Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə26/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105
Nizomiy nomidagi

Lishayniklar zamburug‘ va suvo‘tlarning simbiozidan barpo bo‘lgan organizmdir. Lishayniklar ikki xil organizmlarning simbiozidan iborat ekanligi XIX asrning 60-yillarida ma’lum bo‘lgan. Lishayniklar tanasidagi zamburug‘lar suvo‘tini qurib qolishdan muhofaza qiladi va uni suv hamda mineral tuzlar bilan ta’minlaydi. Suvo‘tlar o‘z navbatida zamburug‘larga uglevodlarni yetkazib beradi. Lishayniklar tanasida ko‘proq sianobak-teriyalar – ko‘k-yashil suvo‘tlar bo‘ladi. Sianobakteriyalar atmosfera azotini o‘zlashtirib ularni zamburug‘larga beradi.
Lishayniklar tanasi tashqi tomondan zamburug‘ning zich va o‘zgargan gifalardan hosil bo‘lib, po‘st bilan o‘ralgan. Po‘st ostida suvo‘tining ayrim hujayralar yoki koloniyasini o‘rab turadigan juda ko‘p mitseliy ipchalari joylashgan. Lishayniklar tarkibida 20 000 zamburug‘ bo‘lib, ular asosan xaltalilarga mansub. Undagi suvo‘tlarning 90% ga yaqini yashil suvo‘tlari bo‘lib, ular asosan bir hujayrali hamda azot fiksirlovchi ipsimon nostoklardan iborat. Lishayniklar hayot uchun o‘ta noqulay muhitlarda tarqalgan. Tanasi tallomdan iborat. Lishay-niklar xilma-xil. Ular po‘stloq-simon, bargsimon va poyali xil-larga bo‘linadi, hosilsiz joylar-da tosh, qoyalarda, unumsiz tuproq-larda yashaydi. Lishayniklar vege-tativ ko‘proq tallomini bo‘laklarga ajralishi bilan ko‘payadilar. Lishaynik-lar tarkibidagi suvo‘tlar, zamburug‘lar mustaqil ravishda suvo‘tlar hujay-ralarni bo‘linish, zamburug‘lar jinssiz va jinsiy usulda ko‘payishi mumkin.
Savollar:

  1. Zamburug‘larning o‘simliklarga o‘xshashligini sharhlang.

  2. Zamburug‘lar qanday xossalari bilan hayvonlarga o‘xshash?

  3. Mikoriza hodisasini tushuntiring.

  4. Mikoriza qanday xillarga bo‘linadi?

  5. Zamburug‘ hujayrasida qanday organoidlar uchraydi?

  6. Zamburug‘lar orasidagi filogenetik aloqalarni tushuntiring.

  7. Zamburug‘lar qachon paydo bo‘lgan. Zamburug‘larning kelib chiqishi haqidagi mulohazalarni gapiring?

  8. Zamburug‘lar qanday usul bilan ko‘payadilar?

  9. Zamburug‘lardagi jinssiz ko‘payishning qanday xillarini bilasiz?




Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin