sm. Burun kataklari keng, burun teshik-lari ikki tomonga qaragan. Yungi qalin, uzun, qoramtir. Uzun soqoli bo‘ladi. Paxmoq yungli saki maymunlari kichik guruhdan iborat bo`lib, mevalar bilan oziqlanadi va gibbonlar singari suv ichadi. Ularning urchishi va rivojlanishi hali o‘rganilmagan.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin