Nizomiy nomidagi


Mollyuskalar tipining filogeniyasi va kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə40/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Nizomiy nomidagi

Mollyuskalar tipining filogeniyasi va kelib chiqishi. Mollyuskalar tipining evolyusion jarayonda kelib chiqishi zoologiya fanida eng munozarali muammolardan biri hisoblanadi. Bir xil olimlar mollyuskalarning ajdodi halqali chuvalchanglar, boshqa olimlar esa yassi chuvalchanglar bo‘lgan deb taxmin qiladilar. Lekin hozirgi vaqtda dastlabki ikkilamchi bo‘shliq – selomga ega troxofor lichinkali hayvonlardan halqali chuvalchanglar singari mollyuskalar ham kelib chiqqan degan faraz ishonchli sanaladi. Halqali chuvalchanglarning evolyusiyasi tana tuzilishini metamerlanishiga, mollyuskalar evolyusiyasi esa ajdodlari singari metameriyani yo‘qotilishiga yo‘nalgan.
Mollyuskalar bilan halqali chuvalchanglarning qardoshligini tuban mollyuskalarning shaxsiy taraqqiyotida saqlanib kelayotgan troxofor lichinkasi ham isbotlaydi. Chunonchi yonbosh nervlilar va monoplakoforning ba’zi organlarida metameriya, narvon tuzilishdagi nervni mavjudligi ham ularning qardoshligidan dalolat beradi.
Mollyuskalar embriogenezida halqali chuvalchanglarga o‘xshash umumiy ajdoddan o‘tgan irsiy xossalar: urug‘langan tuxum hujayrani spiralsimon maydalanishi, mezodermani teloblastik ya’ni ektoderma va entoderma oralig‘idagi ikki va undan ortiq murtak hujayralardan hosil bo‘lishi ba’zi bir organlar boshlang‘ichini metameriyaligida namoyon bo‘ladi. Tuban mollyuskalarda ko‘p tukli chuvalchanglarga xos troxoforaga o‘xshash lichinkasi rivojlanadi.
Mollyuskalarning gipotetik ajdodini qiyofasi hozirgi vaqtda yashayotgan mollyuskalarning pleziomorf belgilariga asoslanib tiklanadi.
Taxmin qilinishicha birlamchi mollyuskalar bilaterial – simmetrik, tanasi unchalik baland bo‘lmagan, oyog‘i yassi muskulli, boshi tanadan kam alohidalashgan, kam qabariqli chig‘anoqqa ega hayvon bo‘lgan.
Faqat ekologik dalillarga asoslanib mollyuskalarni evolyusion yo‘nalishini chuqur ixtisoslanishga bog‘lash mumkin emas. Chig‘anoqlilar orasida birlamchi mollyuskalarga monoplakoforlar yaqin turadi. Ularning qazilma holdagi formalarida chig‘anoqlar kosasimon, konussimon, oddiy yoki tepa qismi spiralga aylangan ko‘rinishda bo‘lgan.
Evolyusion jarayonda monoplakoforasimonlardan hozirgi davrdagi barcha chig‘anoqli mollyuskalar kelib chiqqanligi taxmin qilinadi.
Boshoyoqli mollyuskalarni monoplakoforasimonlarning qadimgi formalarga qarindoshligini nerv sistemani tugunli bo‘lishi, selom bo‘shliqni rivojlanganligi, nautilidlar tanasidagi metamer izlari isbotlaydi.
Monoplakoforasimonlardan chamasi qorinoyoqlilar, kurakoyoqlilar, ikki pallalilar kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Qorinoyoqlilardan konussimon, spiralsimon, aylangan chig‘anoqni taraqqiy etishi bilateral simmetriyani buzilishiga sababchi bo‘lgan.
Ikki pallali mollyuskalarning bir butun chig‘anog‘i evolyusion jarayonda modifikatsiyaga uchrab ikkipallali chig‘anoqqa aylangan. Suv ostiga qisman botib yashashga ixtisoslanish va biofiltratsiya tufayli ularda bosh reduksiyaga uchragan.
Mollyuskalarning evolyusion jarayonida ekologik radiatsiya ro‘y bergan va oqibatda xilma-xil hayotiy formalar paydo bo‘lgan.


Savollar:

  1. Halqali chuvalchanglarga nisbatan mollyuskalar tana tuzilishidagi progressiv xossalari nimalardan iborat?

  2. Qorinoyoqli mollyuskalarning kelib chiqishini izohlang.

  3. Mollyuskalarning turli sinflari orasidagi filogenetik yaqinlikni isbotlang.

  4. Boshoyoqli mollyuskalarning filogeniyasi va ekologik radiatsiyasini bayon eting.

  5. Mollyuskalarning kelib chiqishini isbotlashda embriologik dalillar-ning ahamiyatini tushintirng?




Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin