Nizomiy nomidagi


Bakteriofaglarning tuzilishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə5/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Nizomiy nomidagi

Bakteriofaglarning tuzilishi. Bakteriofag tanasi oqsilli qobiq – kapsid bilan o‘ralgan, noksimon shaklda, uning bosh qism, ichi kovak, dum qism hamda dum iplari bor. Uning bosh qismida DNK joylashgan. Dum qismi muskulsimon bo‘lib, qisqarish va uzayish xossasiga ega. Odatda bakteriya qobig‘iga o‘rnashgan bakteriofagning muskulsimon dum qismi qisqarib, uzayib boshchasidagi DNK molekulasini bakteriya tanasiga itarib kiritadi. Bakteriofag qobig‘i – kapsidi esa bakteriya tashqarisida qoladi.
Bakteriya hujayrasiga kirgan fag DNKsi sitoplazmada reduplikatsiya-lanadi, ya’ni o‘ziga o‘xshash fag DNKlarini hosil qiladi. Ribosomalarda esa fag oqsili sintezlanada va u DNK ni o‘rab olib, bakteriofag kapsidini shakllantiradi. Bakteriya nobud bo‘lgach bakteriofaglar tashqariga chiqadilar.
Viruslarning kelib chiqishi. Viruslarning sodda tuzilganligi alohida moddalar almashish aparatiga ega emasligini nazarda tutib viruslar dastlab paydo bo‘lgan organizmlar degan xulosaga kelmaslik lozim. Chunki viruslar hujayra ichidagi parazitlar sanaladi.
Viruslarning kelib chiqishi to‘g‘risida turli farazlar ilgari suril-gan. Bir farazga binoan viruslar bakteriyalarni parazit holda hayot kechiri-shi natijasida paydo bo‘lgan. Ikkinchi farazga ko‘ra viruslar hujayra organoidlari – mitoxondiyalar, xloroplastlarning soddalashishidan, uchinchi faraz bo‘yicha irsiyatning moddiy asoslari nuklein kislotaning “yovvoyi-lashgan” boshqacha aytganda himoya qobig‘iga o‘ralib, hujayra ichiga kirish qobiliyatiga ega bo‘lgan irsiy zarrachalardan paydo bo‘lgan. Keyingi vaqtda turli o‘simliklarda parazitlik qiluvchi qobiqsiz ribonuklein kislota zarrachalar – viroidlar kashf qilindi. Mazkur kashfiyot viruslar genetik apparatining alohidalashgan va tashqi ta’sirotlardan himoyalangan bir qismi degan faraz haqiqatga yaqinroq ekanligidan darak beradi. Qaysi faraz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligidan qat’iy nazar viruslar bundan 3 milliard yillar muqaddam dastlabki prokariotlar va eukariot organizmlar tarixiy jarayonida taraqqiy qilgandan so‘ng paydo bo‘lganlar va ular organik olam evolyusiyasi jarayonida ma’lum rol o‘ynaganlar degan xulosaga kelish mumkin.(23)
Savollar:

  1. Viruslar tuzilishini tushuntiring.

  2. Viruslarning kelib chiqishi haqida qanday farazlar bor?

  3. Viruslar boshqa organizmlardan nimalari bilan farqlanadi?

  4. Viruslar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?




Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin