Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə36/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105
Nizomiy nomidagi

Qorinoyoqli mollyuskalar. Dengizlarda, chuchuk suvlarda va quruqlikda yashaydilar. Ular orasida parazit formalar ham bor. Tanasi asimmetrik tuzilgan. Bosh qismida og‘iz, 1-2 juft paypaslagichlar va bir juft ko‘zlari bor. Oyog‘i odatda keng va yassi qorin o‘simtasidan iborat. Oyog‘ining ustida joylashgan tanasi spiral shaklda buralgan. Tanasining pastki tomonida mantiya burmalari ko‘zga tashlanadi. Mantiya spiralsimon chig‘anoq hosil qiladi.
Chig‘anoqning uchki qismi berk, ostki qismi ochiq bo‘lib, unda mollyuskani boshi va oyog‘i chiqib turadi. Qorinoyoqli mollyuskalarda chig‘anoq turli darajada reduksiyalashgan.
Shilliqqurtlar, yalong‘och, jab-rali, mollyuskalarda chig‘anoq yupqa plastinkadan tuzilgan bo‘lib, mantiya ostida joylashgan. Ba’zi suvda va quruqlikda yashovchi qorinoyoqlilarda chig‘anoq butunlay yo‘qolib ketgan. Suvda yashaydiganlar mollyuskalar mantiya bo‘shlig‘ida jabralar, quruqlikda hayot kechiradiganlarda esa o‘pka joylashgan.
Ovqat hazm qilish organlari og‘iz, halqum, unda joylashgan ikkita jag‘, hamda plastinkasimon muskulli tilcha, qirg‘ich – raduladan tuzilgan. Halqumdan keyin qizilo‘ngach, oldingi ingichka so‘ng o‘rta, orqa ichak va orqa chiqaruv teshigi keladi.
Bir qancha mollyuskalarda birlamchi ktenidiy (ikki tomonlama joylashgan) jabralar yo‘qolib, ularga mos keladigan nafas olish organlari paydo bo‘lgan va ular adaptiv jabralar deyiladi. Tuban mollyuskalarda yuragi qorincha va ikki bo‘lmadan iborat. Yurak qorinchasidan aorta boshlanadi va u ikki aorta tomirga ajraladi. Tomirlardan qon lakunlarga tarqaladi. Lakunlardan qon jabra yoki o‘pkaga boradi. Qon rangsiz, tarkibida amyobasimon hujayralar bor.
Tuban tuzilgan plastinka jabralilarda nerv gangliylari bo‘lmaydi yoki gangliylar kuchsiz rivojlangan. Yuksak qorinoyoqlilarda nerv tugunlari hosil bo‘ladi. Nerv gangliylar o‘zaro nerv stvollari orqali tutashgan.
Ayirish sistemasi bir juft uzun lentasimon buyraklardan tuzilgan. Ko‘pincha uning bittasi reduksiyaga uchraydi. Buyrakning kengaygan kiprikli uchi selomga ikkinchi uchi mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi.
Qorinoyoqlilar ayrim jinsli, germafrodit. Mollyuskalar chetdan urug‘lanadi. Urug‘lanish ichki va tashqi. Tuban vakillarining tuxumidan halqali chuvalchanglarniki singari troxofora lichinkasi rivojlanadi. Undan yelkanli – veliger lichinkasi hosil bo‘ladi. Jabrali qorinoyoqlilar lichinka-si metamorfoz orqali, o‘pkali qorinoyoqlilar metamorfozsiz voyaga yetadi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin