Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə13/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105
Nizomiy nomidagi

Qo‘ng‘ir suvo‘tlari orasida bir hujayradan tuzilganlari uchramaydi. Ular faqat dengizlarda yashaydilar, vaholanki yashil, tillarang suvo‘tlari ham dengiz ham chuchuk suvlarda tarqalgan. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning tanasi uzunligi 50 metrga boradigan ingichka iplar yoki lentalardan tuzilgan. Hujayralari sellyuloza pardadan iborat, u pektin qatlami bilan qoplangan. Qo‘ng‘ir suvo‘tlari dengiz, okean qirg‘oqlarida tarqalganlar. Qo‘ng‘ir suvo‘tlari rizoidlari yordamida dengiz ostiga mustahkam o‘rnashadi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarida nasllar gallanishi kuzatiladi. Tanasi bo‘linishi bilan ko‘payadi. Jinsiy urchish geterogamiya, yuksak vakillarida oogamiya.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining vakili bo‘lib yapon laminariyasi hisoblanadi. Uning tallomi 60 metrgacha borishi mumkin. Fukus, sargasslar ham qo‘ng‘ir suvo‘tlaridan sanaladi.(8-rasm)
Qo‘ng‘ir suvo‘tlar qadimgi o‘simliklardan bo‘lib, ular paleozoy erasining yotqiziqlaridan topilgan. Xloroplastlaridagi pigmentlarning va oziq moddalarining o‘xshashligi, ularning tillarang suvo‘tlaridan kelib chiqqan degan fikrga olib keladi.
Lekin, bir hujayrali formalarining yo‘qligi, tallomining murakkab tuzilganligi tillarang suvo‘tlari bilan aloqadorligini kamaytiradi.
Diatom suvo‘tlari. Asosan bir hujayrali bo‘lib, plankton suv oqimi orqali harakatlanadi. Ularning ko‘pchilgi suv ostida ham hayot kechiradi. (9-rasm) Diatom suvo‘tlarining ayrim turi kit terisida sariq parda hosil etadi. Ular dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Kattaligi 4-1000 mkm. dir. Hujayrasi qattiq ikki qavatdan tashkil topgan. U kremniy to‘rt oksidi SiO2 dan iborat. Qattiq ustki sovut qavatida juda ko‘p teshikchalar joylashgan. U 10-75% sathini egallaydi. Sellyulozali parda yo‘q, shunga ko‘ra sitopazma membranasi suv bilan aloqada bo‘ladi.
Hujayra tuzilishi ba’zi xossalari, qumtosh moddalardan iborat ustki pansirli mavjudligi bo‘yicha tillarang suvo‘tlariga yaqin.
Qizil suvo‘tlari. Suvo‘tlari orasida eng takomillashgan vakil sanaladi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlari kabi dengizlarda tarqalgan. Chuchuk suvlarda faqat ayrim turlari uchraydi. Diatom suvo‘tlaridan farqli ravishda qizil suvo‘tlar dengiz tubida uchraydi, plankton holida bo‘lmaydi. 200 metr chuqurlikda ya’ni quyosh nuri kam bo‘lgan joylarda ham yashashiga sabab, ularning pigmentlaridir. Xlorofill ham korotin, ksantofillardan tashqari ular hujayrasida qizil pigment fikoeritrin va ko‘kish rang beruvchi fikotsian pigmentlari uchraydi. Suvo‘tining rangi qanday chuqurlikda joylashishiga bog‘liq. Masalan sayoz suvlarda ularning rangi sariq-yashil yoki havorang, chuqurroqda pushtirang, yanada chuqurroqda qizil rangda bo‘ladi.
Fotosintez ko‘k nurlarda bo‘ladi. Chunki bu nurlar suvning chuqur joylariga yetib boradi. Fotosintez natijasida hayvon kraxmali – glikogenga yaqin uglevod sintezlanadi. Ularda xivchinlar gametalarida ham bo‘lmaydi. Jinsiy hujayralari amyobaga o‘xshash harakatlanadi, sporalari suv oqimi bilan tarqaladi. Tanasi plankali, tarmoqlashgan bo‘lsada uzun emas, suv ostida qalin to‘p hosil qiladi.
Korallardan farqli o‘laroq haqiqiy suvo‘tlari uzoq shimoliy dengizlarda ham uchraydi.
Qizil suvo‘tlari sporalar hamda jinsiy yo‘l bilan ko‘payadilar. Jinsiy organi ancha murakkab tuzilgan. Urg‘ochi jinsiy organi karpogon butilkasimon. Uning pastki qismi keng, yuqori qismi – bo‘yinchasi tor. Erkak jinsiy organi to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Anteridiylarda harakatsiz spermatozoidlar yetishadi va ular suv oqimi bilan karpogonga borib tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘langan tuxum hujayra o‘sib ipchalar bog‘lamini hosil qiladi. Ular uchida xivchinsiz spermatsiy yetishadi. Xivchinsiz spermatsiy tinim davrini o‘tgandan keyin yangi individni hosil etadi.
Qizil suvo‘tlar qadimgi suvo‘tlardan bo‘lib, qoldiqlari bo‘r davri yotqiziqlaridan topilgan. Ko‘pchilik olimlar qayd etishicha qizil suvo‘tlar
arxeyning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan. Qizil suvo‘tlarning boshqa suvo‘tlar bilan qarindosh aloqalari juda kam. Ko‘k-yashil suvo‘tlaridan biror o‘xshashlik tomonlari bor.
Qizil, qo‘ng‘ir, yashil suvo‘tlarining xloroplastlari chamasi har xil bakteriyalarni geteratrof eukariot hujayra bilan simbiogenezi natijasida paydo bo‘lgan. Qizil suvo‘tlarining xloroplastlarida xlorofil va fikobilin bo‘lib, chamasi geteratrof eukariot hujayrasi qadimgi sianobakteriyalar bilan simbiogenezi, yashil suv o‘tlari esa proxloran bakteriyasi bilan simbiogenez tufayli kelib chiqqan deb qaraladi. Qayd etilgan dalilga asoslanib ko‘p olimlar qizil suvo‘tlarning xloroplastlari sianobakteriyalardan kelib chiqqan degan fikrni quvvatlaydilar. Masalan tarkibida fikoeritrin, fikoksantil pigmentiga, kraxmal ko‘k-yashil suvo‘tlarnikiga o‘xshash. Har ikki suvo‘tlar guruhida harakatchan davr yo‘q. Shunga qaramay ko‘k-yashil va qizil suvo‘tlari mustaqil ravishda rivojlangan deb qaraladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin