Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə44/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
Nizomiy nomidagi

Hasharotlar filogeniyasi. Solishtirma morfologik va embriologik dalillar bilvosita hasharotlar ko‘poyoqlilar bilan birga birlamchi ko‘poyoqli traxeyalilardan kelib chiqqanligini isbotlaydi.
Paleontologiya materiallar hasharotlarning paleozoy erasining silur, devon davrlaridan boshlab yashaganligidan guvohlik beradi. Agar qayd etilgan davrlarda hasharotlarning qanotsiz vakillari tarqalgan bo‘lsa, karbon davrida qanotli formalari avj olib yashaganlar.
Taxmin qilinishicha dastlabki ko‘poyoqlilarning ajdodini evolyusion jarayonda birlamchi oyoqlari rudiment holatda bo‘lgan hasharotlardan kelib chiqqan. Ularning evolyusiyasi keyinchalik ikki: yashirin jag‘lilar va ochiqjag‘lilar yo‘nalishda borgan. Yashirin jag‘lilarning hozirgacha yetib kelgan vakillarga mayda va sodda tuzilgan. Ularni kemiruvchi yoki so‘ruvchi og‘izlari maxsus kapsula ichida yashiringan. Tuban tuzilgan va yashirin holda hayot kechiradi.
Akademik M.S. Gilyarov fikricha evolyusion jarayonda ochiq jag‘lilarning paydo bo‘lishi yashirin yashashdan tuproq yuzida, o‘simliklar sathida yashashga o‘tish bilan bog‘liq.
Hasharotlar evolyusiyasida qanotning paydo bo‘lishi yirik aromorfoz yo‘nalish bo‘lib, daraxtsimon sporali o‘simliklar tanasi bo‘ylab tirmashib harakat qilayotganda pastga tushib ketishdan saqlanish uchun parvoz qilish zaruriyati bilan aloqador. Yuqoriga tirmashib yoki o‘rmalab ko‘tarilish qorin oyoqlarni uzayishiga ko‘krak bo‘limini kuchli taraqqiy qilinishiga, tana og‘irligini ko‘krak bo‘limiga tushishiga olib kelgan. Tana muvozanatini saqlash uchun hasharotlarni qorin qismi uzaygan, oqibatda ularning tashqi qiyofasi ham o‘zgargan.
Mazkur jarayon bilan parallel ravishda ko‘krakdagi o‘simtalardan qanotlar paydo bo‘lgan. Karbon davrga tegishli yer qatlamlaridan qadimgi qanotli hasharotlarning namunalari topilgan. Qadimgi qanotli hasharotlarning qanotlari juftlanmagan. Bunday qanotli hasharotlarning ko‘pchiligi qirilib ketgan. Hozirgi davrda esa ulardan kunlilar va ninachilar turkum vakillari qolgan.
Qadimgi qanotli ajdodlardan qanotini yig‘adigan hasharotlar kelib chiqqan va avj olib rivojlangan.
Ular mezazoy erasining turli xil ekologik muhitda yashashga moslashganlar va xilma-xil hayotiy formalarni ya’ni faqat tuproq yuzasida, oralig‘ida emas, o‘simliklarda, havoda, suv muhitida yashashga moslashgan hasharotlarni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ba’zilari ekto va endoparazit holda hayot kechirganlar.
Savollar:

  1. Hasharotlarning quruqlikda hayot kechirishga moslashgan belgilari nimalardan iborat?

  2. Hasharotlar traxeyalilar evolyusiyasining eng rivojlangan shahobchasi ekanligini isbotlang.

  3. Evolyusion jarayonda metamorfoz usulda rivojlanishning ahamiyatini tushuntiring.

  4. Oziqlanishiga ko‘ra hasharotlar og‘zi qanday xillarga bo‘linadi?

  5. Hasharotlar qaysi ajdod formalardan kelib chiqqan?

  6. Hasharotlar bilan boshqa traxeyalilar orasidagi filogenetik bog‘lanish-larni tushuntiring.

  7. Hasharotlar evolyusiyasida qanotning qanday ahamiyati bor?

  8. Bo‘g‘imoyoqlilar orasida hasharotlarning progressiv rivojlanishiga nimalar turtki bo‘lgan?

  9. Hasharotlar qaysi davrda paydo bo‘lgan?

  10. Qanotli hasharotlar qachon paydo bo‘lgan?




Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin