Nizomiy nomidagi


-Mavzu: Sporali o’simliklarning filogeniyasi va kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə15/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105
Nizomiy nomidagi

6-Mavzu: Sporali o’simliklarning filogeniyasi va kelib chiqishi


Tayanch tushunchalar va bilimlar: Suvo‘tlarining quruqlikka chiqishi. Sporali yuksak o‘simliklarning paydo bo‘lishi. Quruqlikdagi sporali yuksak o‘simliklarning vakillari: proteridofitlar, psilofitlar, riniyalar, moxsimonlar, plaunsimonlar, qirqquloqlar. Ularning o‘ziga xos tana tuzilishi, ko‘payishi, paleontologiyasi, filogeniyasi, kelib chiqishi.

Sporali yuksak o‘simliklarning kelib chiqishi to‘g‘risida botaniklarda ikki xil qarash bor. Birinchi qarashga muvofiq yashil suvo‘tlaridan tarixiy jarayonda propteridofitlar kelib chiqqan. Ular esa barcha sporali yuksak o‘simliklar uchun ajdod boshi sanaladi. Ikkinchi qarashga ko‘ra propterido-fitlar va moxsimonlar bir-biridan mustasno suvo‘tlaridan tarqalganlar.


Paleobotaniklarning guvohlik berishicha propteridofitlar paleozoy erasini silur davrida keng tarqalgan. Qazilma holdagi propterido-fitlarning qoldiqlari Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Avstraliya, Afrikada topilgan. Ular dixotomik shoxlangan, past bo‘yli o‘simlik bo‘lib, barg, ildizlari bo‘lmagan. Ildizlar o‘rnida rizoidlar, barglar o‘rnida kichik o‘simtalar rivojlangan. O‘tkazuvchi sistemasi nihoyatda oddiy tuzilgan. Pro-pteridofitlardan psilofitlar, riniyalar suv havzalarining chetlarida, botqoq yerlarda yashagan. Psilofitsimonlarning bo‘yi 5-6 sm, o‘tkazuvchi sistemasi traxeidlardan iborat, riniyalarni poya uzunligi 20-50 sm, diametri 2-3 mm bo‘lgan.
Psilofitlar poyasi mayda bo‘rtmalar bilan qoplangan. Tomirlanish shakllanmagan.
Propteridofitlar keyinchalik plaunlar (evolyusiyani mikrofill yo‘nalishi), qirqquloqlar (evolyusiyani makrofill yo‘nalishi) hamda qirqbo‘g‘imlilar uchun ajdod boshi sanaladi. Ularni yo‘sinlar bilan bog‘liqligi aniqlanmagan. Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlarni yanada konkretlashtirish maqsadida quyida quruqlikka yashashga o‘tgan sporali yuksak o‘simlik bo‘limlari haqida so‘z yuritiladi.
Suvo‘tlarning quruqlikda yashashga o‘tgan vakillarini o‘zgarishidan kelib chiqqan qadimgi sporali o‘simliklardan biri moxsimonlar bo‘lib, ularning ba’zibir namunalari – jigar moxi, bargli yo‘sinlar hozirga qadar yetib kelgan.(12-rasm)

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin