Nizomiy nomidagi


-mAVZU: Organik olam xossalari



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə3/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Nizomiy nomidagi

2-mAVZU: Organik olam xossalari.


Organik olam xossalari. Bizni atrofimizni o‘rab turgan tabiat anorganik va organik olamdan tashkil topgan. Organik olam anorganik olamdan bir qancha xossalari bilan farqlanadi.
Moddalar va energiya almashinuvi. Organik olam vakillarida doimo moddalar almashinuvi ro‘y beradi. Organizmlardagi moddalar almashinuviga asosini bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan assimilyatsiya va dissimilyatsiya tashkil etadi.
O‘z-o‘zini yaratish xossasi. Har bir tirik mavjudot ma’lum vaqt oralig‘ida rivojlanadi, yashaydi so‘ngra o‘ladi. Lekin organizmlardagi urchish tufayli tur barqarorligi saqlanadi. Urchish irsiyat bilan uzviy bog‘liq. Irsiyatning moddiy asosi nuklein kislotalar hisoblanadi. Irsiy o‘zgaruvchanlik asosida DNK va RNK molekulalarining o‘zgarishi yotadi.
O‘sish va rivojlanish ham barcha organizmlar xossasi sanaladi. O‘sish o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ko‘payish bo‘lsa, rivojlanish sifat jihatdan yangilanishdir. Organik olam vakillarida ikki xil rivojlanish mavjud. Bu shaxsiy va tarixiy rivojlanishdir. Shaxsiy rivojlanishda organizmlardagi barcha belgi – xossalar asta-sekin izchillik bilan paydo bo‘ladi. Tarixiy rivojlanishda esa organik olamda organizmlar xilma-xilligi ortadi, murakkablanish takomillanishi ro‘y beradi.
Ta’sirlanish natijasida tirik organizmlar tashqi ta’sirlarga javob qaytaradi.
O‘z-o‘zini boshqarish. Har bir tirik mavjudot uzluksiz o‘zgarib turadigan muhitda o‘z tanasidagi kimyoviy elementlar tarkibini hamda fiziologik jarayonlarni doimiy saqlaydi. Bu gomeostazdir.
Diskretlilik – Yerdagi hayot – organik olam alohida-alohida bir butun organizmlar, populyatsiyalar, turlar, biogeotsenoz, biosferadan tashkil topgan.
Organik olam tushunchasi odam ongini rivojlanishi hamda fan va texnikaning taraqqiyotiga bog‘liq ravishda o‘zgara bordi. Uzoq vaqt organik olam o‘simliklar va hayvonlar dunyosidan tashkil topgan degan tushuncha fanda hukmronlik qildi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mikroskopik texnikani rivojlanishi, biologik tadqiqotlarda fizika, ximiya, matematika metodlaridan foydalanish hamda genetika, bioximiya, molekulyar biologiya, kariosistematika, genomika sohalarini rivoj topishi bilan organik olam ikki: hujayrasiz va hujayrali organizmlar kichik olamidan tashkil topganligi e’tirof qilindi. Hujayrasiz organizmlar kichik olamga vakil virus, bakteriofaglar. Hujayrali organizmlar kichik olami prokariotlar va eukariotlar katta dunyosiga ajraladi. Prokariotlar katta dunyosi mansub organizmlar hujayrasida membrana bilan alohidalashgan yadro bo‘lmaydi. Bunday organizmlarga bakteriyalar, arxebakteriyalar, sianobakteriyalar misol bo‘ladi. Ularning har birini alohida kichik dunyo deb qarash ham mumkin. Eukariotlar katta dunyosi o‘simliklar, zamburug‘lar hayvonot dunyosidan iborat.
Organik olam hujayrasiz organizmlar, prokariotlar, o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonlar, binobarin beshta dunyodan tashkil topganligi deyarli barcha biolog olimlar tomonidan e’tirof etiladi.
Hayvonot dunyosi uchta kenja dunyoga ajraladi. Ular bir hujayralilar, tuban ko‘p hujayralilar va haqiyqiy ko‘p hujayralilar kenja dunyolaridir.
Bir hujayralilar kenja dunyosi sohta oyoqlilar, xivchinlilar, sporalilar, miksosporidiyalar, mikrosporidiyalar, infuzoriyalar bo‘limlaridan tashkil topgan. Qayd etilgan bo‘limlar bir muncha murakkab tuzilgan.
Tuban ko‘p hujayralilar kenja dunyosi fagotsitellasimonlar g‘ovaktanlilardan iborat. Haqiyqiy ko‘p hujayralilar kenja dunyosi bo‘shliqichlilar yassi, to‘garak chuvalchanglar, tikonboshlilar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar, onixoforalar, paypaslagich-lar, ignaterililar, logonoforalar, qiljag‘lilar, xordali hayvon tip- bo‘limlariga bo‘linadi.



Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin