Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə35/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105
Nizomiy nomidagi

Savollar:

  1. Halqali chuvalchanglar misolida tanada selom bo‘lishini progressiv jihatlarini ochib bering.

  2. Halqali chuvalchanglardagi ikkilamchi tana bo‘shliqni tuzilishi, funksiya va kelib chiqishini yoriting.

  3. Halqali chuvalchanglarning yassi va to‘garak chuvalchanglarga o‘xshashligini isbotlang.

  4. Ko‘p tukli chuvalchanglarning suzishga va o‘troq holda yashashga ixtisoslanish belgilarini ayting.

  5. Kam tukli chuvalchanglarni tuproq orasida va o‘troq hayot kechirishga ixtisoslanish belgilari nimalardan iborat?

  6. Halqali chuvalchanglar orasida filogenetik bog‘lanishlarni sharhlang.

  7. Halqali chuvalchanglar ekologik radiatsiyaga nima sababdan yo‘liqqan?

  8. Halqali chuvalchanglarning kelib chiqishini tushuntiring.

12-Mavzu:Molluskalarning umumiy tasnifi, filogeniyasi hamda kelib chiqishi.
Reja
1. Mollyuskalarning umumiy tavsifi
2. Qorinoyoqli mollyuskalarning filogeniyasi va kelib chiqishi
3. Ikki pallali mollyuskalarning filogeniyasi kelib chiqishi
4. Boshoyoqli mollyuskalarning paleontologiyasi va filogeniyasi.


Tayanch tushunchalar va bilimlar: Mollyuskalarning umumiy tavsifi. Qorinoyoqli, plastinka jabrali va boshoyoqli mollyuskalarning tana tuzilishini o‘ziga xosligi. Ularning filogeniyasi va kelib chiqishi. Ammonitlar va belemnitlarning evolyusion ahamiyati.


Mollyuskalarning umumiy tavsifi. Mollyuskalar, halqali chuvalchanglarga o‘xshash troxofor lichinkali, ikkilamchi tana bo‘shlig‘i – selomga ega, zigotasi spiralsimon maydalanishi bilan farqlanadigan hayvonlar sanaladi. Halqali chuvalchanglardan farqli ravishda mollyuskalar tanasi halqalarga ajralmagan. Faqat ibtidoiy tuzilishli mollyuskalar sinf vakillarida organlar tuzilishida metameriya namoyon bo‘ladi. Bu o‘z navbatida qanday qilib mollyuskalar tanasi ametameriyali bo‘lib qolgan degan masalani jumboq bo‘lishga sababchidir.
Mollyuskalarga xos belgilar tubandagilardan iborat:
Nafas organlari ktenidiy deb ataluvchi jabralardan iborat. Jabralarning yuzasi tana yuzasidan bir necha marotaba ortiq. Teri orqali ham nafas olish ro‘y beradi. Quruqlikda tarqalgan mollyuskalar – qorinoyoqlilarda o‘pka bilan nafas olish kuzatiladi. Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon qon-tomirlar orqali oqish bilan birga organlar orasidagi lakunlar orqali ham oqadi. Yuragi ikki kamerali bo‘lib yurak oldi bo‘lmasi va yurak qorinchasidan tuzilgan.
Ayirish organi halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o‘xshash tuzilgan bir juft naysimon buyrakdan iborat.
Nerv sistemasi tuban mollyuskalarda narvon tipida (39-rasm) bo‘lib, halqali chuvalchanglarning shunday tuzilgan nerv sistemasini eslatadi. Ko‘pchilik mollyuskalarda nerv sistemasi tananing har xil joylarida tarqoq joylashgan nerv tugunlaridan tashkil topgan. Mollyuskalar ayrim jinsli, lekin germafroditlar ham uchraydi. Metamorfoz orqali rivojlanadi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin