Nizomiy nomidagi


Tuban o‘simliklar. Suvo‘tlar va ularning filogeniyasi hamda kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə11/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105
Nizomiy nomidagi

Tuban o‘simliklar. Suvo‘tlar va ularning filogeniyasi hamda kelib chiqishi.
Tuban o‘simliklar ba’zan suvo‘tlar deb ataladi. Bu unchalik to‘g‘ri emas. Chunki suvda yuksak o‘simliklar ham uchraydi. Bundan tashqari suvo‘tlar faqat suvda emas, nam tuproqlarda ham yashaydi. Ular orasida bir hujayrali, koloniya holda yashaydigan va ko‘p hujayrali tanaga ega bo‘lgan formalar bor. Bir hujayrali suvo‘tlar xivchinlari yordamida harakatlanadilar. Ularning ba’zilari to‘garak, ipsimon yoki plastinkasimon ko‘rinishdagi koloniyani hosil qiladi. Murakkab tuzilgan suvo‘tlar lentasimon bo‘g‘imlardan tashkil topgan. Suvo‘tlarda ildiz shakllanmagani uchun ular butun tanasi bilan suv va undagi mineral moddalarni shimib oladilar. Ularda poya, barg o‘rnida tallom mavjud. Bir hujayrali suvo‘tlar bo‘linish, koloniyalilar (7 – rasm), ko‘p hujayrali suvo‘tlar tallomni bo‘laklarga ajralishi, shuningdek, xivchinli zoosporasi orqali ko‘payadilar. Jinsiy ko‘payish izogamiya, geterogamiya, oogamiya yo‘li bilan amalga oshadi. Izogamiyada jinsiy hujayralar – gametalar bir xil, geterogamiyada har xil shaklda, oogamiyada esa tuxum hujayra harakatsiz, erkak jinsiy hujayra esa harakatchan holda bo‘ladi. Ba’zi suvo‘tlarda gametalar hosil bo‘lmaydi. Ular kon’yugatsiya yo‘li bilan urchiydi. Suvo‘tlar hayot siklida gaplofaza va diplofaza kuzatiladi.
Suvo‘tlar bir-biri bilan unchalik qardosh bo‘lmagan bir necha guruhlardan tashkil topgan.
Hozirgi vaqtda suvo‘tlarning yashil, tillarang, qo‘ng‘ir, diatom, qizil, pirofitsimon, evglenasimon bo‘limlari bor. Qizil, qo‘ng‘ir suvo‘tlar okean, dengizlarda 100-200 metr chuqurliklarida tarqalgan. Quruqlikda diatom, yashil, qisman tillarang turi yashaydi. Olimlar fikricha qadimgi davrlarda suvo‘tlarning barcha bo‘limlari xivchinlari bilan harakatlanadigan bir hujayralilardan paydo bo‘lgan. Tuzilishini murakkablanishi harakatlani-shni yo‘qolishi evaziga ko‘p hujayrali suvo‘tlar paydo bo‘lgan. Buning muhim isboti, urchish jarayonida harakatchan – xivchinli stadiya, vegetativ holati harakatsiz ekanligidir.
Suvo‘tlar bo‘limlarini tarixiy taraqqiyotida parallelizm kuzatiladi. Bu suvo‘tlarning har xil bo‘limlarida morfologik differensiyatsiyaning analogiyasida namoyon bo‘ladi. Qayd etilgan parallelizm ularning ajdodlari bir hujayrali xivchinlilar bo‘lishida hamda quruqlikka nisbatan ular yashayotgan tashqi muhitning bir xilligidadir. Bir hujayrali suvo‘t formalarini ko‘p hujayralarga koloniyasiz o‘tishi ham parallelizmga misol bo‘ladi. Hujayra qobig‘ini sellyulozadan tashkil topganligi, biror narsaga yopishib hayot kechirishi suvo‘tlarning tallomini rivojlanishiga sababchi bo‘lgan.
Suvo‘tlar hujayrasini xossalaridan biri xromatofor – xloroplastlarning bo‘lishidir. Pigmentlarning soniga va xiliga qarab xromatoforalarda alohida tanacha – pirenoidlar joylashgan bo‘lib, ular kraxmal sintezlovchi markaz hisoblanadi. Xromatoforalar sitoplazmani tashqarisidagi ibtidoiy plastinkadan tortib, alohidalashgan spiralsimon va bukilgan lentasimon, keyin yuksak o‘simliklarniki singari donador bo‘ladi. Xromatoforalar tashqi tomondan ba’zilari ikki, uch yoki to‘rt qavat membrana bilan o‘ralgan.
Jinsiy ko‘payish davrida paydo bo‘lgan zigota qalin qobiq bilan qoplanib, tinim holatda noqulay sharoitga bardosh beradi. Zigotadan yangi individ rivojlanadi. Boshqa holatlarda undan zoosporalar hosil bo‘lib, yangi naslni vujudga keltiradi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin