Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə71/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
Nizomiy nomidagi

Gorilla avlodi. Shimpanze singari Afrikada yashaydi. Gavda uzunligi erkaklarida 180 sm, og‘irligi 250kg va undan ortiq. Urg‘ochilari biroz yengil va kichik. Gavdasi yirik, yelkalari keng, boshi katta. Ko‘z oralig‘i keng, chuqur joylashadi, burni keng, yuqorigi labi shimpanzelardan farq qilib qisqa, qulog‘i kichik boshga yopishgan. Yuz qismi yalang‘och, qora rangda, qo‘llari uzun, yungli barmoqlari bilan boshmaldoq qisqa, lekin boshqa barmoqlariga qarama -qarshi. Barmoqlari har xil funksiyalarni: uya qurish, ovqat ushlash kabilarni bajaradi. Oyoqlari kalta, tovoni uzun. Boshmaldoq chetga qaragan, boshqa barmoqlari pardalar bilan birlashgan. Yungi qisqa va qalin, qora rangda. Voyaga yetgan erkaklari yelkasida kumushsimon yo‘li bo‘lib, yuz qismida qisqa soqoli bor.
Gorilla avlodining bitta turi va ikkita kenja turi bor: qirg‘oq gorillasi va tog‘ gorillasi.
Bosh miyyasi 400 - 600 sm3, 460 gr.
1) Qirg‘oq gorillasi: Qalin, nam tropik o‘rmonlarda yashaydi. Ularning hayoti yaxshi o‘rganilgan.
2) Tog‘ gorillasi: tog‘ o‘rmonlarida yashaydi. Ular poda bo‘lib yashaydi (5-30 tagacha). Gorilla Shaller ma’lumotlariga ko‘ra 20 xil ovoz chiqaradi. Gorillalar kechasi uya quradilar, bir marta unda tunaydilar. Ular ba’zan yerga uya quradilar. Gorillalar tozalikka uncha rioya qilmaydilar. Har xil holatda kechasi uxlaydilar. 20 xil o‘simlik yovvoyi selder, krapiva, bambuk novdasi, daraxt po‘stlog`i bilan oziqlanadilar. Gorillalar yil davomida urchiydilar, Homiladorlik davri 251-259 kun, bitta bola tug‘adilar, bolasi nimjon, yalang‘och tug‘iladi, bir yil emizadi. Bolasining vazni 2kg. Odam bolasiga nisbatan ikki marta tez rivojlanadi, olti oyligida daraxtlarga chiqa boshlaydi. Qirg‘oq gorillasi 30 - 35 yoshga kiradi, tog‘ gorillasi 15 yilcha yashaydi.
Odamlar oilasi: 3ta ekvatorial (Avstalo - negroid) Yevropa - Osiyo (evropoid), Osiyo - Amerika (monogoloid) irqlariga bo‘linadi.
Ularning tanasi, sochi, ko‘zi qora rangli, soch shakli jingalak, to‘lqinsimon, tekis, burun, lab shakli va qalinligiga qarab farqlanadilar. Odamsimon maymunlar 25-30 mln yil oldin paydo bo‘lgan va Shimoliy Afrika, Janubi - Sharqiy Osiyoda ko‘plab uchragan.
Hozirgi vaqtga kelib, Osiyoda gibbonlar, (Hindi-Xitoy, Indoneziyada, Kalimantan va Sumatra orollarida) Afrikaning Kango va Nigeriya daryo atrofidan Shishkonve ko‘li, Kamerun va Gobangdada gorilla yashaydi. Hozirgi vaqtda tupaylarning 18 turi Janubi-Sharqiy Osiyoda, lemurlarning 18 turi Madagaskarda, qulpichoqlarning bir turi Madagaskarda, lorasimon maymunlarning 2 turi Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyoda, keng tovonlilarning 3 turi Filippin, Sumatra, Barneo orollarida . Koputsinsimon maymunlarning 37 turi (Markaziy va Janubiy Amerika) o‘ynoqi yoki tirnoqli maymunlarining 33 turi (Markaziy va Janubiy Amerika) Martishkasimon maymunlarning 58 turi (Afrika, Janubiy Osiyo) Odamsimon maymunlarning 11 turi (dunyo bo‘yicha) ma’lumotlariga ko‘ra, primatlar turkumiga 194 tur kiradi. Ularning 70 turi Yangi dunyoning tropik o‘rmonlarida 70tasi eski dunyoning o‘rmonlarida, qisman ochiq yerida va shu yerlarda 53ta tur chala maymunlar yashaydi.
Primatlar hasharotxo‘rlardan kelib chiqqan. Tupaylar hasharotxo‘rlar bilan primatlarni bog‘lovchi oraliq forma hisoblanadi. Ayrim olimlar hozir ham tupay-larni hasharotxo‘rlarga kiritadilar. Hasharotxo‘rlar yo‘ldoshli sutemizuvchilarning eng tuban vakillaridir. Ular Avstraliya va Janubiy Amerikadan tashqari, yer yuzining barcha joylarida uchraydi. Hasharotxo‘rlarga yerqazarlar, sichqonlar, tipratikanlar, krotlar, vixuxollar kiradi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin