Nizomiy nomidagi


Yirik odamsimon maymunlar oilasi yoki Pongidlar



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə69/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105
Nizomiy nomidagi

Yirik odamsimon maymunlar oilasi yoki Pongidlar: 3ta avlodga bo‘linadi.
Orangutan avlodi: bu avlodning bitta turi ikkita kenja turi bor. Uning bittasi Kalimantan orolida, ikkinchisi Sumatra orolida yashaydi. Orangutanlarda jinsiy dimorfizm kuchli rivojlangan. Masalan: Kalimantan orolidagi orangutanning erkagi 159kg, urg‘ochisining vazni 81kg. Ba’zilarida 200 - 250kg. Sumatra orolidagi orangutanlar, Kalimantan orolidagi orangutanlarga nisbatan anchagina kichik bo‘ladi. Uning erkaklari 70kg, urg‘ochilari 35 - 40kg atrofida bo‘lib, gavda uzunligi o‘rtasida urg‘ochi va erkaklarida farq kuzatilmaydi.Yunglari, ayniqsa, yelka tomonda uzun bo‘ladi. Rangi qizg‘ish – qo‘ng‘ir, yoshi ortgan sari to‘q sariq - qoramtir rangga kiradi. Sumatra orangutanlarining yungi biroz ochiq rangda bo‘ladi. Ularning peshonasi va yuqori jag‘lari biroz oldinga chiqqan. Tomoq ostida ovoz halqalari rivojlangan. Qo‘llari uzun, barmoqlari ham uzun, keng, bosh-maldog‘i rudiment holatda. Oyoqlari nisbatan kalta, barmoqlari uzun, lekin birinchi barmoq kalta bo‘ladi.
Orangutan – o‘rmon odami degan ma’noni bildiradi. Orangutanlar yerga kam tushadilar. Ular botqoqlik o‘rmonlarida, baland daraxtlarda yashaydilar. Oran-gutanlar sakramaydilar. Gibbonlar singari to‘rt oyoqlab tez harakatlanadilar. Oila bo‘lib yashaydilar, oilada ota-onalar va bolalari bo‘ladi. Daraxt shoxlari, barglaridan kechasi uya quradi. Ularning uyalari yerdan 10 - 20m balandlikda joylashgan bo‘ladi. Urg‘ochisi bolalari bilan bir uyada, erkaklari boshqa uyalarda uxlaydilar. Uyalari bir yoki bir necha kunda quriladi. Ular duryan daraxtining futbol koptogidek keladigan mevalarini archib yeydilar. Shuningdek, daraxt po‘stloqlari, barglari, qush tuxumlari bilan ham oziqlanadilar, suv ichadilar. Kun bo‘yi ovqat izlashadi. Orangutanlar ham tovush chiqaradilar. Homiladorlik 275 kun, bolasining og‘irligi 1200 - 1600 gr. Bolasini 3 - 4 yil onasi emizadi. 1964- yili dunyo bo‘yicha erkinlikda 3800 ta orangutan borligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda ularning soni ancha kamaygan.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin