Nizomiy nomidagi


Individ – ayrim o‘simlik, hayvon, organizm. Kalamitlar –



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə100/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Nizomiy nomidagi

Individ – ayrim o‘simlik, hayvon, organizm.
Kalamitlar – bo‘g‘imli o‘simliklarni toshko‘mir davrida tarqalgan daraxtsimon vakili.
Kordaitlar – ochiq urug‘lilarni toshko‘mir davrida rivojlanib, permda qirilib ketgan daraxt holatdagi vakili.
Kambiy – ikkilamchi yog‘ochlik va lub tolalari o‘rtasidagi silindrik meristema. Kambiyda lub tola va yog‘ochlik hujayralari rivojlanadi.
Karpogoniy – qizil suvo‘tlarning urg‘ochilik jinsiy organi.
Lepidododrenlar – plaunlarning toshko‘mir davrida tarqalgan daraxtsimon vakili.
Mezofil – bargning ustki, ostki qobig‘i orasidagi parenxima hujayralarining to‘plami.
Oogamiya – jinsiy jarayonda rivojlangan onalik jinsiy hujayraning yirik va harakatsiz, erkaklik gametani esa kichik, harakatchanligi.
Periderma – o‘simliklardagi probkadan iborat tashqi himoya to‘qima.
Plazmolemma – o‘simlik hujayra qobig‘iga ichki tomondan yopishgan protoplazmaning tashqi qismi.
Prozenxima – hujayralari bir tomonga cho‘zilgan uchli qalin devorli lub tolalari.
Prokariotlar – membrana bilan qoplangan. Yadroga ega bo‘lmagan hujayralar.
Protostela – o‘zaksiz faqat yog‘ochlik va lub tolalardan tashkil topgan poya. Prostostela psilofitlar va qadimgi qirqquloqlarda bo‘lgan.
Sagovniklar – perm davrida paydo bo‘lib hozirgacha tropiklarda yashayotgan palmalarga o‘xshash ochiq urug‘li, urug‘li qirqquloqlarga yaqin.
Sifonostela – o‘zagi parenxima hujayralari va uning atrofidagi bir-biriga birikkan yog‘ochlik lub tolalaridan iborat naylardan tuzilgan poya. Sifonostela evolyusion jarayonda protostelani o‘zgarishidan kelib chiqqan.
Sklerenxima – qattiq qalin qobiqli prozenxima hujayralardan tashkil topgan mexanik to‘qima.
Sporofill – sporangiy hosil qiluvchi barglar. Qirqquloqlar, bo‘g‘imli ba’zi plaunlarda uchraydi.
Stela – o‘tkazuvchi to‘qimadan iborat markaziy silindr.
Strobil – plaunlar va qazilma holdagi o‘simliklarning o‘sishi cheklangan sporali novdasi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin