Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə10/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
Nizomiy nomidagi

Savollar
1.Eukariot hujayra bilan prokariot hujayrani taqqoslang va ular orasidagi farqlarni tushuntiring.
2.Eukariot hujayra tarixiy jarayonda qanday paydo bo‘lgan?. Bu xaqdagi L.Morgulis farazini sharxlang.
3.O‘simlik, hayvonlardagi filogenetik bog‘lanishlarni isbotlovchi qanday fan dalillari bor?
4.O‘simliklarda qanday to‘qimalar taraqqiy qilgan?
5.Yuksak o‘simliklarda qanday organlar mavjud?
6.O‘simlik hujayrasi bilan hayvon hujayrasi orasida qanday o‘xshashlik va farq bor?
7.Yuksak hayvonlarda qanday to‘qimalar rivojlangan?
8.Nerv to‘qimasini vazifasini tushuntiring.
9.Nima sababdan yuksak hayvonlarda nerv sistemasi rivojlangan o‘simliklarda ular taraqqiy qilmagan?
10.To‘qima tushunchasiga ta’rif bering.
11.Filogenetik bog‘lanishlarni isbotlovchi molekulyar genetik dalillarni tushuntiring.
12.Nima uchun hayvonlar doimo harakatda yuksak o‘simliklar esa o‘troq hayot kechiradi?
13.Yuksak hayvonlardagi organlar sistemalarini sharxlab bering.
14.Filogenetik bog‘lanishlarni isbotlashga embriologik fan dalillarini o‘rnini tushuntirib bering.


5-Mavzu:O‘simliklar dunyosi va ularning xilma – xilligi filogeniyasi va kelib chiqishi.
XX asrning o‘rtalarigacha o‘simliklar dunyosi tuban (bakteriyalar, suvo‘tlar, shilimshiqlar, zamburug‘lar, lishayniklar) va yuksak o‘simliklarga ajratilgan edi. Fanning keyingi yutuqlari zaminida bakteriyalar prokariotlarga mansubligi, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar singari alohida dunyoga ajratilganligi sababli, tuban o‘simliklar iborasi mazmunan o‘zgardi. Hozirgi vaqtda o‘simliklar dunyosi to‘rtta kichik dunyoga qizil suvo‘tlar, haqiqiy suvo‘tlar, quruqlikda yashovchi sporali o‘simliklar va urug‘li o‘simliklarga bo‘linadi. Qizil suvo‘tlar va haqiqiy suvo‘tlar birgalikda tuban o‘simliklar yoki oddiy qilib suvo‘tlar deb ataladigan bo‘ldi.
Barcha o‘simliklar autotrof organizmlardir. Lekin o‘simliklar orasida geterotrof oziqlanuvchilar ham uchraydi. Bularga qisman hasharotxo‘r hamda parazit hayot kechiruvchi o‘simliklar (zarpechak, devpechak) misol bo‘ladi. Tuban o‘simliklar tanasi ildiz, poya, barglarga bo‘linmagan. Yuksak o‘simliklarda turli xil to‘qimalar, ildiz, poya, barg rivojlanadi. Yuksak o‘simliklar sporali o‘simliklar va urug‘li o‘simliklarga ajraladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin