Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə12/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105
Nizomiy nomidagi

Yashil suvo‘tlari. Yuksak o‘simliklarniki singari xromatoforalar α va β xlorofill, qizg‘ish-cariq rangidek karotinoid pigmentlariga ega. Sariq pigment ksantofill kam va u xlorofill pigmentini maskirovka qilmaydi. Bir hujayrali, ko‘p hujayrali vakillari bor.
Bir hujayralilarga evglena, xlorokokk, xlorella vakil bo‘ladi.
Ko‘pchiligida xivchinlar bo‘lib, ular yordamida harakatlanadilar. Bir hujayralilarning harakatsiz formalari koloniya hosil qiladilar.
Gonium turkumiga mansub yashil suvo‘ti koloniyasi 16, pandorina, eudorina turkumlari esa 16-32 hujayradan tashkil topgan koloniyali bo‘ladi.
Volvoks koloniyasi 50 000 tagacha hujayradan tashkil iborat. Har bir hujayrasida ikkitadan xivchin bor. Lekin protokkoilarda xivchin bo‘lmaydi. Xivchin faqat zoosporalarda rivojlangan. P. Reyvn, R. Evert, S. Aykxorlar-ni qayd etishicha 430 million yil muqaddam yashil suvo‘tlari qirg‘oqdan quruqlikka chiqqan va dastlabki quruqlikka tarqalgan sporali o‘simliklarning ajdodi bo‘lishi mumkin degan fikrni ilgari surganlar.
Yashil suvo‘tlari uzoq o‘tmishda evglenalardan kelib chiqqan. Shu bilan birgalikda bioximik tekshirishlar yashil suvo‘tlarning xlorofill pigmentlari va karotinoidlar fotosintezlovchi bakteriyalarga yaqinligini ko‘rsatadi. Binobarin yashil suvo‘tlarning xloroplastlari yashil Prochloron bakteriyalardan kelib chiqqan deb aytish mumkin. Chunki bu bakteriyalarda α va β xlorofill, hamda qizg‘ish-cariq rang pigmentlar bor.
Evglenalar xloroplastlarini yo‘qotish orqasida geterotrof oziqlanishi mumkin. Ular bakteriyalarni ham tutib yeyishlari isbotlanilgan. Binobarin evglenalar ham autotrof ham geterotrof oziqlanuvchi zoofit sanaladi. Avstraliyada bundan 900 mln yil muqaddam yashagan bir hujayrali suvo‘tlar topilgan. Chamasi qirg‘oqqa yaqin suvlarda yashaydigan yashil suvo‘tlaridan ulotriks, xaralar silur davrida dastlabki quruqlikda yashovchi o‘simliklarni kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan deb qarovchi olimlar ham bor.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar tillarang suvo‘tlarning ajdodlari qo‘ng‘ir va diatom suvo‘tlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan degan fikrni quvvatlaydilar.
“Hozirgi zamon botanikasi” kitobida qayd etilishicha Avstraliyada bundan 900 mln yil muqaddam ya’ni kembriy davriga tegishli Yer qatlamlarida bir hujayrali yashil suvo‘tlari topilgan.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin