Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə99/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105
Nizomiy nomidagi

Izohli lug‘at (26)
A – botanika bo‘yicha
Avtotrof – anorganik moddalardan organik modda hosil qiluvchi yashil o‘simliklar, ba’zi bakteriyalar.
Anteridiy – yo‘sinlar, qirqquloqlar, bo‘g‘imlilar, plaunlar, ba’zi suvo‘tlar, zamburug‘larning erkaklik jinsiy organi.
Anabioz – noqulay sharoitda organizmlardagi hayotiy jarayonlarning nihoyatda sustlashishi, tiriklikka xos belgi-xossalarni deyarli namoyon bo‘lmasligi.
Arxegoniy – yo‘sinlar, qirqquloqlar, ochiq urug‘lilarning urg‘ochi jinsiy organi.
Anaerob – molekulyar kislorod bo‘lmagan muhitda ham yashovchi organizmlar.
Aerob – molekulyar kislorodli muhitda yashovchi organizmlar.
Bakteriya – prokariot organizm.
Bakteriofag – bakteriya hujayrasida parazit holda yashovchi virus.
Bennettitlar – trias – bo‘r davrlarida yashab so‘ngra qirilib ketgan ochiq urug‘lilar. Ba’zi olimlar ulardan gulli o‘simliklar kelib chiqqan deb hisoblaydilar.
Viruslar – o‘simlik, hayvon, odam hujayralarida kasallik hosil etuvchi hujayrasiz organizmlar.
Gigrofitlar – suvli muhitda yashashga moslashgan o‘simliklar.
Ginetsey – yopiq urug‘lilar gulining mevabarglari.
Ginkgolar – qadimgi ochiq urug‘lilarning hozirga qadar yashayotgan turi.
Geterogamiya – jinsiy jarayonda hosil bo‘lgan gametalarning hajm jihatdan har xil bo‘lishi.
Geterotrof – tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar – hayvonlar, zamburug‘lar, ko‘pchilik bakteriyalar.
Gomogamiya – ikki jinsli gullarda chang va onalik tumshuqchasini bir vaqtda yetilishi.
Dixotomik shoxlanish – o‘sish konusini ikkiga ajralib ikki bir xil shoxlarni hosil qilishi.
Zigomitsetlar – yerda yashovchi tuban zamburug‘lar – mukor.
Izogamiya –o‘xshash gametalarni yadrolarini o‘zaro qo‘shilishi. Yashil suvo‘tlarining jinsiy ko‘payishida va ba’zi bir hujayrali hayvonlarda kuzatiladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin