Nizomiy nomidagi


-Mavzu:Hujayrali organizmlar: prokariotlar va eukariotlar



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə6/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Nizomiy nomidagi

4-Mavzu:Hujayrali organizmlar: prokariotlar va eukariotlar

Tayanch tushunchalar va bilimlar: Bakteriyalarning tuzilishi va xilma- xilligi, oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi. transformatsiya xodisasi arxebakteriya, sianobakteriyalar. Bakteriyalarning kelib chiqishi. Eukariot hujayralarning prokariotlardan farqi. Uning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar. O‘simliklar dunyosini tuban va yuksak formalari. Suvo‘tlarni tasnifi, bo‘limlari yashil, qo‘ng‘ir, diatom, qizil suvo‘tlar. Suvo‘tlarning o‘ziga xos tuzilishi, yuksak o‘simliklardan farqi, kelib chiqishi.

Inson atrofini o‘rab turgan o‘simlik, hayvonlardan tashqari juda mayda organizmlar ham borki, ularni faqat mikroskop yordamida ko‘rish mumkin. Ana shu mayda organizmlar mikroblar (yunoncha micros – mayda) deb ataladi. Mikroblar orasida eng katta guruhni bakteriyalar tashkil etadi. Ular tuproqda, suvda, havoda, xatto Arktika, Antarktida muzliklarida xam uchraydi. Okean biomassasining 90% ini bakteriyalar tashkil etadi. Bir gramm unumdor tuproqda 2,5 milliard bakteriyalar bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarni dastlab XVII asr oxirida mikroskop orqali gollandiyalik tabiatshunos Antuan Levenguk ko‘rgan. Viruslarga qaraganda bakteriyalar yirik bo‘lib, 0,1-15 mkm atrofida.


Bakteriyalar shakl jihatdan turlicha. Ular orasida sharsimon (kokk), tayoqchasimon (batsilla), buralgan (vibrion) va spiralsimon ko‘rinishdagilari bor. Bakteriya tanasi mureindan tuzilgan qobiq bilan o‘ralgan.(2-rasm) Bakteriya sitoplazmasida membrana bilan o‘ralgan yadro uchramaydi. Nuklein kislota halqasimon shaklda bo‘lib, u nukleoid yoki genofor deb ataladi. Nukleoidda genlar gaploid holatda bo‘ladi. Sitoplazmasida organellalardan ribosomalarni ko‘rish mumkin. Ko‘pchilik bakteriyalar xivchin yordamida harakatlanadilar. Xivchinlar bir nechta bo‘lishi mumkin. Oziqlanishiga ko‘ra bakteriyalar autotrof, xemotrof va geterotrof guruhlarga bo‘linadilar. Bakteriyalarda ro‘y beradigan fotosintez jarayonida molekulyar kislorod erkin holda ajralmaydi.
Bakteriyalar bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadilar. Jins bo‘lmasada, ularda sodir bo‘ladigan kon’yugatsiya, hamda bakteriofaglar ishtirokida amalga oshadigan transformatsiya hodisalari tufayli irsiy omillar – genlarni bir bakteriyadan boshqa bakteriyaga o‘tishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Bakteriyalar tuzilishi jihatdan ibtidoiy, hayot kechirishi tarqoq bo‘lishiga qaramay fiziologik, bioximik xossalari bo‘yicha nihoyatda xilma-xil bo‘lib, moddalarni dunyo bo‘ylab davriy aylanishida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin