Nizomiy nomidagi


Qorinoyoqli mollyuskalarning filogeniyasi va kelib chiqishi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə37/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Nizomiy nomidagi

Qorinoyoqli mollyuskalarning filogeniyasi va kelib chiqishi. Qorinoyoqlilarning ajdodlari ikki tomonlama simmetriyali patsimon juft jabrali, buyrakli va yurak ikki kamerali hayvonlar bo‘lsa kerak. Tananing shunday ko‘rinishi shaxsiy taraqqiyotda veliger lichinkasida uchrab, undagi ikki tomonlama simmetriya asta-sekin buziladi. Bundan tashqari bilateral simmetriya dengiz likopchasi Patellaning voyaga yetganlarda saqlanadi. Taxmin qilinishicha dastlabki qorinoyoqlilar tashqi tomondan Patella singari, unchalik katta emas, qalpoqqa o‘xshash chig‘anoqli bo‘lgan. Evolyusion jarayonda mollyuskalarni tanasining hajmi kattalashgan, gavdasi cho‘zilib, havfli paytda gavdasi to‘liq yashirinishi uchun qulay spiralsimon chig‘anoq paydo bo‘lgan.
Muxtasar qilib, qorinoyoqli mollyuskalarni filogeniyasini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Dastlabki ajdod qorinoyoqlilarning evolyusiyasi uch yo‘nalishda borgan. Birinchi evolyusion yo‘nalish oldjabrali, ikkinchi yo‘nalish o‘pkali, uchinchi yo‘nalish orqa jabrali mollyuskalarning ajdodlarini kelib chiqishiga olib kelgan bo‘lishi kerak.
Ikki pallali mollyuskalar gavdasi oyoq va tanadan tuzilgan bo‘lib, mantiya bilan o‘ralgan. Boshi bo‘lmaydi. Oyog‘i ponasimon, jabralari mantiya bo‘shlig‘ida, oyog‘ining ikki yonida joylashgan. Tanasi cho‘ziq ikki yondan chiqqan bilaterial simmetriyali. Ovqat hazm qilish organi og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon, o‘rta ichak, keyingi ichak, orqa chiqaruv teshigidan tuzilgan.
Nafas olish organi ikkita patsimon jabralardan iborat. Qon aylanish organi yurak, qon tomirlardan tashkil topgan. Yuragi bitta qorincha ikkita yurak oldi bo‘lmasidan tuzilgan. Qon lakunlar va tomirlarda harakatlanadi va jabrada oksidlanadi.
Ayirish sistemasi metanefridiyga o‘xshash tuzilgan. Bir juft buyraklar tananing ikki yonida joylashgan. Ikki pallali mollyuskalarda 3 juft nerv tuguni bor.
Ko‘pchilik vakillari ayrim jinsli. Tuxum va urug‘ yo‘llari oyog‘i ustiidagi mantiya bushlig‘iga ochiladi. Bir muncha sodda vakillarida tuxum va urug‘ yo‘li bo‘lmagani sababli jinsiy bezlar buyrakka ochiladi.
Tuxum mantiya bushlig‘ida urug‘lanadi. Lichinkasi troxofora. Chig‘anog‘i dastlab plastinka shaklida, troxofora lichinkasi orqa tomonida shakllanadi. Troxofora bir qancha o‘zgarishlardan keyin yelkanli lichinka – veligerga aylanadi. Uning tuzilishi voyaga yetgan mollyuskaga juda o‘xshaydi.(15)

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin