Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə70/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Nizomiy nomidagi

Shimpanze avlodi. Ekvatorial Afrikadagi tropik yomg‘irli o‘rmonlarda, tog‘ o‘rmonlarida 3000m dengiz sathidan balandlikda uchraydi. Tana uzunligi 150sm, tana og‘irligi 45-50kg, ba’zan 80kg. Orangutandan farqli ravishda jinsiy dimorfizm unchalik yaxshi rivojlanmagan. Ular ko‘rishganda bir-biri bilan o‘pishib, quchoqlashib ko‘rishadi. Urg‘ochi va erkaklarining og‘irligining 90%ni gavda vazni tashkil qiladi. Qo‘llari oyoqlariga qaraganda uzun, kaftlaridagi barmoqlari ham uzun, lekin birinchi barmoq kichkina. Oyoqlaridagi birinchi barmoq yirik, boshqa barmoqlar orasida teri pardalari bor. Quloq suprasi yirik, odamnikiga o‘xshash, yuqori labi balandroq, burni kichik puchuq, yuzining, barmoqlarining, tovonlarining orqa tomonini ajin bosgan. Yungi qora, har ikki jins iyaklarida oq sochlar bo‘ladi. Terisi oqish, tana harorati o‘rtacha 37.20 ni tashkil qiladi.
Shinpanzening ikki turi bor: 1) oddiy shinpanze; 2) pakana shinpanze. Oddiy shimpanze Markaziy Afrikada tarqalgan. Shimpanze daraxtda va yerda /30% / kunduzi hayot kechiradi. Yerda to‘rt oyoqlab yuradi va tovoniga ko‘krak tayanch vazifasini o‘taydi. Ahyon - ahyonda ikki oyoqlab yuradi. Ularning qo‘llari daraxtda yashaydigan boshqa maymunlar singari changal vazifasini bajaradi. Boshmaldog‘i kichik bo‘lsa-da, boshqa barmoqlariga qarama-qarshidir. Shinpanzening barmoqlari har xil harakatlar: uya qurish, qurollarni ushlash, ulardan foydalanish, rasm solish vazifalarini bajaradi. Shimpanzelar guruh bo‘lib yashaydilar. Guruh a’zolari 20 – 25, hatto, undan ham ko‘p bo‘ladi. Janjal, tajovuzkorlik kam bo‘ladi. Bir - biri bilan munosabatlarida 30ga yaqin har xil ovoz chiqaradi. Ular yuz qiyofasini o‘zgartirib, o‘zining munosabatini bildiradi. Yig‘laganda ular ko‘zini chirt yumib, qattiq qichqiradilar, ko‘zidan yosh chiqmaydi. Yuz qiyofasi kulayotgan, qo‘rqqanlik, yig‘laganlik kabi holatlarni ifoda qiladi, salomlashadi, ko‘nikadi. Shimpanze daraxtlardagi uyalarida uxlaydi. Asosan o‘simliklar, suvli mevalar, barglar, yong‘oqlar, yosh novdalar, urug‘lar, daraxt po‘stloqlari, ba’zan chumolilar bilan ham oziqlanadilar. Shimpanzelar yil davomida urchishadi. Homilalik davri 225 kun, asosan, bitta ba`zan ikkita tug‘adi. Tug‘ilgan bolasi yalang‘och, nimjon, kuchsiz bo‘ladi. Uzoq vaqt uni onasi boqadi. 3-8 yoshli shimpanzelar ko‘proq o‘ynash bilan kun o‘tkazadi. Urg‘ochilar 6-10 yoshida, erkaklari 7-8 yoshida balog‘atga yetishadi. Ular 60 yoshgacha yashashi aniqlangan.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin