Nizomiy nomidagi


-Mavzu:Hayvonot dunyosi. Tuban umurtqasiz hayvonlar. Bir hujayralilar kenja dunyosi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə27/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105
Nizomiy nomidagi

10-Mavzu:Hayvonot dunyosi. Tuban umurtqasiz hayvonlar. Bir hujayralilar kenja dunyosi.
Tayanch tushunchalar va bilimlar: Bir hujayrali hayvonlarning tuzilishi, xilma-xilligi, filogenetik bog‘lanishlari, kelib chiqishi. Kolonial formalari.

Hayvonlar o‘simliklar, zamburug‘lar kabi nihoyatda xilma-xil. Hozirgi vaqtda hayvonot dunyosini o‘rganish, uning yangi-yangi turlarini tasvirlash va sistemaga kiritish davom etmoqda. Agar bu ishlar poyoniga yetkazilsa zoolog olimlarning ta’kidlashicha hayvonlar turi 4 mln ga yetishi ehtimoldan holi emas.(32) Ilgari davrlarda yashagan hayvon turlari hozirga mavjud turlariga qaraganda bir necha marta ko‘p bo‘lgan. Lekin hozircha ularning qazilma holdagi 130 000 turi aniqlangan xolos. Bu esa paleontologik solnomani chalaligini isbotlovchi yana bir dalildir.


Bir hujayralilarga xivchinlilar,soxtaoyoqlilar, sporalilar, infuzoriyalar misol bo‘ladi. Bir hujayralilar orasida eng kichigi bo‘lib, hujayra ichidagi parazitlar hisoblanadi. Ularning kattaligi 3-4 mkm. Eng yirik bir hujayralilar ba’zi gregarinlar bo‘lib, tanasi 1000 mkm ga teng. Qazilma holdagi chig‘anoqli amyobalarning diametri 5-6 sm va undan ortiq bo‘lgan.Bir hujayralilarning shakli har xil. Radiolyariy tipidagilari ko‘p. Ba’zilarni tanasi ikki tomonlama simmetriyali – foraminaforalar. Amyobasimonlar, xivchinlilar ham o‘ziga xos tana shakliga ega.(20,21,22 -rasmlar) Sodda hayvonlarning hujayra tuzilishi eukariotlarnikiga o‘xshash sitoplazma bir yoki bir necha yadrodan iborat. Sitoplazma tashqi tomondan uch qavatli membrana bilan qoplangan. Membranalarning umumiy qalinligi 7,5 nanometr. Sitoplazma tashqi – ektoplazma va ichki – endoplazmadan tashkil topgan.
Endoplazmada hujayra organoidlari: yadro, mitoxondriyalar, ribosomalar, lizosomalar, endoplazmatik to‘r, Golji apparati, ulardan tashqari maxsus organellalar – tayanch, qisqaruvchi nozik tolalar fibrillalar, oziqani hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuollari bor. Yadro ikki qavatli membrana bilan o‘ralgan. Xromosomalar DNK va giston oqsildan tuzilgan.
Bir hujayralilar jinssiz va jinsiy usulda ko‘payadilar. Jinssiz ko‘payish hujayraning ikkiga yoki ko‘p bo‘lakka bo‘linish asosida ro‘y beradi.
Jinsiy ko‘payishning konyugatsiya usuli infuzoriyalarda kuzatiladi. Konyugatsiyadan oldin har bir infuzoriyadagi qo‘shaloq yadroning makronukleusi parchalanadi. Mikronukleus esa meyoz usulda bo‘linib 4ta gaploid yadroni hosil qiladi. Ularning uchtasi yemirilib, qolgan bittasi mitoz usulda ikkiga bo‘linadi. Ularning bittasi tanada qolib konyugatsiya paytida ikkinchi infuzoriyaga, ikkinchisining yadrosi esa birinchi infuzoriya tanasiga o‘tadi. Infuzoriyalardagi muqim yadro bilan “kelgindi” yadro o‘zaro qo‘shilib diploid xromosomali yadro – sinkarion barpo bo‘ladi. Har bir tufelkaning sinkarionidan keyinchalik mikronukleus va makronukleus shakllanadi. Yaqin vaqtga qadar bir hujayralilar bitta tipga kiritilar edi. Hozirgi paytda ular 7 tipga ajratilgan. Sodda hayvonlarni yettita tipga bo‘linganligi ularning tana tuzilishi, hayot kechirish tarzi nihoyatda turli-tuman ekanligidan dalolat beradi. Sodda hayvonlarning tana hujayra tuzilishi morfologik jihatdan ko‘p hujayrali hayvonlarning hujayralariga o‘xshash, lekin fiziologik jihatdan keskin tafovut qiladi. Ularda hujayraga xos modda almashish, oqsil sintez qilishdan tashqari ko‘p hujayrali organizmlarga taalluqli bo‘lgan oziqlanish, harakatlanish, ko‘payish, muhitning noqulay sharoitlaridan himoyalanish kabi funksiyalar ham namoyon bo‘ladi. Ayrim funksiyalar ko‘p hujayralilarda alohida organlar, to‘qimalar, hujayralar orqali amalga oshsa, bir hujayrali hayvonlarda ular hujayraning organellalari ishtirokida bajariladi. Hujayraning bo‘linishi ko‘p hujayrali hayvonlarda organizmni o‘sishiga, bir hujayralilarda esa ko‘payishga olib keladi. Binobarin sodda hayvonlar hujayra darajasidagi organizmlardir. Hozirgi vaqtda sodda hayvonlarning 39 000 turi aniqlangan. Har yili ularning yuzlab yangi turlari ma’lum bo‘lmoqda.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin